Neft mahsulotlari eksport qiladigan mamlakatlar tashkiloti (OPEK) – Xalqaro hukumatlar o‘rtasida tuzilgan tashkilot. U Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hududlaridagi neftni qazib olish va eksport qilish, ularning narxlarini belgilash massalarini amalga oshirish bo‘yicha 1960 yilda tashkil etilgan.
NAFTA – 1992 yilda AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasida tuzilgan Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasi.
Nostro hisobvarag‘i – A bankning korrespondentlik hisobvarag‘i, B banki uni A bankining pozitsiyasidan yuritadi.
Oltin demonetizatsiyasi – bu oltinning pul funktsiyalarini bajarishdan asta-sekin mahrum etish jarayonidir.
Ochiq schyotlar bo‘yicha beriladigan kredit – eksportyor jo‘natilgan har bir tovarlar qiymatini importyorning hisobiga qarz sifatida qayd qilib boradi. Importyor shartnomada ko‘rsatilgan vaqtda kredit summasini to‘lab boradi. Ochiq schyotlar bo‘yicha beriladigan kreditlar faqatgina doimiy aloqada bo‘lgan firmalar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Ochiq iqtisodiyot – tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlangan, milliy iqtisodiyotning nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyot.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) – 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy maqsadi qit’aning rivojlanayotgan mamlakatlariga iqtisodiy rivojlanishda ko‘maklashish, hududiy hamkorlikni rag‘batlantirish, a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish va ularning iqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Overnayt-pozitsiya – xorijiy valyutadagi pozitsiya, u eng kamida tun vaqti davomida qoplanmaydi.
Optsion – xaridor muayyan summadagi valyutani sotib olish yoki sotish huquqini oladi, sotuvchi xaridorning istagiga ko‘ra valyutani etkazib berishi yoki sotib olishi shart.
Optsion «Kol» – avvaldan kelishilgan narxda muayyan kunda yohud muayyan muddat davomida muayyan summadagi valyutani sotib olish huquqi.
Optsion «Put» – kelishilgan narxda, ijro etish kunida yoki muayyan davr mobaynida muayyan summadagi valyutani sotish huquqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |