Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-BOB. MARKAZIY BANKNING VALYUTA SIYOSATI
- Valyuta munosabatlarini bozor va davlat tomonidan tartibga solinishi
Nazorat savollari
Valyuta operatsiyalarining qanday turlari mavjud? Spot operatsiyalari bu qanday operatsiyalar? Kross-kurs nima va u qanday hisoblanadi? Valyuta pozitsiyasi nima va u necha qismdan iborat? Muddatli operatsiyalarning qanday turlari mavjud? Forvard operatsiyalariga ta’rif bering? Forvard operatsiyalarining amalga oshirilishidan asosiy maqsad? Fyuchers operatsiyalariga tushuncha bering? Fyuchers operatsiyalarini amalga oshirilishidan asosiy maqsad? Forvard va fyucherslarning bir-biridan asosiy farqlari? Optsion nima va uning asosiy maqsadi? Optsionning qanday turlari mavjud? Svop nima va uning asosiy maqsadi? Valyuta arbitraji nima va uning asosiy maqsadi? Valyuta arbitrajining qanday turlari mavjud? 7-BOB. MARKAZIY BANKNING VALYUTA SIYOSATI Valyuta munosabatlarini bozor va davlat tomonidan tartibga solinishi. Valyuta siyosatining mohiyati va asosiy shakllari. Valyuta kursi rejimlari va uning tasnifi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning valyuta siyosati. Valyuta munosabatlarini bozor va davlat tomonidan tartibga solinishi Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlarini bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishini jahon tajribasi ko‘rsatadi. Valyuta bozorida valyutalarga talab va taklif hamda valyuta kurslarining bir-biriga nisbati shakllanadi. Bozor orqali muvofiqlashtirish qiymat hamda talab va taklif qonunlariga bo‘ysungandir. Ushbu qonunlarning valyuta bozoridagi raqobatchilik sharoitidagi harakati valyuta almashuvlarining nisbiy ekvivalentligi, xalqaro moliyaviy oqimlarni tovarlar, xizmatlar, kapitallar, kreditlar harakati bilan bog‘liq jahon xo‘jaligi ehtiyojlariga mosligini ta’minlaydi. Bozordagi baho mexanizmi va valyuta kursi dinamikasining daraklari orqali iqtisodiy agentlar valyuta sotib oluvchilarning ehtiyojlari hamda taklif imkoniyatlari haqida ma’lumot oladilar. Demak, bozor valyuta operatsiyalari holati haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida maydonga chiqadi. Biroq davlat azaldan valyuta munosabatlarining jahon xo‘jalik aloqalaridagi muhim rolini hisobga olgan holda dastlab bilvosita, keyinchalik esa bevosita valyuta munosabatlariga aralashib kelgan. Oltin standartini XX asrning 30-yillarida bekor qilinishi natijasida oltin nuqtalar mexanizmining valyuta kursini stixiyali muvofiqlashtiruvchisi sifatidagi harakati to‘xtadi. Kurs nisbatlarining katta va keskin o‘zgarishi hamda valyuta inqirozlari og‘ir ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqargan holda milliy va jahon iqtisodiyotlariga salbiy ta’sir etdi. Valyutani bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bir-birini to‘ldiradi. Raqobatchilikka asoslangan bozor rivojlanishida rag‘batlantiruvchi omillarni keltirib chiqaradi, davlat esa valyuta munosabatlarini bozor tomonidan muvofiqlashtirilishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Bu ikki muvofiqlashtiruvchilar orasidagi chegara aniq bir holatdagi manfaat va yo‘qotishlar bilan belgilanadi. Shu sababli ularning orasidagi nisbat tez o‘zgaruvchandir. Inqirozli larzalar, urushlar, urushdan so‘nggi vayronagarchiliklar sharoitida valyuta munosabatlarining davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi ustunlik qiladi. Valyuta-iqtisodiy sharoitni yaxshilanishi bilan valyuta operatsiyalari borasida erkinlashtirish yuz beradi, ushbu jarayondagi bozor raqobatchiligi rag‘batlantiriladi. Ammo davlat valyuta munosabatlari ustidan kuzatuv va cheklovlarni amalga oshirish maqsadida doim valyuta nazoratini o‘z qo‘lida saqlab qeladi. Bozor iqtisodiyotini muvofiqlashtirish tizimida muhim o‘rinni valyuta siyosati egallaydi. Valyuta siyosati – bu, mamlakatning joriy va strategik maqsadlariga muvofiq xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari jarayonida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir.10 Ushbu siyosat iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash, ishsizlik va inflyatsiya o‘sishini sekinlashtirish, to‘lov balansi muvozanatini qo‘llab-quvvatlash sharoitida iqtisodiy siyosatning eng muhim maqsadlariga erishishga qaratilgandir. Rasmiy aqida darajasiga ko‘tarilgan ma’lum bir nazariya valyuta siyosatining asoslanishi bo‘lib xizmat qiladi. Yuridik nuqtai nazardan valyuta siyosati valyuta qonunchiligi bilan rasmiylashtiriladi. Valyuta qonunchiligi – bu, mamlakatda va uning tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi huquqiy me’yorlar to‘plamidir.11 Ushbu atama valyuta muammolari bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama valyuta kelishuvlarini ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy valyuta kelishuvlarining tarixiy shakllaridan biri Lotin tanga ittifoqi edi (1865-1926y.y.). Uning maqsadi a’zo-mamlakatlar yagona pul birligini o‘rnatish edi. Bunda bir mamlakatning tanga pullari boshqa mamlakatlarda qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib hisoblanar edi. 1857 yildagi Parij Konventsiyasi oltin-tanga standartiga asoslangan birinchi jahon valyuta tizimi shakllanishini asoslab berdi. Keyinchalik Genuyadagi konferentsiya oltin-deviz standarti shakllanishini asosladi. 1944 yil Bretton-Vuds valyuta kelishuvi esa urushdan so‘nggi valyuta tizimining tamoyillarini mustahkamladi. Yamayka valyuta kelishuvi zamonaviy valyuta tizimining tamoyillarini o‘rnatdi. Hududiy birlashmalar doirasida ham valyuta bitimlari tuzildi. Masalan, XX hamda XXI asrlar bo‘sag‘alarida yagona valyuta “YEVRO”ga asoslangan Yevropa iqtisodiy va valyuta ittifoqi, Yevropa valyuta tizimi tuzildi. Valyuta siyosatini amalga oshirishning vositalaridan biri – bu, valyutani muvofiqlashtirishdir. Valyutani muvofiqlashtirish – bu, davlat tomonidan xalqaro hisob-kitoblar va valyuta operatsiyalarini o‘tkazish tartibini chegaralashdir; u milliy, davlatlararo hamda hududiy darajalarda amalga oshiriladi.12 To‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta muvofiqlashtirilishi qonuniy dalolatnomalar va ijro hokimiyatining xatti-harakatlari bilan amalga oshiriladi. Bilvosita muvofiqlashtirish - bozor iqtisodiy agentlarining xatti-harakatlariga iqtisodiy, xususan valyuta-kredit ta’sir usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Xo‘jalik aloqalarining globallashuvi davlatlararo valyuta muvofiqlashtirilishining rivojiga ko‘maklashdi. U quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: jahon valyuta tizimi tarkibiy tamoyillarini cheklash, alohida mamlakatlar valyuta siyosatining muvofiqlashtirilishi, valyuta inqirozi asoratlarini bartaraf etishdagi hamkorlikdagi chora-tadbirlar, etakchi davlatlar tomonidan o‘z valyuta siyosatlarini boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘zaro kelishib olishi. Hududiy valyuta muvofiqlashtirilishi iqtisodiy integratsion birlashmalar, masalan Yevropa Ittifoqi doirasida rivojlanib borayotgan davlatlarning hududiy guruhlarida amalga oshadi. Valyuta muammolari bo‘yicha hal qiluvchi qarorlarning tayyorlanishi va qabul qilinishi hamda amalga oshirilishini valyuta siyosati belgilaydi. Valyuta munosabatlarini muvofiqlashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: a) xususiy korxonalar, birinchi navbatda nihoyatda katta valyuta resurslariga ega va valyuta operatsiyalarida faol ishtirok etadigan milliy hamda xalqaro banklar va korporatsiyalar; b) milliy davlat (Moliya Vazirligi, Markaziy bank, valyuta nazorati organlari); v) davlatlararo darajada. Valyuta, kredit va moliya siyosatlarini muvofiqlashtirish shaklidagi davlatlararo muvofiqlashtirish quyidagi sabablar bilan asoslanadi: a) o‘z ichiga valyuta, kredit, moliya munosabatlarini olgan holda milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligini kuchayishi; b) bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirishning o‘zaro nisbatini xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitlarida bozor foydasiga o‘zgarishi; v) jahonda kuchlar nisbatining o‘zgarishi; AQShning yakka hukmronligini barham topishi hamda uni jahonda hamkorlik va raqiblikning uch markazi (AQSh, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya) hukmronligi bilan almashinilishi. Shu bilan birgalikda yangi industrial davlatlar sifatidagi yosh raqobatchilarning maydonga chiqishi; g) valyuta kurslari, foiz stavkalarining tebranishi, davriy neft shoklari, birja, valyuta va bank inqirozlari hamda boshqa shu kabilar sababli barqarorsizligi bilan ajralib turadigan jahon valyuta, kredit, moliya bozorlarini yirik masshtablari. Davlatlararo valyuta muvofiqlashtirishning organi bo‘lib XVF hisoblanadi, XX asrning 70-yillarini o‘rtalaridan boshlab esa muntazam ravishdagi, ishtirokchilari cheklangan oliy darajali yig‘ilishlar ham uning qatoriga qo‘shildi. Ushbu yig‘ilishlar o‘tkazilishining sabablaridan biri jahon energetik inqirozi bo‘lib, bunda rivojlangan davlatlar tomonidan neft baholari o‘sishining salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim edi. Shu paytdan boshlab yuqori darajadagi yig‘ilishlarda jahonning dolzarb iqtisodiy va siyosiy masalalari muxokama etila boshladi. Yuqori darajadagi yig‘ilishlarning birinchisi 1975 yilning noyabr oyida Frantsiyaning Rambuye shahrida olti etakchi davlat ishtirokida o‘tkazilgan. 1976 yildan boshlab “ettilikning” (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Kanada) har yillik yig‘ilishlari o‘tkaziladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling