Spot valyuta operatsiyalarining mohiyati va amalga oshirish xususiyatlari.
Jahon valyuta bozorida eng ko‘p amalga oshiriladigan operatsiyalar – bu, spot (“Spot”) operatsiyalari hisoblanib, jahon valyuta bozorida amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning qariyb 80 foizi aynan ushbu operatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Spot (“Spot”) operatsiyasi – bu bir zumda amalga oshiriladigan valyuta operatsiyasi bo‘lib, sotuvchi sotgan valyutasini sotib oluvchiga 2 bank ish kuni davomida, shartnoma tuzilgan kun kursi bo‘yicha etkazishi lozim. Ikki ish kuni bitim hujjatlarini rasmiylashtirishni tashkillashtirish va naqd pulni o‘tkazish hamda ayrim hollarda hisob-kitoblar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan mamlakatlardagi turli vaqt zona (hudud)larini qoplash uchun qoldiriladi. Zamonaviy sharoitda, mazkur valyuta operatsiyalarining amalga oshirilishi va valyutaning etkazilishi 2 bank ish kunini talab etmaydi.
Kassa bitimi spot shartlari asosida amalga oshiriladi va asosan xalqaro hisob-kitoblar bo‘yicha, kurslar o‘zgarishi oqibatida ehtimolli valyuta yo‘qotishlarining oldini olish, shuningdek kapitallarni bir joydan boshqa joyga tez oqib o‘tishi maqsadida xorijiy valyutani zudlik bilan sotib olish uchun qo‘llaniladi.15
Valyuta kurslarining erkin tebranishi rejimiga o‘tilishi bilan valyutalar bilan spekulyativ operatsiyalar kuchaydi. Ushbu operatsiyalar valyuta bozorlarida keng tarqalgan bo‘lib, hozirgi kunda banklararo bozor umumiy muomalasining ko‘p qismini tashkil etadi.
Kassa operatsiyalari uchun xususiyatli narsa shundaki, shartnoma tuzilishining payti uning ijro etilish payti bilan to‘g‘ri kelmaydi. Valyuta shartnoma tuzilganidan so‘ng o‘sha zahoti, 2 bank ish kunidan kechikmagan holda, sotib oluvchiga etkaziladi. Valyutani etkazib berish muddati “valyutalashtirish sanasi” deb ataladi. Agarda valyutalashtirish sanasi bir ishtirokchi hududida dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, unda valyutalashtirish sanasi bo‘lib ikkala ishtirokchi uchun ham dam olish kunidan keyingi, navbatdagi ish kuni hisoblanadi. Quyida keltirilgan jadvalda spot operatsiyalarini turlari bo‘yicha valyutlashtirish sanalarini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |