Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALARDA XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARINING ROLI
- Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy tamoyillari
Nazorat savollari
Xalqaro valyuta munosabatlari fanning vazifalari ayting? Xalqaro valyuta munosabatlari shakllanishining asosiy shartlari nimalardan iborat? Xalqaro valyuta munosabatlarining mohiyatiga izoh bering. Valyuta munosabatlarini tartibga solishning mohiyatiga izoh bering. Xalqaro valyuta munosabatlarining funktsiyalari nimalardan iborat? 2-BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALARDA XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARINING ROLI Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy tamoyillari. Valyuta munosabatlari tushunchasining mohiyati va uning asosiy ishtirokchilari. Valyuta tizimi va uning asosiy funktsiyalari hamda elementlari. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy tamoyillari Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qaratilgan. Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o‘sishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatning subyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga: tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini belgilash; tashqi iqtisodiy siyosatni, shu jumladan valyuta-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi valyuta fondini shakllantirish va undan foydalanish; tashqi iqtisodiy iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni ijro etish; O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida respublikaning, uning yuridik shaxslari va fuqarolarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish; respublika hududida chet ellik investorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlarni belgilash; O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalarda vakillik qilish; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlar kiradi. Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar sifatida quyidagilar belgilangan: birinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko‘zlab o‘tkazish, tovarlarni eksport va import qilishda xorijiy sarmoyadorlar o‘z daromadlaridan erkin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibni joriy etish; ikkinchidan, xorijiy sarmoyadorlarni, asosan bevosita kapital mablag‘lar tarzidagi sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish; uchinchidan, O‘zbekistonga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib keladigan, xalq xo‘jaligining zamonaviy strukturasini vujudga keltirishda yordam beradigan sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o‘tkazish; to‘rtinchidan, mablag‘larni eng ustuvor sohalarga – respublika mustaqillgini ta’minlaydigan agrar sektorni, yoqilg‘i-energetika kompleksini hamda boshqa bazaviy tarmoqlarni rivojlantirishga qodir, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga sarflash. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining tengligi; savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning ob’ektlari oldi-sotdi yoki ayirboshlash ob’ekti bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari hisoblanadilar. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlari doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashish shakllarini mustaqil belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z xohishiga ko‘ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni shartnoma asosida belgilangan tartibda jalb qilish; tashqi iqtisodiy faoliyat natijalariga, shu jumladan milliy va chet el valyutasidagi daromadga qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining turlaridan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlarga ega bo‘ladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari: tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi; O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O‘zbekistonda belgilab qo‘yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda taqdim etishi shart. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; tashqi savdo faoliyati; chet el investitsiyalarini jalb qilish; O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va sug‘urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog‘liqni saqlash, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir. Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksportidir. Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir. O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir. Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir. Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne’matlarning barcha turlari hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob’ektlariga moddiy va nomoddiy ne’matlarni hamda ularga bo‘lgan huquqlarni qo‘yish bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari harakatlarining yig‘indisi O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin: yuridik shaxslar tashkil etish yoki ustav fondlarida (kapitallarida) ulushbay asosda, shu jumladan mol-mulk va aktsiyalar sotib olish yo‘li bilan qatnashish; O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vakolatxonalar, filiallar va boshqa alohida bo‘linmalar ta’sis etish; qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan xorijiy davlatlarning rezidentlari tomonidan tasdiqlangan qarz majburiyatlarini sotib olish; kontsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, izlab topish, qazib olish yoxud ulardan foydalanishga mo‘ljallangan kontsessiyalarni qo‘lga kiritish; mulk huquqini, shuningdek, erga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy davlatning qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ulardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olishga haqli emas. Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish; valyuta bilan tartibga solish; soliq bilan tartibga solish; tarif va notarif tartibga solish; O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash; tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, miqdoriy cheklovlar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish; eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini belgilash; o‘z xossa hamda xususiyatlariga ko‘ra yalpi qirg‘in qurolini (yadroviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik) va zaharlovchi qurol) hamda uni etkazib berish vositalarini (raketalar va yalpi qirg‘in qurolini etkazib berishga qodir boshqa texnika vositalarini), boshqa turdagi qurol-yarog‘ hamda harbiy texnikani yaratishda muhim hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, eksport nazorati ob’ektlari ro‘yxatlarida ko‘rsatilgan tovarlar, asbob-uskunalar, ilmiy-texnika axboroti, ishlar va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalariga nisbatan eksport nazoratini o‘rnatish; olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash; texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini belgilash; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferentsiya va imtiyozlar berish. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha usullarda ham amalga oshirilishi mumkin. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling