Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 0.62 Mb.
|
Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D.-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-BOB. TIJORAT BANKLARINING OCHIQ VALYUTA POZITSIYASINI YURITISH TARTIBI
- 1.Valyuta pozitsiyasining mohiyati va turlari.
Nazorat savollari
Valyuta riski deganda nimani tushunasiz? Valyuta riskining qanday turlari mavjud? Valyuta riski yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni izohlang? Valyuta pozitsiyasi nima? Valyuta risklarini qanday boshqarish mumkin? 17-BOB. TIJORAT BANKLARINING OCHIQ VALYUTA POZITSIYASINI YURITISH TARTIBI Valyuta pozitsiyasining mohiyati va turlari. Ochiq valyuta pozitsiyasini hisoblash tartibi va unga qo’yilgan limitlar 1.Valyuta pozitsiyasining mohiyati va turlari. Foreks bozorida savdo qiluvchi banklar valyutalarning har birida uzun, qisqa va yopiq pozitsiyalarni belgilab qo‘ydilar. Valyuta bitimini amalga oshirishda bank bir valyutani xarid qiladi va boshqasini sotadi. Spot (darhol etkazib berish) shartlarida valyuta etkazib berish bitimida u sotayotgan valyutadagi zaxiralarining bir qismi sotib olinayotganiga qo‘yiladi. Spot operatsiyalari tijorat banklarining valyuta operatsiyalari ichida eng ko‘p riskka tortilgani bo‘lib hisoblanadi. Bunga asosiy sabab, spot operatsiyalarining qisqa muddatliligi va ularni sug‘urtalashning imkoniyatini yo‘qligidir. Shu sababli, tijorat banklariga valyuta pozitsiyalari bo‘yicha limitlar joriy etilgan. Vakolatli banklarning ochiq valyuta pozitsiyasi yuritilishi haqidagi hisobotni tahlil qilishning zarurati Markaziy Bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli banklarning valyutaviy risklari kamaytirilishiga qaratilgan siyosati bilan izohlanadi. Valyuta pozitsiyasiga limit har bir davlatning iqtisodiy holati va mamlakat moliyaviy tizimining o‘ziga xosligidan kelib chiqib o‘rnatiladi. Xorijiy valyutalar qator sabablarga ko‘ra spot shartlari asosida oldi-sotdi qilinadi. Xususan, import mahsulotlari, shuningdek chet el aktivlari (obligatsiya, ko‘chmas mulk va h.k.) uchun to‘lovlarni amalga oshirish, chet elga sayohat yoki xizmat safarlarini moliyaviy ta’minlash va boshq. Spot operatsiyalari orqali banklar o‘z mijozlarining xorijiy valyutadagi extiyojlarini qondiradi, arbitraj (spekulyativ) operatsiyalarni amalga oshiradi, xorijiy valyutadagi qisqa muddatli kapital harakatini yuzaga keltiradi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ochiq valyuta pozitsiyalari limitlarini, ularni hisoblash hamda banklar tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi. Valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi talab va majburiyatlarining o‘zaro nisbatini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u bankning chet el valyutasi oldi-sotdi operatsiyalarini hamda boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi natijasida chet el valyutasidagi talablari va majburiyatlari miqdori o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladi. Valyuta pozitsiyasi – dilerning talab va majburiyatlarini nisbati. U ikki qismdan iborat, ya’ni “uzun” va “qisqa” pozitsiyadan. “Uzun” pozitsiyada dilerning talablari aks etadi. Talablar esa, diler tomonidan valyuta sotib olinganda hosil bo‘ladi. “Qisqa” pozitsiyada dilerning majburiyatlari aks etadi. Majburiyatlar esa, diler tomonidan valyuta sotilganda hosil bo‘ladi. Agarda, dilerning talablari majburiyatlaridan ko‘p bo‘lsa, unda valyuta pozitsiyasi “uzun” pozitsiya bo‘yicha ochiq hisoblanadi. Agarda, dilerning majburiyatlari talablaridan ko‘p bo‘lsa, unda valyuta pozitsiyasi “qisqa” pozitsiya bo‘yicha ochiq hisoblanadi. Dilerni talab va majburiyatlari o‘zaro teng bo‘lsa, unda valyuta pozitsiyasi yopiq hisoblanadi. Ochiq valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi talablari miqdori uning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdoriga mos (teng) bo‘lmagan holatdagi valyuta pozitsiyasi. Uzun valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi talablari miqdori uning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdoridan ortiq bo‘lgan holatdagi ochiq valyuta pozitsiyasi. Qisqa valyuta pozitsiyasi — bankning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdori uning chet el valyutasidagi talablari miqdoridan ortiq bo‘lgan holatdagi ochiq valyuta pozitsiyasi. Ochiq valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyalari yig‘indisi. Qisqa valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha qisqa valyuta pozitsiyalari yig‘indisi. Uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdori — barcha turdagi chet el valyutalari bo‘yicha uzun valyuta pozitsiyalari yig‘indisi. Bankning chet el valyutasidagi talablari — bankning chet el valyutasidagi aktivlari va “ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi talablar. Bankning chet el valyutasidagi majburiyatlari — chet el valyutasidagi majburiyatlar va “ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi majburiyatlar. Ochiq valyuta pozitsiyalari limitlari — har bir turdagi chet el valyutasi bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyalari va ochiq valyuta pozitsiyalari jami miqdorining bank regulyativ kapitaliga nisbatini o‘zida ifodalovchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan limitlar. “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi talab va majburiyatlar — chet el valyutasidagi hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalari (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalari tuzilishi natijasida bankda yuzaga keladigan talab va majburiyatlar. Valyuta kurslari muvozanatsizligi qanchalik yuqori bo‘lsa, valyuta riski shunchalik yuqori bo‘ladi. Hozirgacha, biz valyuta riski tushunchasini faqat bir operatsiyaga nisbatan ko‘rib chiqqan edik. Agarda, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilari bo‘lmish taraflar xorijiy valyutada ifodalangan majburiyatlar va talablarga ega bo‘lib, ko‘p turdagi operatsiyalarni amalga oshirsa, unda ular barcha operatsiyalar bo‘yicha emas, balki faqat ochiq valyuta pozitsiyasi bo‘yicha valyuta xatariga uchraydilar. Ochiq valyuta pozitsiyasi valyuta riski bilan bog‘liq bo‘lib, banklarning (firmalarni) qo‘shimcha daromad olish yoki ortiqcha xarajat (hatto bankrotlikka) qilishga olib keladi. Shu sababli, ko‘pgina mamlakatlarda davlat moliya organlari ochiq valyuta pozitsiyalari miqdorlarini chegaralaydilar. Odatda, valyuta riski muammosini hal etish bilan bog‘liq firmaning faoliyati ochiq valyuta pozitsiyasi miqdori, ya’ni valyuta xatariga tortiladigan xorijiy valyutadagi summalarni aniqlashdan boshlanadi. Bu yerda shuni hisobga olish kerakki, xorijiy valyuta sotib olinganda valyuta pozitsiyasining uzun pozitsiyasi ko‘payadi yoki shu valyutadagi qisqa valyuta pozitsiyasi kamayadi (talablar oshadi yoki majburiyatlarni bir qismi bajariladi), xorijiy valyuta sotilganda esa buning teskarisi bo‘ladi, ya’ni qisqa valyuta pozitsiyasi ko‘payadi, yoki uzun pozitsiya kamayadi. Ochiq valyuta pozitsiyasi yuqori darajadagi valyuta riski manbaidir. Valyuta yo‘qotishlarni manbai bo‘lgan, ochiq valyuta pozitsiyalarini aniqlanishi bilan, valyuta xavf-xatarlarini bartaraf etish zarurati tug‘iladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling