Ichki qiymat – Optsion narxini (rag‘batni) belgilovchi qiymat. Ichki qiymat joriy forvard kursi va ijro narxi o‘rtasidagi farqni ifodalaydi.
Islom taraqqiyot banki – 1975 yilda tashkil topgan bo‘lib, maqsadi a’zo-mamlakatlarning rivojlanish loyihalarini, tashqi savdoni kreditlash va savdo hamda sanoat kompaniyalari kapitallarini investitsiyalashdan iborat.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi – ishlab chiqarish omillarining erkin harakati ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika, valyuta-moliya sohalarida yagona siyosat amalga oshirilayotgan, umumiy valyutani muomalaga kiritgan mamlakatlar guruhi.
Kafolotli marja – pozitsiyani ochishda kafolat sifatida optsionlar birjasining kliring palatasiga kiritish lozim bo‘lgan summa.
Kapitallar va kreditlarning harakati balansi – tadbirkorlik bilan ssuda kapitalining harakati aks ettiriladi.
Kliring – tovarlar, qimmatbaho qog‘ozlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob – kitob qilish tizimi. Bu tizim o‘zaro talablar va majburiyatlarni bajarilishiga asoslangan. Aytish mumkinki, kliring rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlarida valyutani erkin konvertatsiya qilish borasida chegaralanishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kliring palatasi – muddatli birjadagi, xar bir bitim bo‘yicha sherik sifatida chiquvchi hisob-kitob palatasi. Birja savdosi ishtirokchilari kliring palatasiga sug‘urta garovlarini kiritadilar va har kuni ochiq pozitsiyalarini qayta narxlaydi.
Kompensatsion bitim – uzoq muddatli tashqi savdo kelishuvlari shakli xaridorga takdim etilgan maxsulot yoki ko‘rsatilish lozim bo‘lgan xizmatning to‘lov borasidagi engilligi. Tajribada ko‘rinishicha, tomonlarning aniq kelishuvlari so‘nggida ro‘yxatdagi tovarlarning soni va bahosi sifat darajalariga mos kelishi shart etib belgilangan.
Kon’yuktura – ayni paytdagi iqtisodiyotda kechayotgan qandaydir o‘zgarishlar va obyektiv ahvolning holati.
Konglomerat birlashishi – ishlab chiqarish yoki ta’minot munosabatlari bo‘yicha o‘zaro aloqador bo‘lmagan kompaniyalarning birlashish bo‘lib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniyaning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo‘shilishi sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |