Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi: MM-77 Aliqulov A. Tekshirdi: kat.o’q.Xamroev B TOSHKENT-2014
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA-IQTISOD FAKULTETI “MOLIYA” KAFEDRASI KURS ISHI Mavzu: Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish masalalari Bajardi: MM-77 Aliqulov A. Tekshirdi: kat.o’q.Xamroev B TOSHKENT-2014 Kirish 1. Davlat byudjetini daromadlarini shakllantirishda soliqlarning ob’ektiv zarurligi, nazariy masalalari 2. Davlat byudjetining daromadlarini soliqlar orqali shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari 3. O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti soliqli daromadlarining amaldagi holati tahlili 4. Davlat byudjetining soliqli daromadlarini shakllantirishdagi muammmolar, bartaraf etish yo’nalishlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Hozirgi paytda byudjet jahondagi har bir davlatning eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Uning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishning sifatida va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham keyingi yillarda byudjet masalalariga (muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida keyingi yillarda faol ravishda va turli-tuman doiralarda keng muhokama etilayotgan masalalardan biri davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda eng ustuvor yo’nalish bu soliq tizimidir. Soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosati doimiy ravishda jamiyat a’zolarining manfaatlariga bevosita yoki bilvosita o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan munosabatlarning rivojlanish soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatida keskin o’zgarishlar bo’lishini taqozo etadi. O’z navbatida, amalga oshirilgan o’zgarishlar tegishli shaxslar tomonidan o’ziga xos tarzda idrok etilishini kun tartibiga ko’ndalang qilib ko’yadi. 2013 yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga tushirilganiga qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan bajarildi 1 . Bizning mamlakatimizda zamonaviy byudjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi. Bu narsa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, byudjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi. Ularning orasida O’zbekiston iqtisodiyotini xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni rag’batlantirish alohida o’rinni egallaydi. Download 490.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling