Yevro hududi – Yevropa Ittifoqiga a’zo, yagona valyuta yevro muomalada bo‘lgan mamlakatlar hududi.
Yevropa valyuta tizimi – 1979 yilda asos solingan. Uning bosh maqsadlari — EIga a’zo mamlakatlar iqtisodiy hamkorligini kuchaytirish va ularni uchinchi mamlakatlarning beqarorlashtiruvchi ta’siridan muxofaza etish. Valyutalarning tebranish chegarasi + 2,25% darajasida belgilandi, 1993 yilda ular 15% gacha kengaytirildi.
Yevropa to‘lov ittifoqi – 1950 yilda 16 mamlakat tomonidan Yevropa valyutalarining erkin konvertatskyalanishi uchun ko‘ptomonlama to‘lovlar va asoslar tizimi yaratish maqsadida tashkil qilingan.
Yevropacha optsion – faqatgina belgilangan sanada ijro etilishi mumkin bo‘lgan optsion turi.
Jahon moliya bozori – mamlakatlar o‘rtasida kapital resurslarini jamlash va taqsimlashni ta’minlab beruvchi bozor munosabatlari yig‘indisi.
Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korporatsiyalar moliyasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko‘rsatadi hamda jahon moliya bozori o‘sishi sharoitini aniqlaydi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi – jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayoni.
Import – xorijdan mahsulot va xizmatlarning kelishi (shuningdek, kapitallar, texnologiyalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar). Ichki bozorda bu mamlakatlar tovarlarining sotilishi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR-IHTT) –dunyoning iqtisodiy munosabatlar va rivojlanish munosabatlariga kirishuvchi tashkiloti. U 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni muvofiqlashtirib turadi. Unga a’zo mamlakatlar 1997 yilda 29 tani tashkil etgan. (Tashkilotning so‘nggi a’zosi Koreya Respublikasi, 1996 yil, noyabr).
OESR hozirgi bosqichda EI ning integratsiyalashgan qo‘shilmasi turiga kirmaydi, ammo bu tashkilot unga a’zo bo‘lgan mamlakatlar tashqi iqtisodiy muammolari va ichki ijtimoiy taraqqiyoti massasalariga aralashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |