Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Valyuta kursining qiymat kategoriyasi sifatidagi mohiyati. Valyuta kursi
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
Valyuta kursining qiymat kategoriyasi sifatidagi mohiyati. Valyuta kursi – bir mamlakat pul birliginig xorijiy pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarida (SDR, EKYu – 1999 yilda Yevro bilan almashtirilgan) ifodalangan bahosidir.
Valyuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat valyutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi. Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog‘lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o‘zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o‘zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Milliy valyuta kursini amaldagi zamonaviy talablar va qonunchilik me’yorlariga mos ravishda o‘rnatish tartibi valyuta kotirovkasi (currency quotation) deyiladi. Jahon amaliyotida 2 xil turli valyuta kotirovkalaridan foydalaniladi. To‘g‘ri kotirovka — xorijiy valyuta birligi qiymatining milliy valyuta birligida ifodalanishi. Teskari kotirovka — milliy valyuta birligi qiymatining xorijiy valyuta birligida ifodalanishi. Ma’lum bir davriy oraliqda, belgilangan tartibda aniqlangan valyuta kursining eng kichik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq “punkt” deb yuritiladi. To‘g‘ri va teskari kotirovkalar orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud: S(UZS/USD) = 1/S(USD/UZS) Turli anglashilmovchiliklarni sodir etmaslik uchun mavzuga tegishli keyingi holatlarni izohlashda to‘g‘ri kotirovkadan foydalanamiz. Xalqaro hisob-kitoblarda kross-kurslardan keng foydalaniladi. Kross-kurs uchinchi valyuta (USD) orqali ikki valyuta (UZS, JPY, GBP) o‘rtasidagi kursni aniqlashdir. Kross-kurslar ikki xil usulda aniqlanadi. Bunda bazaviy valyuta (USD va h.k.) va kotirovka qilinayotgan valyutalar(UZS, JPY, GBP va h.k.)dan foydalaniladi. Ya’ni valyuta kursidagi 1 birlikka teng valyuta bazaviy, boshqa ma’lum qiymatga teng valyuta esa, kotirovka qilinayotgan valyutadir. Masalan, 1 USD (bazaviy)= 8486 UZS (kotirovka qilinayotgan), yoki 1 GBP (bazaviy) = 1,4USD (kotirovka qilinayotgan) 1. Ma’lum ikki valyuta kursining bazasi bir xil valyuta bo‘lsa, bunda ushbu kurslarning o‘zaro nisbati orqali uchinchi valyuta kursi topiladi. Masalan, 1 AQSh dollariga 8486 so‘m (UZS/USD) yoki 150 Yapon yenasi (JPY/USD) almashtirib berilsa, unda 150 JPY = 8486 UZS bo‘ladi va bundan 1 JPY = 56,57 UZS kelib chiqadi, ya’ni 1 JPY/UZS= 56,57 yoki 1 = 56,57 UZS/JPY Shunday qilib, 1 holat bo‘yicha: Kross kurs (UZS/JPY) = = UZS/JPY 2. Kross kursni topish uchun ishlatiladigan uchinchi valyuta ma’lum ikki valyuta kursining birida bazaviy ikkinchisida kotirovka qilinayotgan valyuta bo‘lsa, bunda ushbu kurslarni o‘zaro ko‘paytirish orqali uchinchi valyuta kursi topiladi. Masalan, 1 AQSh dollari 8486 so‘m (UZS/USD) va 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 1,4 AQSh dollari (USD/GBP) bo‘lsa, unda 1 GBP = 1,4 * 8486 UZS bo‘ladi va bundan 1 GBP = 11880,4 UZS kelib chiqadi, ya’ni 1 GBP/UZS= 11880,4 yoki 1 = 11880,4 UZS/GBP Shunday qilib, 2 holat bo‘yicha: Kross kurs = Valyutalarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha bitim tuzayotganda spot va forvard valyuta kurslaridan foydalaniladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling