Tez. Oluvchilar pul o’tkazmani jo’natilgandan bir necha daqiqa o’tganidan so’ng olishlari mumkin (o’tkazmani amalga oshirish muddati bir necha kunlarga yetishi mumkin bo’lgan o’tkazmalar bundan mustasno). Biroq jo’natishda o’tkazma olinadigan mintaqadagi Western Union agentlik shahobchasining ish vaqtini ham hisobga olish kerak.
Kafolat. Western Union xalqaro tizimi 135 dan ortiq mamlakatlarga pul o’tkazmalarini amalga oshiradi. Western Union tufayli yer yuzining barcha nuqtalaridagi millionlab odamlar naqd pul bilan bog’liq muammolarini samarali tarzda hal qiladilar. Buning uchun Western Union eng yangi elektron texnologiyalar va o’zining kompyuter tarmog’idan foydalanadi. Har bir pul o’tkazmasi jahon talablari darajasidagi xavfsizlik tizimi bilan himoyalangan. U ko’rsatilgan manzilni, mablagni aniq va ko’rsatilgan muddatda olinishini kafolatlaydi.
Butun dunyo bo’ylab. Hozirgi vaqtda Western Union tizimining dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatdagi 386 000 dan ortiq xizmat ko’rsatish shahobchalari faoliyat olib bormoqda. Siz o’tkazmani jo’natishingiz yoki qabul qilishingiz mumkin bo’lgan istalgan shahobcha – sizning xizmatingizda.