Toshkent moliya instituti moliya-kredit kafedrasi
Download 431.91 Kb.
|
kurs ish1111
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI “MOLIYAVIY TAHLIL” FANIDAN Kurs ishi Mavzu:Korxonalar eksport va importfaoliyatini tahlili Topshirdi: SBHA-51 Guruhi talabasi Umarova Shaxnoza Abduxalilovna Qabul qildi:_________________________ Toshkent 2022 REJA: KIRISH 1. Eksport va Import turlari va xususiyatlari. 2. Eksport va Importning amaldagi xolati 3. Eksport va Iport faoliyati tahlilini takomillashtirish. XULOSA. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISHMamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari va jahon bozorining aktiv ishtirokchisiga aylanishi uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishining muhim omili sifatida qaraladi. Chunki, mamlakatning rivojlangan, rivojlanayotgan mamlakatlar bilan fan va ishlab chiqarish, mehnattaqsimoti yuzasidan iqtisodiy aloqalari bevosita tashqi iqtisodiy faoliyatni yuzaga keltiradi. Shu boisdan, tashqi iqtisodiy faoliyatniyo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga qaratilgan davlat dasturini tuzib chiqish hamda bu borada qator iqtisodiy, huquqiy negizlarni belgilash muhim hisoblanadi. Chunki, faoliyatning turli sohalarida xorij bilan aloqada, hamkorlikda bo‘lish, mahsulot, ish va xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish hamda unda muqim o‘rin egallashning shartlarini belgilab olishga imkoniyat yaratadi. Shuo‘rinda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining quyidagi shakllarini belgilash mumkin: - Savdo (mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasi). - Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar. Oxirgi yillarda mamlakatimizni rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini ijobiy baholash mumkin. Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la iqtisodiy asosga ega. Lekin iqtisodiy asoslar maqsadli va kelajakni ko‘zlab foydalanilayotgani yo‘q. Chunki, mamlakatda tashkil etilgan ayrim qo‘shma korxonalar to‘la quvvatda ishlamayotganligi natijasida iqtisodiy, jumladan: moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan foydalanish imkoniyatlari boy berilmoqda. Qo‘shma va hamkorlikdagi xo‘jalik yuritish subyektlari faoliyatni yo‘lga qo‘yishda mamlakat to‘la moliyaviy, moddiy va mehnat resurslariga ega. Respublika har qanday foydali va maqsadli loyihani moliyalashtirish imkoniyati mavjud. Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili iqtisodiy tahlilning muhim bo‘limi sifatida alohida o‘rganiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tahlilni avvalo, boshqaruvning va harakatning muhim sharti sifatida o‘tkazamiz. Tahlil etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishningtashkiliy shakllari, mahsulot ish va xizmatlar eksporti va importi o‘zgarishlari, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, tovarlar eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar o‘zgarishiga baho berish, foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxona tashqi savdo aylanmasini o‘stirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik loyihalarini tuzib chiqish va yo‘lga qo‘yish, korxona tashqi iqtisodiy faoliyatiga qisqacha tashxis qo‘yish va sharhlar berish tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi. Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi. 1. Eksport hajmi. 2. Import hajmi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “So‘m-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar” to‘g‘risida 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (bundan keyin korxonalar deb ataladi) tomonidan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi mablag‘larning harakatini nazorat qilishning quyidagi tartibi belgilanadi. 1. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, chet el valyutasidagi schyotni faqat O‘zbekistonning tijorat banklarida ochishlari mumkin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son) 2. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatidan olingan chet el valyutasidagi barcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda ularning chet el valyutasidagi schyotlariga albatta o‘tkazilishi kerak. Download 431.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling