Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi firmalar


Download 410.89 Kb.
bet11/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi firmalar. Xalqaro savdoda ishtirok etuvchi importyor-komapniyalar xorijiy valyutaga bo‘lgan barqaror talabga, eksportyor-komapniyalar esa ushbu valyutaning taklifiga ega. Shuningdek mazkur kompaniyalar ozod valyuta qoldiqlarini qisqa muddatli depozitlarga joylashtiradi hamda qisqa muddatlarga jalb qiladi. Shu bilan birgalikda tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar bevosita valyuta bozoriga chiqa olish imkoniyatiga ega emas va konversiya hamda depozit operatsiyalarini tijorat banklari orqali amalga oshiradilar.
Xorijda aktivlarni joylashtiruvchi kompaniyalar (Investment Funds, Money Market Funds, International Corporations). Ushbu kompaniyalar turli mamlakatlarning hukumatlari hamda korporatsiyalari qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish orqali aktivlar portfelini diversifikatsiyali boshqarish siyosatini amalga oshiruvchi turli ko‘rinishdagi investitsiyalash fondlari sifatida taqdim qilingandir. Bunday kompaniyalarni dilerlar slengida oddiy qilib fondlar deb atashadi. Ularning ichida valyuta chayqov operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshiruvchi eng mashxur fond bo‘lib Djordj Sorosning «Quantum» fondi hisoblanadi.
Ularinng qatoriga shuningdek filiallar, qo‘shma korxonalar va boshqa shu kabilarni barpo etish bilan bog‘liq xorijiy ishlab chiqarish investitsiyalarini amalga oshiruvchi Kseroks, Nestle, Djeneral motors, British petroleum kabi yirik xalqaro korporatsiyalar kiradi.
Markaziy banklar. Ularning funktsiyalariga valyuta zahiralarini boshqarish, ayirboshlash kursining darajasiga ta’sir qiluvchi valyuta interventsiyalarini amalga oshirish hamda milliy valyutadagi qo‘yilmalarning foiz stavkalari darajalarini muvofiqlashtirish kiradi.
Jahon valyuta bozorlariga sezilarli ta’sir etadigan banklardan biri bu AQShning Markaziy banki, ya’ni Federal Zahira Tizimidir (US Federal Reserve yoki qisqacha FED). Undan keyin Germaniyaning Markaziy banki - Bundesbank (Deutsche Bundesbank) va Buyuk Britaniya Markaziy banki – Angliya Banki (Bank of England boshqacha nomi Old Lady).

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling