Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet96/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
ХВМ

Xalqaro Valyuta Fondi – a’zo davlatlar o‘rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va ularga to‘lov balansining kamomadi bilan bog‘liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va o‘rta muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilotdir.
Xarid krediti – eksportyor bankning to‘g‘ridan to‘g‘ri milliy eksportyorni kreditlamasdan, balki chet ellik xaridorni, ya’ni, importyor mamlakat firmasi va uning bankini kreditlash hisoblanadi.
Xalqaro korporatsiyalar – jahon tovar va ishlab chiqarish omillari bozorlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalardir.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – mamlakatlarning iqtisodiy manfaatlariga zarar keltiruvchi xavflar va ularning iqtisodiyotini izdan chiqarishga bo‘lgan urinishlarni bartaraf etishning kafolatlangan mexanizmini yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar yig‘indisi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – milliy iqtisodiyotlarning yagona ishlab chiqarish jarayoniga qo‘shilishi.
Xalqaro mehnat taqsimoti – bu davlatlar o‘rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimlanishi bo‘lib, u alohida davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari – jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi.
Xalqaro birlashish va qo‘shib olishlar – kompaniyalarning xalqaro bozorlarda aktsiyalarning yirik paketi yoki korxonani to‘liq sotib olishlari jarayoni.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) – hukumatlararo kredit-moliya tashkiloti bo‘lib, uning asosiy vazifalari a’zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishini rag‘batlantirish, xalqaro savdoni rivojlantirishga yordam berish va to‘lov balanslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) – Jahon banki guruhiga kiruvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, u 1960 yilda tashkil etilgan. Uning maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak berish hisoblanadi.
Xedjerlar – valyuta kurslarining kelgusida salbiy tomonga o‘zgarishidan ko‘riladigan moliyaviy zararning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi ishtirokchilar.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling