Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti "moliya" kafedrasi


Download 490.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/43
Sana20.06.2023
Hajmi490.02 Kb.
#1635146
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
Bog'liq
D B KURS ISHI

 
 
Ba’zi soliqlarni (QQS, aktsiz) yuridik shaxslar ham jismoniy shaxslar ham 
to’laydilar. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga daromadga soliq, er, mol-mulk 
soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti 
daromadlarining hal qiluvchi qismini (70-75 foizi) tashkil etadi. Bu soliqlarning 
muhim xususiyati naqd pulsiz korxonalar hisob (joriy) schyotlaridan byudjet 
schyotlariga ko’chirib qo’yiladi. Uni undirish oson va arzonga tushadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulga undirilganligi 
uchun uni to’lash qiyin kechadi. Bunday soliqlarga er, mol-mulk soliqlari, va qator 
yig’imlar kiradi. Soliq yig’ish xarajati ko’payib ketadi. Chunki bu ish bilan maxsus 
tajribaga ega bo’lgan inspektorlar shug’ullanadi, hujjatlar (deklaratsiya, 
xabarnomalar, chaqiriqlar va boshqalar) ko’p yoziladi. 
Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar jami daromadiga 
soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish 
imkoniyati yaratiladi. 
Ilgari aytganimizdek yuridik shaxslarning byudjetlarga to’laydigan soliqlari 
to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlar daromad (foyda) soliqlari va 
resurslar soliqlaridan tashkil topadi. Egri soliqlar esa qo’shilgan qiymat solig’i, 
aktsiz solig’i, bojxona bojidan iboratdir.
Yuridik shaxslar soliqlari pul muomalasini mustahkamlashda ham katta 
ahamiyatga ega. To’g’ri soliqlar yuridik shaxslarning xarajatlarga mo’ljallangan 
mablag’larini qisqartirib muomalaga oz pullarni chiqarishga olib keladi. Egri 
soliqlar esa tovarlar (ishlar, xizmatlar) tarkibida bo’lib, baho hisobiga 
muomaladagi ortiqcha pullarni muomaladan oladi. Shunday qilib soliqlar pul 
muomalasini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Soliqlarning oshishi tovar (xizmat, ish) taklifini oshiradi, talabni 
kamaytiradi. Bu esa pul emissiyasini kamaytiradi. Ammo taklifda real qiymati past 
bo’lganligidan inflyatsiyani paydo qilishi mumkin. 
Jismoniy shaxslar deganda O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tushuniladi.



Download 490.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling