Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet32/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Spot operatsiyasi, qoida bo‘yicha, bitim kunini hisobga olmagan holatda, ikki ish kuni davomida valyutani ayirboshlash bitimini bildiradi.
Shuni alohida qayd etib o‘tish lozimki, valyuta operatsiyalari ichida eng ko‘p qo‘llaniladigani spot operatsiyalaridir va ushbu bozorlarda tijorat banklarining ulushi sezilarli darajada. Tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining tarkibiga qaraladigan bo‘lsa, unda spot operatsiyalari hajmi jami valyuta operatsiyalarining 80 foiz miqdorini tashkil etadi.
Shuning bilan birga, spot operatsiyalari tijorat banklarining valyuta operatsiyalari ichida eng ko‘p riskka tortilgani bo‘lib hisoblanadi. Bunga asosiy sabab, spot operatsiyalarining qisqa muddatliligi va ularni sug‘urtalashning imkoniyatini yo‘qligidir. Shu sababli, tijorat banklariga valyuta pozitsiyalari bo‘yicha limitlar joriy etilgan.
Vakolatli banklarning ochiq valyuta pozitsiyasi yuritilishi haqidagi hisobotni tahlil qilishning zarurati Markaziy Bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli banklarning valyutaviy risklari kamaytirilishiga qaratilgan siyosati bilan izohlanadi.
Valyuta pozitsiyasiga limit har bir davlatning iqtisodiy holati va mamlakat moliyaviy tizimining o‘ziga xosligidan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Xorijiy valyutalar qator sabablarga ko‘ra spot shartlari asosida oldi-sotdi qilinadi. Xususan, import mahsulotlari, shuningdek chet el aktivlari (obligatsiya, ko‘chmas mulk va h.k.) uchun to‘lovlarni amalga oshirish, chet elga sayohat yoki xizmat safarlarini moliyaviy ta’minlash va boshq. Spot operatsiyalari orqali banklar o‘z mijozlarining xorijiy valyutadagi extiyojlarini qondiradi, arbitraj (spekulyativ) operatsiyalarni amalga oshiradi, xorijiy valyutadagi qisqa muddatli kapital harakatini yuzaga keltiradi.
Spot shartlari asosida valyutalar savdosida keng tarqalgan usullardan biri marja asosidagi savdo hisoblanadi. Spot bitimida marja boshlang‘ich kapital vazifasini bajarib, dilerlik yoki kliring, birja, savdo markazi uchun o‘tkaziladigan operatsiyalarga garov rolini bajaradi. Savdo tashkilotchisiga taqdim etilganidan so‘ng uni kredit “elkasi” yoki “richagi” orqali bir necha barobar (1:30, 1:40, 1:50 yoki 1:100 va h.k.)ga oshirgan holda valyutalar savdosini amalga oshirish mumkin. Natijada, qo‘yilgan summadan bir necha barobar katta mablag‘ bilan valyutalar oldi-sotdi operatsiyalari amalga oshirib, qo‘yilgan marjadan ko‘p bo‘lmagan zarar bilan katta miqdordagi foydani olish mumkin bo‘ladi. Kurslar o‘zgarishidan ko‘rilgan zarar hajmi birjaga ko‘yilgan marjadan chegirib (ayirib) olinadi, natijada garov ta’minotingiz kamayib boradi. Aksincha, spot bitimida valyuta kurslari tebranishidan foyda ola boshlasangiz, ular marja ustiga ko‘shilib boradi.

Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling