Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Yamayka valyuta tizimi va uning standarti
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
5. Yamayka valyuta tizimi va uning standarti.
Yamayka valyuta tizimi – zamonaviy jahon valyuta tizimi bo‘lib, alohida mamlakatlarning valyuta tizimlariga emas, balki huquqiy mustahkamlangan davlatlararo tamoyillarga asoslangandir. Yamayka valyuta tizimining o‘ziga xos xususiyati erkin suzib yuruvchi valyuta kurslarini joriy etilishi bo‘ldi. Bretton-vuds tizimining inqirozi valyuta islohotlarining ko‘pgina loyihalarini keltirib chiqardi: jumladan, jamoaviy zahira birliklarini tashkil etish, tovar va oltin bilan ta’minlangan jahon valyutalarini chiqarish va oltin standartiga qaytish loyihalari. Monetarizm tarafdorlari davlat aralashuviga qarshi bozor tomonidan tartibga solishni yoqlashdi, to‘lov balansini avtomatik tarzda o‘z-o‘zidan tartibga solinish g‘oyasiga asoslangan holda suzuvchi valyuta kurslari rejimi joriy etishni taklif qilishdi (M. Fridman, F. Maxlup va bosh.). Neokeynsianchilar J.M.Keynsning xalqaro valyuta tashkil etish to‘g‘risidagi oldingi g‘oyasiga qaytishdi (R. Triffin, U. Martin, A. Dey. F. Peru, J. Denize). AQSh oltinni to‘liq demonetizatsiya qilish va dollarning mavqeini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro likvid vositani tashkil etish yo‘lini tutdi. G‘arbiy Yevropa, ayniqsa Frantsiya dollarning etakchiligini cheklash va XVF kreditlarini kengaytirish sari harakat qildi. Valyuta inqirozidan chiqishga bag‘ishlab jahon miqyosida bir qator konferentsiyalar o‘tkazildi. 1972-1974 yilllarda XVF jahon valyuta tizimini isloh qilish loyihasini tayyorladi. Mazkur loyiha 1976 yilda XVFga a’zo mamlakatlarning kelishuviga ko‘ra Kingstonda o‘tkazilgan konferentsiyada rasmiy jihatdan kuchga kirdi. Yamayka valyuta tizimi asosiga oltin standartidan to‘liq voz kechish tamoyili qo‘yildi. Mazkur tizimga muvofiq valyuta munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslangan holda amalga oshirilishi lozim: oltin andozasi tizimi rasman bekor qilindi; oltin demonetizatsiyasi belgilandi, uning jahon puli funktsiyasi bekor qilindi; valyutani oltinga bog‘lovchi oltin paritetlari taqiqlandi; markaziy banklarga bozor bahosi bo‘yicha oltinni oddiy tovar sifatida sotish va sotib olishga ruxsat etildi; SDR (Special Drawing Rights) standarti joriy etildi, undan jahon puli sifatida, shuningdek, valyuta almashinuv kurslarini o‘rnatish hamda rasmiy aktivlarni baholashda foydalanish ko‘zda tutildi. alohida markaziy banklarga ichki pul siyosatini mustaqil o‘tkazish imkoniyati kengaytirildi. Mamlakatlarning markaziy banklari valyutaning qa’tiy belgilangan paritetini ushlab turish uchun valyuta bozorlari faoliyatiga aralashishga majbur emaslar. Biroq, ular valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun valyuta interventsiyalarini amalga oshiradilar. zahira valyutalari sifatida AQSh dollari, Germaniya markasi, funt sterling, shveytsariya franki, yaponiya ienasi, frantsuz franki rasman tan olindi (yevro muomalaga kiritilishiga qadar); erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi o‘rnatildi, shuningdek, ularni jahon valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllantirish belgilandi; davlatlarga valyuta kursi rejimini mustaqil belgilashga ruxsat etildi. Yamayka bitimining barcha ishtirokchi mamlakatlari asosida valyutalarning oltin tarkibi yotgan qa’tiy belgilangan valyuta kurslaridan valyuta bozorlaridagi talab va taklif ta’sirida muayyan chegaralarda erkin o‘zgaruvchan suzuvchi valyuta kurslariga o‘tishdi. SDR o‘zida xalqaro shartli hisob pul birliklarini ifodalaydi. SDRning emissiyasi XVF tomonidan amalga oshiriladi. SDR XVF to‘lov birliklari sifatida va maxsus xisob raqamlarda yozish yo‘li bilan xalqaro naqdsiz xisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘llaniladi. SDR funktsiyasiga, to‘lov balanslarini tartibga solish, rasmiy valyuta zahiralarini to‘ldirish, milliy valyutalar qiymatini taqqoslash kabilar kiradi. SDR hech qanday valyuta yoki qarz majburiyati hisoblanmaydi. Ushbu to‘lov vositasi 1969 yilda a’zo-mamlakatlarning mavjud zahira aktivlariga qo‘shimcha sifatida XVF tomonidan tashkil etilgandi. Tashkil etishdan asosiy maqsad, Bretton-vuds valyuta tizimi doirasida Triffin paradoksini bartaraf qilish edi. SDR kursi har kuni e’lon qilinadi va beshta etakchi valyutadan tashkil topgan savatning dollar qiymati asosida aniqlanadi. Ushbu valyutalar, AQSh dollari, yevro, yuan, iena va funt sterlingdan iborat. Yevro muomalaga kirguniga qadar kurs beshta valyutadan tashkil topgan savatga bog‘langan edi, ular, AQSh dollari, nemis markasi, frantsuz franki, iena va funt sterlingdir. Valyutalarning savatdagi og‘irligi har besh yilda ko‘rib chiqiladi. Genuya valyuta tizimi doirasida egiluvchan almashinuv kurslariga o‘tishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko‘zda tutildi: turli mamlakatlarda inflyatsiya sur’atlarini jilovlash; to‘lov balanslarini muvozanatga keltirish; markaziy banklar mustaqil ichki pul siyosatini amalga oshirishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish. Zamonaviy valyuta tizimining faoliyat ko‘rsatish mexanizmini quyidagicha ifodalash mumkin. XVFga a’zo mamlakatlar fondning asosiy kapitalidagi ulushiga ko‘ra SDRning ma’lum ulushiga ega bo‘lishadi. SDR faqat hisob birligi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, muayyan sharoitlarda uni milliy valyutaga aylantirish mumkin. Valyutalarning solishtirma og‘irligi valyutalarning xalqaro savdo va to‘lovlardagi solishtirma og‘irligiga muvofiq aniqlanadi. XVF tasnifiga ko‘ra mamlakat valyuta kurslarining quyidagi rejimlarini tanlashi mumkin: qa’tiy belgilangan, suzib yuruvchi yoki aralash. Qa’tiy belgilangan valyuta kurs rejimi bir qator turlarga bo‘linadi: Milliy valyuta kursi bitta ixtiyoriy tanlangan valyutaga nisbatan qa’tiy belgilanadi. Milliy valyuta kursi tayanch kursga mutanosib ravishda avtomatik o‘zgaradi. Odatda, mamlakatlar milliy valyutasi kursini AQSh dollari va yevroga nisbatan qa’tiy belgilaydi. Milliy valyuta kursi SDRga nisbatan belgilanadi. “Savatli” valyuta kursi. Milliy valyuta kursi su’niy ravishda tuzilgan valyuta savatiga bog‘lanadi. Odatda, valyuta savatiga mazkur mamlakatning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan mamlkatlarning valyutalari kiritiladi. AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Shveytsariya va qator mamlakatlarning valyutalari “erkin suzish” rejimiga asoslangan. Lekin, mazkur mamlakatlarning markaziy banklari valyuta kurslarini ularning keskin tebranishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishadi. Aynan shuning uchun valyuta kurslarining “boshqariladigan” suzish rejimi qayd etiladi. Yamayka valyuta tizimi mohiyatiga ko‘ra Bretton-vuds tizimiga qaraganda birmuncha egiluvchan, valyuta kurslari hamda to‘lov balanslari beqarorligiga tezda moslashuvchan bo‘lishi kerak edi. Biroq, suzuvchi valyuta kurslarini joriy etilishiga, dollar asosiy to‘lov vositasi mavqeidan rasman mahrum bo‘lishiga qaramasdan amalda u mazkur rolda qoldi, bu holatni, boshqa mamlakatlarga qiyoslash bo‘yicha AQShning birmuncha qudratli iqtisodiy, ilmiy-texnik salohiyati ta’minladi. Ko‘pgina mamlakatlarda qa’tiy belgilangan valyuta kurslari o‘rniga suzuvchi valyuta kurslarini joriy etish valyuta interventsiyasini o‘tkazishdagi yirik xarajatlarga qaramasdan ularning barqarorligini ta’minlamadi. Ushbu rejim valyuta spekulyatsiyalari, tasodifiy kapital ko‘chishiga barham berish, turli mamlakatlarda inflyatsiya sur’atlari va to‘lov balansini tezda boshqarishni ta’minlashga qobiliyatsiz bo‘ldi. Bir qator mamlakatlar milliy valyutalarini boshqa valyutalarga bog‘lash holatini davom ettirdilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling