Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Imkonsiz uchlik yoki trilemma (ingl. Impossible trinity (trilemma)).
- Triffin paradoksi.
2. J–egri chizig‘i. Milliy valyutaga nisbatan devalvatsiya qo‘llanilgandan so‘ng, savdo balansi holatining yaxshilanishi uchun ma’lum davriy oraliq talab etiladi. Empirik jihatdan real devalvatsiya qisqa muddatli davriy oraliqda joriy hisob balansi holatini yomonlashishiga olib keladi va bir necha (odatda 3-12) oy o‘tgach, aksincha uning holatini yaxshilaydi. Joriy hisobvaroq o‘zgarishining mazkur davriy oralig‘i J (ji)– egri chizig‘i deb ataladi. Chunki, real devalvatsiyadan so‘ng, savdogarlar bozorda mamlakatning eksport tovarlarga nisbatan qulay raqobat sharoiti vujudga kelganligini anglagunga qadar ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Masofa va til muammolari tufayli bozor ishtirokchilariga ma’lumot kech etib borishi sababli mahalliy bozorlarga nisbatan xalqaro bozorlarda qo‘proq vaqt talab etiladi.
3. Imkonsiz uchlik yoki trilemma (ingl. Impossible trinity (trilemma)). Mamlakat valyuta siyosati natijasida hal etiladigan uchta asosiy vazifa, ya’ni valyuta kursi barqarorligini ta’minlash (qat’iy belgilangan valyuta kurslari rejimi), to‘liq moliyaviy integratsiya erishish (ochiq kapital bozorlari), monetar orgarlar valyuta siyosatidamustaqillik(pul-kredit va byudjet-soliq siyosati mustaqilligi)nisaqlashni bir vaqtda bajarishning imkoniyati mavjud emaligi “Imkonsiz uchlik” nazariyasida o‘z ifodasini topadi (1-rasmga qarang). 6.1-rasm. Imkonsiz uchlikda “Ideal” valyutaning xususiyatlari. 4. Mandell - Fleming modeli. Ochiq iqtisodiyotning makroiqtisodiy modeli bo‘lib, iqtisodiy siyosatdagi paradoksal holatni ko‘rsatadi. Xususan, qat’iy belgilangan valyuta kurslari sharoitida pul-kredit siyosati, suzuvchi valyuta kurslari rejimi sharoitida esa, fiskal siyosat samarasiz bo‘ladi. Bu esa, har qanday valyuta kurslari rejimi sharoitida ma’lum bir maqsadga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning turli usullari majmuasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, Mandell - Fleming modelimavjud LM-IS modeliga xorijiy valyuta bozori va kapital oqimlarini kiritilishini nazarda tutadi va quyidagi umumiy xulosaga olib keladi: agar xalqaro kapital oqimining elastikligi juda yuqori bo‘lsa, qatiy belgilangan valyuta kurslari va monetar suverenitet (mustaqillik) bir-biriga mos kelmaydi, ya’ni birining bo‘lishi ikkinchisini inkor etadi14 (yoki imkonsiz shartining tasdig‘i). Mazkur model optimal valyuta zonalari va imkonsiz uchlik nazariyasiga asos solib berdi. 5. Triffin paradoksi. Ushbu paradoks boshqa bir qator omillar qatorida Bretton Vuds valyuta tizimining nihoyasiga etishiga sabab bo‘lgan. AQShning o‘sib borayotgan jahon savdosini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan dollarni qolgan dunyo mamlakatlari uchun emissiya qilishi uning to‘lov balansini doimiy ravishda defitsit bo‘lishiga olib kelar edi. Ya’ni, mamlakatlardagi dollar zaxiralari qanchalik ko‘paymasin, AQSh to‘lov balansi doimo taqchil bo‘lib qolaverdi. Bu esa, boshqa davlatlarning AQSh tomonidan dollarlarni belgilangan rasmiy kurs bo‘yicha oltinga konvertirlanishi imkoniyatini shunchalik shubha ostiga qoldirdi. Boshqacha qilib aytganda, Bretton Vuds valyuta tizimi davrida o‘sib borayotgan xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni yagona ishonchli xalqaro valyuta AQSh dollari bilan ta’minlamaslik, uning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. Uni ta’minlash uchun dollar emissiyasini oshirish esa, mamlakat to‘lov balansi taqchilligiga, valyutaning oltin paritetini yo‘qolishiga, ichki inflyatsiya darajasini oshishiga olib kelar edi. Yohud, dollar emissiyasiga nisbatan oltinni ishlab chiqarish imkoniyati yo‘qolib bordi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling