Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet88/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Kotirovka valyutasi – savdo qilinayotgan valyutaning standart birliga narxini ko‘rsatadi.
Kredit – yevrobozordagi o‘rta va uzoq muddatli kreditlar. Ular bo‘yicha, suzuvchi foiz stavkalari belgilangan davr uchun qat’iylashtirib qo‘yiladi.
Kross-kurs – bir mamlakatning valyutasini ikkinchi bir mamlakat valyutasiga nisbatan USD orqali ifodalanadigan nisbati. Kross-kurs xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladi. Uni asosan yirik kompaniyalar va korporatsiyalar qo‘llaydi. Bu valyuta kursini aniqlashning real yo‘li hisoblanadi.
Kunlik limit – savdo-sotiq ishtirokchisiga kun davomida o‘ziga olishga ruxsat etilgan maksimal valyutaviy yoki foiz xatari.
Kredit diskriminatsiyasibu kredit olishda, undan foydalanishda yoki xalqaro kreditni to‘lashda ma’lum bir qarz oluvchilarga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi og‘ir va qiyin shartlarni qo‘yishdir.
Ko‘pmillatli korporatsiyalar – bosh kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, xorijiy bo‘limlari turli mamlakatlarda joylashgan korporatsiyalar.
Libor – «London banklararo depozitlar bozorida taklif (sotuvchi)ning stavkasi» tushunchasining qisqartmasi (abbreviaturasi), Londonning etakchi banklari har kuni teng darajadagi banklar uchun o‘z valyutaviy kredit stavkalarini ma’lum qiladilar.
Likvidlilik – foydalanishda (ixtiyorda) bo‘lgan naqd mablag‘lar va tezda pul mablag‘lariga aylanadigan aktivlar.
Limitlangan topshiriqnoma (cheklangan narxli e’lon) – bitim amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan topshiriqni maksimal yoki minimal kursda valyutani sotib olish yohud sotish uchun topshiriqnoma.
Lombard krediti – tijorat banklari Markaziy bankdan o‘zlarining portfelidan qimmatbaho qog‘ozlarni garovga qo‘yish orqali kredit olish - bu lombard krediti hisoblanadi.
Loro hisobvarag‘i – A bankning korrespondentlik hisobvarag‘i bo‘lib, B banki uni o‘z pozitsiyasidan yuritadi.
Markaziy Yevropa erkin savdo uyushmasi (MEESA) – 1993 yilda Vengriya, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Sloveniya tomonidan imzolangan erkin savdo uyushmasi.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling