Toshkent moliya instituti moliya-kredit kafedrasi


Import operatsiyalarining tahlili


Download 431.91 Kb.
bet7/8
Sana13.11.2023
Hajmi431.91 Kb.
#1769271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ish1111

Import operatsiyalarining tahlili


Import operatsiyalari tahlilida import hajmining reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlari va tarkibiga, shuningdek, hududlar va mamlakatlar bo‘yicha hajmiga baho beriladi.
Import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi va dinamikasi mutlaq va nisbiy o‘zgarishlarda o‘rganiladi. Uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi va baholanadi.
Import hajmi bilan eksport hajmi orasidagi nisbat tahlilning muhim qatori hisoblanadi Ular orasidagi nisbat balansi orqali mamlakat yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulotlari aniqlanadi. Ya’ni yalpi milliy mahsulot hajmini aniqlashda tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha mutlaq farqlanish qo‘shilgan, chegirilgan holda umumiy ko‘rsatkich
aniqlanadi.
Tashqi savdo aylanmasida musbat farqlanishga ega bo‘lish shartlari shu asosda boshqariladi va belgilanadi. Bu jihat o‘zgarishlar ko‘proq makro darajadagi tahlilda o‘rganiladi va mamlakat iqtisodining istiqbol ko‘rsatkichlari dastaklarini tuzib chiqishda foydalaniladi.
Import hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga tahlilda alohida ahamiyat beriladi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida import hajmi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning tahlilini ko‘rib o‘tish mumkin.
2019 yilning 11 oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,3 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga yoki 9,6 mlrd. dollarga oshgan (2018y. – 28,7 mlrd, doll.). Jumladan: eksportning umumiy hajmi 16,3 mlrd. dollarni tashkil etib, 43,3 foizga yoki 4,9 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 11,3 mlrd, doll.).
Import hajmi 22,0 mlrd. dollarni tashkil etib, 27,0 foizga yoki 4,7 mlrd, dollarga oshgan (2018 y. – 17,3 mlrd. doll.).Natijada, tashqi savdo aylanmasi manfiy saldosi -5,7 mlrd.dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 228,4 mln.dollarga yoki 3,8 foizga kamaygan (2018y. – -6,0 mlrd.doll.).
Eksportni rag‘batlantirish, xususan mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorga olib chiqishni har tomonlama soddalashtirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida 2019 yil yakuni bilan umumiy eksport hajmi 34 %ga o‘sib, 18,7 mlrd. dollarga yetishi kutilmoqda.
Bunda asosan, jahon tovar-xomashyo bozorlarida asosiy eksport tovarlari uchun yuqori narxlar shakllanishi tovarlar eksporti hajmini 1 mlrd. dollargacha yoki 7 foiz o‘sishiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilishi hisobiga esa 1,5 mlrd.dollarga yoki 11 foiz o‘sishiga xizmat qildi. Natijada, o‘tgan davrda tovar va xizmatlar eksport qiluvchi korxonalar soni 1138 taga ko‘payib, hamkor mamlakatlarning eksport geografiyasi 18 ta davlatga kengayib, 177 taga yetdi.
Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 392,3 mln.dollarga yoki 38 foizga, rangli metal va undan tayyorlangan buyumlar - 146,4 mln.dollarga yoki 20 foizga, to‘qimachilik mahsulotlari - 289,7 mln.dollarga yoki 24,6 foizga, xizmatlar - 344,8 mln.dollarga yoki 12,5 foizga va boshqalar - 252,3 mln.dollarga yoki qariyb 2 barobargacha o‘sdi.
Joriy yil yakuni bo‘yicha import hajmi jami 24,0 mlrd doll. (2018 yilga nisbatan 123,7 foiz) tashkil etishi kutilmoqda.
2019 yilning 11 oyida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollariga oshib, 19,8 mlrd.dollarni, xizmatlar importi hajmi 2,2 mlrd.dollarni tashkil etdi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari 44,1 foizni, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 13 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari 7,6 foizni tashkil etdi.
Ushbu import tovarlarning qariyib 50 foizi iqtisodiyotda investitsion importni, 25 foizi qayta ishlash uchun xom-ashyo importini, 25 foizi tayyor mahsulot sifatida iste’mol importini tashkil etdi.



  1. Mamlakatimizda 2017-2019 yillarda keng ko‘lamda olib borilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yangi investitsion loyihalarni, aholi farovonligini va eksport salohiyatini oshirish bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan va mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan tovar resurslarini import hisobiga ta’minlanishi.

  2. Aholi daromadlarining o‘sishi natijasida mahsulotlarga bo‘lgan talabning oshishi va uni chetdan keltirilgan tovarlar hisobiga qondirilishi.

Ma’lumot uchun: Oziq ovqat mahsulotlari importi 2017 yilda 1,27 mlrd. doll.ni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 1,58 mlrd. doll.ni o‘sish sur’ati 24,2 foizni tashkil etgan. 2019 yilning 11 oyi davomida esa ushbu mahsulotlar importi 1,67 mlrd. doll.ni tashkil etib, o‘sish sur’ati esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan
18,4 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda so‘mning horij valyutalariga erkin ayirboshlash sharoiti yaratilishi natijasida milliy valyutadagi ichki investitsiyalarning chetdan mahsulot sotib olish qobiliyati chet el valyutasi bilan tenglashganligi natijasida import tovarlariga talabning oshishi.
Tijorat banklari kreditlarining (156,2 foiz) yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va kredit mablag‘larining katta qismi iqtisodiyotning noreal ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltirilishi (57%), o‘z navbatida ma’lum bir tovar va xizmatlari importini oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Chet el investitsiyalarining o‘sishi (2019 yilning birinchi yarmida 2 marta ko‘paygan).
Tovar ishlab chiqarish hajmi o‘sish darajasi(7-8%)ning jalb etilgan investitsiyalar hajmi o‘sish sur’ati (1,5 marta)dan pastligi.
Chet eldan pul o‘tkazmalarining ko‘payganligi (2018 - 5,2 va 2019 - 5,8 mlrd.doll.)
Tovarlar eksportining (maxsus eksportdan tashqari) 22,7 foizga va aholi real daromadlarining o‘sish darajasi tovar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ko‘payishi natijasida iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning oshishi.
Mamlakatimizda iqtisodiy muhitni sog‘lomlashtirish (inflyatsiya darajasini pasaytirish, ayirboshlash kursining mo‘tadilligini ta’minlash), tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida:

  1. Mamlakatda aksiya (kapital) bozorini kengaytirish orqali portfel investitsiyalar hajmini ko‘paytirish. Xususiy korxonalar va aholi bo‘sh mablag‘larini birinchi navbatda davlat va davlat ulushi bo‘lgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga yo‘naltirish choralarini ko‘rish;

  2. Davlat qarzini chegaralash. Xalqaro andozalar asosida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish, davlat qarzini makroiqtisodiy barqarorlik uchun xavfsiz darajada saqlab turish hamda jalb qilinayotgan qarz mablag‘laridan unumli foydalanish mexanizmlariin ishlab chiqish;

  3. Investitsion loyihalarni shakllantirishda:

- davlat investitsiyalarini baholash tizimini joriy qilish, ijtimoiy soha tarmoqlari, yo‘l transport infratuzilmasi va boshqa tarmoqlar bo‘yicha investitsion loyihalarni tanlash me’yorlari va muhimligini belgilash tartibini o‘rnatish;
- mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini va ularning tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarga moslashuvchanligini oshirish, xususiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ulushini ko‘paytirish hisobiga uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari tuzilmasini optimallashtirish, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish;
- asosiy e’tiborni mamlakatimizning mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojiga va eksport salohiyatini oshirishga qaratilganligiga hamda iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishiga hamda loyiha doirasida keyinchalik ishlab chiqarishda ishlatiladigan oraliq tovarlar (hom ashyo va butlovchi materiallar) tarkibida mahalliy tovarlar ulushini yuqori bo‘lishiga qaratish.
Tijorat banklarining investitsion dasturlarni moliyalashtirish faoliyatlariga davlat aralashuvini cheklash va davlat tasarrufidagi tijorat banklarining ma’suliyatlarini oshirish mexanizmini takomillashtirish.
Tashqi va ichki to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish mexanizmini takomillashtirish. Bunda iqtisodiy jihatdan istiqbolli va samarali bo‘lgan investitsion loyihalar bazasini shakllantirish va loyihalarni amalga oshirishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar hajmida import ulushini mahalliy mahsulotlar hisobiga kamaytirishni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.
Mamlakatimizda tayyor iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish (tasdiqlangan ro‘yxat asosida iste’mol va butlovchi tovarlarini ishlab chiqaruvchi birliklarga tovarlar turlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan holda tarmoqdagi o‘rtacha foyda normasidan past bo‘lgan hollarda yuzaga kelgan foyda normasi kamomadini korxona to‘la quvvatga chiqqunga qadar qoplab berish tartibini joriy etish).
Import o‘rini bosuvchi ishlab chiqarish, mahalliylashtirish masalalari.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish Harakatlar strategiyasining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish ustuvor yo‘nalishi hamda respublikamizdagi barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun teng raqobat muhitini ta’minlash maqsadida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarga qo‘llaniladigan bojxona hamda soliq imtiyozlari 2018 yilning aprel oyidan bekor qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy iste’molchilarga tanlov imkoniyatini berish, halol raqobat, bozordagi adolatli narx va yuqori sifat ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida aksariyat import mahsulotlari bo‘yicha bojxona tariflari isloh qilindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mamlakatda mahalliy xomashyolar asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yirik sanoat korxonalari bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirishni ta’minlash maqsadida qo‘yidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini kengaytirishni jadallashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilandi;
2) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi;
3) Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etildi;
4) Tarmoq xo‘jalik birlashmalari va yirik ishlab chiqarish korxonalarida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida korxona rahbarining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda axborot-texnologiyalari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi;
5) 2020-2021 yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qaratilgan manzilli dastur ishlab chiqilib, 2020 yilda 1396 ta loyiha doirasida 26,4 trln. so‘mlik (shundan hududlarda 674 ta, 4,1 trln. so‘mlik), 2021 yilda 1644 ta loyiha doirasida 37,6 trln. so‘mlik (shundan, hududlarda 787 ta loyiha, 6,1 trln. so‘mlik) mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi va bunda o‘rtacha mahalliylashtirish darajasi 60-85 foizni tashkil etadi.
Eksport qilinadigan tovarlar tashqi bozorlarda sotish uchun mo'ljallangan milliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar guruhidan iborat. Qarama-qarshi yo'nalish - mamlakatga xorijiy tovarlar va xizmatlarni import qilish. Import milliy bozorda sotish uchun mo'ljallangan mahsulotlar bilan ifodalanadi.
U mo'ljallangan mamlakat aholisining didining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, uni ishlab chiqarish xalqaro standartlarga qat'iy rioya qilishga asoslangan.Import va eksport nima ekanligini tushunish uchun do'kon javonlarida xorijiy tovarlarga e'tibor berish kifoya. Ular odatda mahalliy mahsulotlar fonida tashqi ko'rinishi va narxi bilan ajralib turadi. Milliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan yuqori narx transport xarajatlari va soliqlar bilan bog'liq.
Eksport va import qurilmasi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ko‘rsatkichidir. Bu xususiyatlar uning xalqaro formatdagi mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilaydi.Ko'pincha eksport importdan oshib ketadi. Qarama-qarshi vaziyat ham sodir bo'ladi. Import va eksport hajmi to'g'ridan-to'g'ri barcha ishlab chiqarilgan va sotib olingan tovarlar qiymatining hajmiga bog'liq. Shunday ekan, import va eksport mamlakat iqtisodiy muvaffaqiyatining juda aniq ko'rsatkichi bo'lmasa, nima?
Importdan ko'ra ko'proq eksport qiladigan davlat uchun ortiqcha (ortiqcha) xarakterlidir. Va agar import eksportdan oshsa, bu ko'rsatkich passiv (salbiy) hisoblanadi.ovarlar eksporti va importi turli mahsulotlar va xizmatlar bilan ifodalanadi. Bu tushunchalar u yoki bu ma’noda har bir davlatga xos xususiyatdir. Import yo'nalishi bo'yicha, boshqa davlatlarga nisbatan afzalliklarni baholash mumkin. Shu bilan birga, eksport tarkibi tovar ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlaridan dalolat beradi.
Mamlakat uchun eksport va import ko'pincha sanoat mahsulotlarining ustunligi bilan tavsiflanadi, ulardan mashinasozlik mahsulotlari sezilarli darajada ajralib turadi. Rivojlangan mamlakatlardan eksport qilinadigan tovarlar ilm-fan intensivligi va texnologik murakkabligi bilan ajralib turadi. Ularning importida neft, sanoat uchun xom ashyo va tabiiy gaz ustunlik qiladi.Bu mamlakatlarda tashqi muhitga etkazilgan zarar tufayli ishlab chiqarishdan qochishni afzal ko'radigan bunday turdagi tayyor mahsulotlarni import qilish yo'lga qo'yilgan. Bunday mahsulotlarning turlariga kir yuvish kukunlari, dori-darmonlar, pestitsidlar, bo'yoqlar kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar eksporti asosan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, xom ashyo bilan ifodalanadi. Agar davlat iqtisodiyoti juda yomon rivojlangan bo'lsa, u holda faqat 1-2 ta tovar eksport qilinadi. Bunda eksport monomadaniyat deb ataladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar importini jihozlar, avtomobillar, yuqori sifatli poyabzal va kiyim-kechaklar, murakkab maishiy texnika va yaxshi ovqatlar tashkil etadi. Jahon mehnat taqsimotining chuqurlashishi bilan xalqaro savdo tobora muhim rol o'ynamoqda. Kim yaxshi savdo qilsa, u yaxshi yashaydi. Eksport va import uchun eng yaxshi 10 ta davlat bir oz farq qiladi. Dunyodagi eng yirik eksportchilar ro'yxatiga Gonkong va Italiya kiradi, ular Kanada va Hindiston o'rnini egalladi, ular eng yirik importchilar qatoriga kiradi. Eng yirik 10 ta eng yirik eksportchi va importchi 4 ta Osiyo, 5 ta Yevropa davlati va AQSH boʻlib, ular dunyodagi barcha tovar va xizmatlarning 40 foizdan ortigʻini sotadi va 60 foizga yaqinini sotib oladi.
Xalqaro savdo globallashuvning iqtisodiy qismining eng yorqin namoyonidir. Har yili turli xil tovarlarni tashqi sotish va sotib olish aylanmasining o'sishi qayd etiladi. Mamlakatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, bitimlarni soddalashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar tuzilmoqda. Ularning eng yiriklari orasida quyidagilar mavjud:

  1. Jahon savdo tashkiloti;

  2. Bojxona ittifoqi;

  3. Yevropa Ittifoqi (Yevropa Ittifoqi);

  4. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC).

XULOSA


Eksport va import har qanday davlatning tashqi va ichki iqtisodiyotining ikkita asosiy mexanizmi hisoblanadi. Bu xalqaro savdoning ikki qarama-qarshi yo'nalishi bo'lib, ular mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashga imkon beradi.
Import deganda boshqa davlatlardan tovarlarni mamlakatga olib kirish, aksincha, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni eksport qilish va boshqa davlatlar hududida sotish tushuniladi. Tovar nafaqat sanoat, balki xom ashyo, turli xizmatlar - jahon iqtisodiyotida talab mavjud bo'lgan hamma narsa bo'lishi mumkin.
Mahsulotlarni eksport qiluvchi va boshqa mamlakatlarga eksport qiluvchi sifatida sotuvchi davlat. O'z bozorida chet el yoki import tovarlarni qabul qiladigan davlat importer deb ataladi. O'zimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar milliy mahsulotdir.
Rivojlangan mamlakatlar eksportida ishlab chiqarish sanoati va uning mahsulotlari katta qismini egallaydi. Bular asosan turli jihozlar va mashinalardir. Ularning tashqi savdosi odatda yuqori darajadagi mehnat taqsimoti va xodimlarning tor ixtisoslashuvi bilan birlashtirilgan bir xil iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga qaratilgan. BMT ma'lumotlariga ko'ra, rivojlangan davlatlar qatoriga Kanada, AQSh, Yaponiya, Yevropa davlatlari, Yangi Zelandiya va Avstraliya kiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar eksporti tarkibida tropik qishloq xoʻjaligi va togʻ-kon sanoati ustunlik qiladi. Eksport tarkibida xomashyo ulushining yuqoriligi davlat iqtisodiyotining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, chunki bu uni jahon bozoridagi doimiy bo'lmagan narxlarga bog'liq qiladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, rivojlanayotgan davlatlar qatoriga Rossiya, Xitoy va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlari (Eron, Quvayt va boshqalar) kiradi.
Bugungi kunga qadar rivojlangan va rivojlanayotgan (kam rivojlangan) iqtisodiyot turlari bo'yicha mamlakatlarning yagona qabul qilingan tasnifi mavjud emas.








































Download 431.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling