Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet93/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Strategik alyanslar – jahon bozoridagi global iqtisodiy masalalarni birgalikda hal etish maqsadida tuziladigan firmalararo ittifoq bo‘lib, ushbu ittifoq mazkur firmalarning boshqa sohalarda raqobatlashuviga to‘sqinlik qilmaydi.
Sug‘urta xatari – bitim bo‘yicha sherik o‘z mamlakatidagi siyosiy xodisalar yoki qonunchilikdagi cheklovlar oqibatida to‘lov majburiyatlarini bajara olmasligi xatari.
Tarif cheklovlari – iqtisodiy va ma’muriy qonunchiligiga asoslangan summa, u tashqi savdo boshqaruvida boj-tarif siyosatini aks ettiruvchi funktsiyadir.
Tasdiqlangan kafolatlar – kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, bank o‘z mijozi bo‘lgan importyorning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha kafolat bergan bo‘lsa, eksportyorning banki ham ushbu kafolatlar bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu esa, mavjud kafolatlarni tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tashqi savdo siyosati – milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga, qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar yig‘indisi.
Tashqi savdoni kreditlashpul vositalarini, tovar va xizmatlarni ma’lum foiz to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish.
Tashqi qarz – davlatning xorijiy mamlakatlar qarz beruvchi bank va moliya muassasalaridan zayom va kreditlar olishi, natijasida paydo bo‘lgan qarzi.
Teskari (bilvosita) kotirovka – xorijiy valyuta birliklarida ifodalangan milliy valyuta birligining narxi.
Teskari kurs – ikki mamlakatda turlicha ifodalangan valyuta kursi. Bir mamlakatda oldi-sotdi qilinadigan valyuta boshqa mamlakatda kotirovka valyutasi sifatida amal qiladi.
Transmilliy bank – jahon ssuda kapitali va moliya-kredit xizmatlari bozorida faol qatnashish imkonini beruvchi kapitalga ega yirik banklar tushuniladi.
Transmilliy korporatsiyalar – bosh kompaniya bir mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib filiallari esa dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan kompaniyalar.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling