Autrayt forvard kursi – bitim tuzilgan kunda qayd etiladi va uning ijro kuni uchun haqiqiy.
BRIK – barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlariga, jahon iqtisodiyoti va savdosida katta ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoydan iborat mamlakatlar guruhi.
Bojxona ittifoqi – o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bekor qilgan va a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tariflari asosida umumiy tashqi savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar guruhi.
BENILYuKS – 1960 yilda Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg o‘rtasida imzolangan iqtisodiy ittifoq.
Birja – strandartlar yoki namunalar asosida savdo qilinadigan ommaviy tovarlarning muntazam ulgurji bozori yoki qimmatli qog‘ozlar, oltin, chet el valyutalari (fond birjasi) bozori.
Bevosita kotirovka – Milliy valyuta birliklarida ifodalangan xorijiy valyuta birligining narxi.
Bretton-Vuds valyuta tizimi – 1944 yilda Bretton-Vuds konferentsiyasida mamlakatlar tomonidan yangi valyuta tizimini barpo etish to‘g‘risidagi bitim asosida tashkil topgan. Bretton-Vuds tizimi – savdo xisob-kitoblari va pul munosabatlarini tashkil etishning xalqaro tizimidir.
Valyuta – tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalarning boshqa shakllarida ishtirok etuvchi mamlakat milliy pul birligi.
Vaqtinchalik usul – to‘lov balansi defitsitini chet el kapitalini, ya’ni tadbirkorlik va ssuda kapitallarini kiritish yo‘li blan qoplashga aytiladi.
Valyuta qamali – xalqaro tashkilotlar yoki ayrim mamlakatlar guruhi tomonidan ba’zi bir mamlakatlarga nisbatan valyuta tushumlarining kelish jarayonida to‘sqinlik qilish tushuniladi.
Valyuta bozorlari – bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalar – tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati va chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |