Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar


Download 0.62 Mb.
bet33/105
Sana02.06.2024
Hajmi0.62 Mb.
#1836162
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org

Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar.


Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi fundamental omillarning 4 turini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Xususan:
1. Iqtisodiy omillar. Iqtisodiy omillarning asosiylari sifatida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar(YaIM, Sanoatning o’sishi, ishsizlik va aholining mehnat bilan bandligi, inflyatsiya, foiz stavkalar va h.k.)ning o’zgarishi (-jadvalga qarang), mamlakatlar markaziy banklari boshliqlarining chiqishlari va yig’ilishidagi qarorlar, valyuta interventsiyasi, moliya bozorining valyutadan tashqari boshqa bozorlaridagi o’zgarishlarni qayd etib o’tish mumkin.
2. Siyosiy omillar. Siyosiy omillarning asosiylari sifatida prezident, davlat va hukumat boshliqlarini saylash jarayoni va uning natijalari, ularning iste’foga chiqishi, shuningdek, markaziy banklar yoki pul-kredit siyosati bilan shug’ullanuvchi davlat organlari rahbar kadrlar almashinuvi, geosiyosiy to’qnashuv va inqirozlarni ko’rsatish mumkin.


-jadval


AQShning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini milliy valyuta kursi(qadri)ga ta’siri


Ko’rsatkichlar


E’lon qilish davri


Ko’rsatkichning o’zgarishi


Milliy valyuta kursi (qadri)ning o’zgarishi


Iqtisodiy mazmuni va ta’sir ko’rsatishi


Yalpi ichki mahsulot (YaIM) (GDP - Gross domestic product)


Har chorak


O’sishi

Oshadi

Mamlakatning investitsiyalarni jalb etish jozibadorligi ortadi


Savdo balansi (Trade balance)


Har oy

Salbiy qoldiq (saldo)ning o’sishi (defitsitning ko’payishi)

Pasayadi


Markaziy bank va hukumatning pul siyosatiga, eksport va import operatsiyalari bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar daromadiga ta’sir ko’rsatadi


Iste’mol narxlari indeksi (Consumer price index (CPI))




Har oy

O’sishi

Pasayadi


Chakana savdo mahsulotlari narxida inflyatsiya darajasini ko’rsatadi


Sanoat mahsulotlari narxi indeksi (Producer price index (PPI))


Har oy

O’sishi

Pasayadi


Ulgurji savdo mahsulotlari narxida inflyatsiya darajasini ko’rsatadi


Iqtisodiyotning qishloq ho’jaligidan tashqaridagi tarmoqlarida yaratilgan yangi ish o’rinlari miqdori


(Nonfarm payrolls)

Har oy

O’sishi

Oshadi

Mamlakatdagi aholining mehnat bilan bandligini ko’rsatadi va ishsizlik darajasidan darak beradi

Ishsizlik darajasi (Unemployment rate)


Har oy

O’sishi

Pasayadi


Mamlakatdagi aholining mehnat bilan bandligini ko’rsatadi


Ishsizlik bo’yicha nafaqa olish uchun berilgan arizalar (Jobless claims (Initial claims))


Har oy

O’sishi

Pasayadi


Mamlakatdagi aholining mehnat bilan bandligini ko’rsatadi


Chakana savdo (Retail sales)


Har oy

O’sishi

Oshadi

Iste’molchilarning xarajatlarini va unga mos ravishda daromadlarini, shuningdek korxonalar foydasini ko’rsatadi.

Uzoq muddatli (odatda 3 yildan ortiq) foydalanish uchun mo’ljallangan (qimmat) mahsulotlarga buyurtmalar


(Durable goods orders)

Har oy

O’sishi

Oshadi

Iste’molchilar daromadlarini, korxonalar foydasini, shuningdek ularning uzoq muddat davomida daromad, yoki foyda olishlariga ishonchini ifodalaydi.

Yangi turar-joy, uylarni qurish (Housing starts)


Har oy

O’sishi

Oshadi

Iste’molchilarning uzoq muddatli davriy oraliqda ko’p daromad olishlarini anglatadi

Sanoat sohasida mahsulotlar ishlab chiqarish (Industrial production)


Har oy

O’sishi

Oshadi

Mamlakatdagi ishlab chiqarish darajasini ko’rsatadi va unga investitsiyalarni jalb etish jozibadorligini oshiradi

Chikagodagi menejerlar uyushmasining (Chicago PMI index)8, Filadelfiyadagi Federal zaxira bankining (Philadelphia Fed index)9 ish faolligi, Michigan universitetining iste’molchilarning iqtisodiy ruhiyati* (Michigan consumer sentiment Index), shuningdek, iste’molchilarning ishonch (Consumer confidence index) indekslari


Har oy

O’sishi

Oshadi

Valyuta bozori ishtirokchilari va investorlar psixologiyasiga ta’sir ko’rsatadi

Fond bozori indekslari: DJI - (The Dow Jones Industrial); S&P – 500; NASDAQ-100; FTSE; Xetra DAX; Nikkei-225


Doimiy

O’sishi

Oshadi

Bozor iqtisodiyotining “barometri” bo’lib, ularda mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir etuvchi barcha hodisalar o’z aksini topadi

Federal zaxira tizimining qayta moliyalash stavkasi (Federal funds and Discount rates, iqtisodiy ko’rsatkichlarni baholashda asosiy foylaniladigani - Federal funds rate)


Doimiy

O’sishi

Oshadi

Kreditlash hajsi qisqaradi, muomaladagi dollar miqdori kamayib, uning qadri ortadi



3. Turli xabarlar va kutishlar. Global valyuta bozorida investorlarni harakatga keltiruvchi shunday ibora bor, ya’ni “turli xabarlar, mish-mish gaplar, ovozalar asosida valyutalarni sotib ol va fakt (dalil, isbot)larga asoslangan holda ularni sot”. Global valyuta bozorida oltin qoidaga aylangan ushbu ibora, shuningdek boshqa psixologik omillar investorlarning bozordagi harakatini faollashtirishi yoki susaytirishi mumkin.
4. Fors-major holatlari. Favqulotda sodir bo’lgan hodisalar, masalan, suv toshqini, zilzila, yirik ko’lamli yong’in, turli zararli epidemiyalarni, gaz va boshqa zarralarni ommaviy tarqalishi, kuchli to’fon yoki dovullar va h.k.lar natijasida turli darajadagi vayronagarchilikni yuzaga kelishi. Shuningdek, mamlakatda terroristik hurujlarni, hujum va harakatlari sodir etilishi ham valyuta kurslari o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.




  1. Download 0.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling