Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
Ular davlatning mulkiga aylanadi hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar uchun foydalaniladi. Ishlab chiqarish munosabatlarining alohida sohasi (tarkibiy qismi) sifatida soliqlar qat’iy ichki xususiyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo’lishning farqlanuvchi shakllariga ega bo’lgan o’ziga xos tarzdagi iqtisodiy kategoriyadir. Soliqlar milliy daromad qiymati bir qismining umumdavlat ehtiyojlari foydasiga olinishi jarayonida namoyon bo’ladigan va real mavjud bo’lgan pul munosabatlarini ifodalaydi. Bu soliq munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida doimiy ravishda o’zgarishda bo’ladi. Soliqqa tortishni boshqarish tashkiliy-huquqiy normalari va metodlarining jami majmuiga soliq mexanizmi deyiladi. Davlat soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl beradi va u orqali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatib, uni tartibga solib turadi. Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat tomonidan soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish qonunlari va qarama- qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga bog’liq. Bir tomondan soliqlar va ular funktsiyalarining, ikkinchi tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmining chegaralanganligi soliqlarning ob’ektivligini va davlat faoliyatining sub’ektivligini tushunishga imkon beradi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi jamiyatda soliqlarning o’rnini aniqlab beradi va bu narsa davlatning faoliyati bilan uzviy bog’langandir. Ularning har ikkalasi doimiy harakatda bo’lib, davlatning iqtisodiy siyosatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Yangi iqtisodiy kontseptsiyalarga muvofiq ravishda soliq siyosati va soliq mexanizmi qayta ko’rib chiqiladi. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig’imlar, ularni o’rnatish, o’zgartirish va bekor qilishning printsip, shakl va metodlari, to’lash va ularning to’lanishini ta’minlash bo’yicha choralarni qo’llash, soliq nazoratini amalga oshirish, javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralari majmuiga soliq tizimi deyiladi. Zamonaviy soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling