Toshkent Moliya Instituti Moliya va Moliya texnologiyasi yo’nalishi mmt-96K-2 talabasi Atakulova Nilufar ning Buhgalteriya hisobi va audit fanidan tayyorlagan taqdimoti
Download 0.95 Mb.
|
nilufar audit
Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir. Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo va materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart). Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritish qurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi yo mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati) va moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi
Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatsiyalash kiradi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil etadi. Korxona ichidagi ixtisoslashtirish Sexlarni va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab chiqarishga yoki texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiradi. Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni unifikatsiyalashga asoslanadi, shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi va ixtisoslashgan uskunalardan keng ko’lamda foydalaniladi. Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir
Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling