Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet95/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
ХВМ

Forvard operatsiyalari – belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshiq bo‘lgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi. Amaliyotda forvard bitimlarini amalga oshirishning standart muddatlari uchraydi. Standart muddatlarga 1; 3; 6; 9; va 12 oylarni kiritish mumkin.
Foiz stavkasi kafolati – IRG –“Interest Rate Guarantee”ni odatda qarz oluvchilar yoki kreditorlar optsioni deb atashadi.
Foizli svop – ayni bir valyutadagi foiz to‘lovlari almashinuvini o‘zida aks ettiradi. Odatda bunday bitimlar bir yildan ortiq muddatga amalga oshiriladi. Bunday svoplarda asosiy summa almashinuvi hech qachon ko‘zda tutilmaydi.
Forvard bitimi – vaqtinchalnk optsionli bitim tuzilganidan keyingi ikki ish kunidan kattaroq muddatda bir valyutani boshqasiga konvertatsiyalanishi to‘g‘risidagi ikki tomonning kelishuvi.
Foreks-klub – xalqaro valyuta savdosining faol ishtirokchilari bo‘lgan banklar tomonidan professional standartlarni va valyuta bozoridagi muomala me’yorlarini belgilab qo‘yish maqsadida asos solingan tashkilot.
Xalqaro kafolatlar – tovarlar va kapitallar harakatining uzluksiz va doimiy harakat qilinishini ta’minlanishiga xizmat qilib Markaziy banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar, hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi.
Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari – tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, regional va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi.
Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Xalqaro hisob-kitoblar – tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati bilan bog‘liq valyutaviy operatsiyalar, valyutada oldi-sotdi qilish operatsiyalari va boshqa tovarsiz harakatdagi operatsiyalar majmui tushuniladi.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling