Toshkent moliya instituti moliya-kredit kafedrasi
Download 431.91 Kb.
|
kurs ish1111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
Birinchidan, eksport salohiyatini tiklash, rivojlantirish va chetgachiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, xo‘jalik yuritish subyektlarini texnik hamda texnologik yangilash asosida yaxshilash, shuningdek, ilmiy-texnikaviy bilimlar, mehnat resurslari hisobiga ham mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirish zarur.
Ikkinchidan, importni ratsionallashtirish zarur. Chunki, import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko‘zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi. Import siyosatida imkon boricha tayyor transport vositalari va texnologik asbob-uskunalarni foydali qazilmalar qazish ishlari va qayta ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Import samarasining oshirilishida mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi va kam xarajat, jumladan, mahsulotlarni sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlarni e’tiborga olib, ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir. Uchinchidan, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish. Eksport potensialini kengaytirish va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiyasida, yaratilayotgan mahsulotlarni iloji boricha sifatli, kam xarajatlar asosida, tashqi bozor shartlari hamda talablariga moslashtirish zarur. Bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ichki va jahon andozalariga yaqinlashtirishni talab etadi. To‘rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish salohiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish kerak. Ma’lumki, chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta’minlashning yagona manbasi hisoblanadi. Shu o‘rinda, chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy tavakkalchilikdan sug‘urta qiluvchi institutlarning samarali faoliyatini ta’kidlash kerak. Shuning uchun mamlakatda chet el investitsiyasi uchun qulay shartsharoitlar, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qator vazifalar belgilangan. Beshinchidan, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash zarur. Milliy xavfsizlikni tartibga solishning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 1. Valuta nazorati. 2. Eksport va import nazorati. 3. Xomashyoning strategik turlarini olib chiqish. Ushbu sohalarning o‘ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor berish, shak-shubhasiz eksport-import munosabatlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Eksport operatsiyalari tahlili orqali korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyati va uning samaradorligi ko‘rsatkichlariga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi. Bu bevosita tashqi savdo aylanmasi hajmini o‘stirish va foydaliligini ta’minlashning mavjud ichki imkoniyatlarini o‘rganishni ham o‘z ichiga oladi. Eksport operatsiyalari tarkibini o‘rganishda yalpi eksport hajmida alohida olingan tovarlar yoki tovarlar guruhining mutlaq va nisbiy darajalariga baho beriladi. Shuningdek, tashqi savdo faoliyati bo‘yicha sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar turi bo‘yicha taqsimi, tashqi savdoning mamlakatlar bo‘yicha sotish hajmi, hududlar bo‘yicha taqsimiga (mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Yaqin Sharq mamlakatlari, Yevropa mamlakatlari va h.k.) baho beriladi. Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha reja-topshiriqlarning bajarilishiga ahamiyat beriladi. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi dinamik o‘zgarishlari e’tiborga olinadi. Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi deganda, uning yillar bo‘yichi o‘zgarish darajalari tushuniladi. Tahlilda, shuningdek, eksport hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tarkibiga bevosita hisob-kitob qilinadigan, sotilgan tovarlar, ishlar va xizmat bahosinining o‘zgarishi va fizik hajmining o‘zgarishlari kiritiladi. Download 431.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling