Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi
Download 490.02 Kb. Pdf ko'rish
|
D B KURS ISHI
oshiradigan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi. Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to’g’ri olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish sur’atlari to’g’ridan-to’g’ri mahalliy xo’jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag’larni tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog’liq bo’ladi, bu esa o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy- kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi. Soliq munosabatlari mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri - bu davlatning mavjudligi bo’lsa, ikkinchi sharti bo’lib soliqlarni to’lashga qobil bo’lgan soliq to’lovchilarning mavjudligidir. O’zbekiston soliqlar tizimi manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi. Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mazkur mulkida, xo’jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag’iga ega bo’lgan alohida bo’linmalar ham tushuniladi. Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxona daromadiga soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun, suv resurslaridan foydalanganlik uchun, ekologiya, savdo tashkilotlarini yalpi daromad solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling