Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 0.62 Mb.
bet30/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Qatiy belgilangan valyuta kursida milliy valyutalar o‘rtasidagi rasman o‘rnatilgan nisbataing vaqtinchalik 2,25 foizdan oshmagan miqdorda tebraniishga ruxsat beriladi.
Chegaralangan egiluvchan valyuta kursida milliy valyutalar o‘rtasidagi rasman o‘rnatilgan nisbataing belgilangan qoidaga muvofiq katta bo‘lmagan mikdorda tebranishiga ruxsat beriladi.
Suzuvchi valyuta kursitalab va taklif ta’sirida erkin o‘zgaradigan almashuv kursi bo‘lib, ma’lum sharoitlarda davlat valyuta interventsiyasi orqali unga ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Nominal valyuta kursi (nominal exchange rate) – bir milliy valyuta birligining xorijiy valyuta birligiga ifodalangan bozordagi bahosi, yoki ikki valyuta o‘rtasidagi joriy kursdir.
Real valyuta kursi (real exchange rate) – nominal valyuta kursi asosida ikki mamlakatdagi bir xil turdagi tovar va mahsulotlar narxlari darajasini o‘zaro nisbati orqali hisoblangan valyuta kursidir. Real ayirboshlash kursi xalqaro iqtisodiy nazariyada “savdo shartlari” (terms of trade)dan birinio‘zida namoyon etadi. Jahon iqtisodiyotida milliy iqtisodiyotlarni, xususan, YaIM, YaMD (Yalpi milliy daromad)ni o‘zaro solishtirish odatda, real valyuta yoki valyutalarning xarid quvvati pariteti (RRR) bo‘yicha hisoblangan kurslari orqali amalga oshiriladi.
Real ayirboshlash kursi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Bu erda, – nominal valyuta kursi; – milliy pul birligida ifodalangan ichki bozordagi narxlar darajasi; – chet eldagi narxlar darajasi (xorijiy valyutada hisoblangan).

Shuningdek, real valyuta kursi mamlakatdagi u yoki bu mahsulotning nisbiy narxlarini o‘zida aks ettirgan holda, mamlakatning xalqaro savdodagi raqobatbardoshlik darajasini ham ifodalaydi.


Yuqorida keltirilgan misoldagi ma’lum bir tovarlar narxlari darajasi o‘rniga foizlarda, yoki koeffitsentlarda ifodalangan mamlakatlarning iste’mol narxlari indeksi (consumer price index, CPI)ni, yoki inflyatsiya darajasini tegishli ravishda qo‘ysak, mamlakatlar bo‘yicha real valyuta kursini hisoblagan bo‘lamiz.
Real valyuta kursi, nominal valyuta kursi va xorijiy mamlakatlardagi iste’mol narxlari indeksiga to‘g‘ri, milliy iqtisodiyotdagi iste’mol narxlari indeksiga esa teskari proportsional ravishda o‘zgaradi.
Real valyuta kursining ortishi (ya’ni haqiqatda kamayishi, yuqoridagi misol bo‘yicha 4 barobar 3 barobarga tushishi) bu mamlakatda ishlab chiqarilgan ma’lum bir tovar narxining boshqa mamlakatga nisbatan ortganligini, ya’ni qimmatlashganligini anglatadi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu mamlakatning mazkur mahsulot turi bo‘yicha xalqaro raqobatbardoshligini pasayganligidan dalolat beradi.
Real valyuta kursining pasayishi (ya’ni haqiqatda ortishi yuqoridagi misol bo‘yicha 4 barobar 5 barobarga o‘sishi) bu milliy pul birligida ifodalangan xorijiy mahsulotlar bahosining ortishini anglatib, milliy iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshligini oshirib, mahsulotlar eksportini yanada kengayishiga sabab bo‘ladi.
Agar mamlakatlardagi iste’mol mahsulotlarini va xizmatlarning narxlar darajasi bir xil bo‘lsa, real valyuta kursi nominal valyuta kursiga teng bo‘ladi.
Milliy valyutani qanday valyutaga kotirovka qilinishiga qarab valyutalar kursi turlicha bo‘lishi mumkin. Ya’ni milliy valyuta kursi ma’lum bir turdagi xorijiy valyutaga nisbatan ortsa, boshqa bir turiga nisbatan pasayadi. Valyuta kursining ma’lum bir turdagi xorijiy valyutaga emas, balki kotirovka qilingan barcha turdagi, yoki ma’lum bir guruh valyutalarga nisbatan oshishi yoki tushishiga, ya’ni dinamikasiga baho berish uchun samarali valyuta kurslari hisoblanadi. Mazkur valyuta kursini hisoblashda mamlakatning asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar valyutalari olinadi, chunki eksportyorlar o‘zlarining mahsulotlari va xizmatlari uchun to‘lovlarni asosan ushbu valyutalarda qabul qiladi, shuningdek bozorda importyorlar tomonidan ularga talab ko‘p bo‘ladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling