Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Rivojlanayotgan mamlakatlarning valyuta siyosati


Download 410.89 Kb.
bet46/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
ХВМ

4. Rivojlanayotgan mamlakatlarning valyuta siyosati

Rivojlanayotgan mamlakatlar valyuta siyosatining rivojlangan davlatlarga o‘xshash iqtisodiy va ma’muriy usullaridan foydalanadi. Biroq ushbu instrumentlarning ulardan foydalanish borasidagi o‘zaro nisbati va yosh davlatlar valyuta siyosatining maqsadlari hamda iqtisodiyotni muvofiqlashtirishdagi ularning ahamiyati bir-biridan sezilarli farq qiladi. Valyuta siyosatini amalga oshirishning asosiy yo‘naltirilganligi mamlakatning nisbatan rivojlangan davlatlarga bo‘lgan valyuta-iqtisodiy qaramliligini kuchsizlantirishga hamda milliy iqtisodiyot taraqqiy etishi uchun yoqimli shart-sharoitlarni yaratishga intilishdadir. Bular esa quyidagi aniq ko‘rinishlarda o‘z ifodasini topadi:


-yosh davlatlar valyutalarining hozirda tarqab ketgan valyuta zonalari (Buyuk Britaniya funt sterlingi, Portugaliya eskudosi va boshqalar)ga boshchilik qilgan rivojlangan davlatlar valyutalaridan ajratib olinishi. Ajrab chiqqan valyutalarning o‘rnini AQSh dollari egallardi. Biroq ayrim rivojlanayotgan davlatlar o‘z valyutalarini AQSh dollariga (dollarning 1971 va 1973 yillardan devalvatsiyasi oqibatida) biriktirilishidan voz kechgan edilar hamda o‘z valyutasi kursini turli valyuta savatlari bazasi asosida belgilashga o‘tdilar. Faqat Frantsiya franki zonasiga a’zo bo‘lmish 14 mamlakat (avval mavjud bo‘lgan barcha zonalardan saqlanib qolgan yagona zona) o‘z valyutalarini frankka bog‘lashni davom etmoqdalar;
-neft eksportyorlari bo‘lmish ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalarini xalqaro hisob-kitoblarga hisob-kitob vositasi sifatida kiritilishi (masalan, OPEKga a’zo-mamlakatlar tarafidan tashqi qarz oluvchilarga qarz berishda qarz olish valyutasi bo‘lib Quvayt dinori hisoblanadi);
-rivojlanayotgan mamlakatlar integratsion guruhlari, xususan neft eksportyorlari mamlakatlari doirasida hududiy hisob-kitob valyuta birliklarini paydo bo‘lishi (arab dinori, islom dinori, markaziy amerika pesosi, and pesosi va boshqalar);
-rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatish uchun valyuta va moliya-kredit tashkilotlari (banklar, fondlar)ni tuzilishi (Musulmon Taraqqiyot Banki va boshqalar).
Rivojlanayotgan har bir mamlakat iqtisodiy kon’yunkturani muvofiqlashtirish bilan bog‘langan o‘z valyuta siyosatini amalga oshirgani holda to‘lov balansi kamomidini tekislashga, tovarlar importini jilovlash hamda eksportini rag‘batlantirishga, milliy valyuta zahiralarni himoya qilishga intiladi. Buning uchun valyuta siyosatining quyidagi asosiy usullaridan foydalaniladi:
1) valyuta kursini qat’iy belgilangan, suzadigan, ko‘p xilli hamda devalvatsiya va kam holatlarda revalvatsiya kabi turli rejimlaridan foydalangan holda muvofiqlashtirish. Valyuta kurslarining ko‘p xilliligi amalda qo‘llaniladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalarining devalvatsiyasi ko‘p holatlarda noilojlikdandir. Xususan rivojlanayotgan mamlakatlarning valyutalari biriktirilgan etakchi-valyuta kursining pasayishi muayyan bir yosh mamlakat valyutasi kursining avtomatik tarzda pasayishiga olib keladi. Devalvatsiya haqidagi talab ko‘pchilik holatlarda XVFning barqarorlashtirish dustarida mavjud bo‘ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar valyutalarining devalvatsiyasi ushbu devalvatsiyani eksportga bo‘lgan ta’srini nuqtai nazaridan odatda kam samaralidir. Chunki eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kapital qo‘yilmalar zarurdir. Devalvatsiya chet el jixozlari hamda boshqa tovarlariga bog‘liqligi sababli importni jilovlay olmaydi. Shuningdek import qilinayotgan tovarlarga bo‘lgan baholarning devalvatsiya tufayli ko‘tarilishi inflyatsiyani kuchaytirib yuboradi. Bundan tashqari suzuvchi valyuta kursining keskin tebranishlari uning pasayishini to‘lov balansiga bo‘lgan ijobiy ta’sirini pasaytirib yuboradi;
2) to‘lov balansi joriy va moliyaviy operatsiyalari bo‘yicha valyuta cheklovlarining turli shakllari. Ulardan milliy iqtisodiyotni himoya qilish, to‘lov balansini (kapitallar oqib ketishini jilovlash, chetga qilinayotgan o‘tkazmalarni cheklash orqali) tekislash maqsadida faol foydalaniladi. Valyuta cheklovlari bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga u yoki bu darajada ko‘maklashadi, ayniqsa agarda ushbu iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa chora-tadbirlar, masalan savdo cheklovlari hamda foiz stavkalarini pasaytirish bilan birgalikda olib borilayotgan bo‘lsa. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarini qamrab oluvchi iqtisodiy hamda valyuta hududiy gruppirovkalari doirasida valyuta cheklovlari asosan bekor qilingan bo‘lsada, uchinchi davlatlarga nisbatan ular qo‘llaniladi;
3) davlatlararo to‘lov va kliring kelishuvlarini valyuta zahiralarini tejash maqsadida tuzilishi (Osiyo kliring ittifoqi, G‘arbiy Afrika kliring palatasi va boshqalar);
4) rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘z valyuta gruppirovkalari, to‘lov balansi kamomadini qoplash uchun mo‘ljallangan birgalikdagi valyuta fondlarini barpo etish orqali valyuta hamkorligi va integratsiyasini rivojlanishi. Iqtisodiy integratsiyaning tarkibiy qismi sifatidagi valyuta integratsiyasi quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:
-iqtisodiyotning turli jabhalaridagi integratsion jarayonlar normal rivojlanishining sharti bo‘lib hisoblanmish valyuta barqarorligini ta’minlash;
-ozodlikka erishgan mamlakatlarni rivojlangan davlatlarning iqtisodiyoti hamda valyuta bozoridagi salbiy jarayonlaridan ihota qilmoq.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda valyuta integratsiyasi odatda o‘zining boshlang‘ich bosqichida bo‘ladi hamda xali etilmagan shakllari bilan tavsiflanadi. XX asrning 90-yillarini o‘rtalarida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi ko‘pchilik davlatlarini o‘zaro birlashtirgan 30ga yaqin valyuta gruppirovkalari mavjud edi. Ushbu gruppirovklar doirasida turli kelishuvlar, shu jumladan valyuta kliringlari, to‘lov ittifoqlari, xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy subhududiy (Arab valyuta fondi, And zahira fond iva boshqa) tashkilotlarni barpo etish, valyuta siyosatini muvofiqlashtirish, axborotlar bilan almashish, statistikani takomillashtirish to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolangan. YuNKTAD (United Nations Conference on Trade and Development) BMT Bosh Assambleyasining organi himoyasida rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘p tarafli to‘lovlari va valyuta hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil qilingan.
Bir qator yosh davlatlar valyuta siyosatida ularning rivojlangan davlatlar boshchilik qilayotgan valyuta gruppirovkalaridagi ishtiroki alohida o‘rinni egallaydi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng 6ta valyuta gruppirovkasi amal qilgan, bular: sterling, dollar, Frantsiya franki, Portugaliya eskudosi, Ispaniya peseti va Gollandiya guldeni gruppirovkalaridir. Gruppirovkalar ichidagi o‘zaro munosabatlar etakchi bo‘lmish bir davlatning iqtisodiy hamda siyosiy asosda boshchilik qilishi va valyutasining hukmronligi negizida qurilgan.
Zamonaviy sharoitda mazkur gruppirovkalarning birortasi ham amal qilmaydi. Ulardan so‘nggisi o‘z ichiga 14 mamlakatni birlashtirgan frantsiya franki gruppirovkasi edi. O‘z vaqtida uning ichida 2 hududiy valyuta ittifoqi (o‘z ichiga Nigeriya, Sinegal, Togo va boshqalarni olgan G‘arbiy Afrika hamda Gabon, MAR, Chad, Kamerun va boshqalarni olgan Markaziy Afrika valyuta ittifoqlari) tuzilgan edi. Gruppirovka mexanizmi asosida Tropik Afrika mamlakatlari muomalasida bo‘lgan Afrika moliyaviy hamjamiyati frankini Frantsiya frankiga ayirboshlanishini qo‘llab-quvatlash yotadi. Ushbu maqsadda a’zo-mamlakatlar quyidagi shartlarni bajarishga majbur edilar:
- Frantsiya davlatiga emissiya ishini hamda pul muomalasi ustidan nazoratni ishonib topshirish;
- kapitallarni Frantsiyaga hamda ushbu hudud ishtirokchilari bo‘lmish davlatlarga erkin oqib o‘tishini ta’minlash;
- mahalliy frankning Frantsiya frankiga nisbatan qat’iy kursini qo‘llab-quvvatlab turish;
- valyuta zahiralarini Frantsiya franklarida saqlash;
- tushumni Frantsiya g‘aznaxonasi qoshidagi markazlashtirilgan fondga Frantsiya franklarida topshirish;
- valyuta operatsiyalarini Parij valyuta bozori orqali amalga oshirish.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning valyuta integratsiyasi jarayoni to‘siqlarga to‘qnashadi. Ushbu to‘siqlarga a’zo-mamlakatlarning o‘z suveren huquqlarini millatusti valyuta organlariga berishni xohlamasligi; mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajalaridagi hamda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘naltirilganligidagi farqlar oqibatidagi valyuta siyosatini muvofiqlashtirishning cheklangan imkoniyatlari; tashqi omillarning, ayniqsa jahon iqtisodiyotining tsiklli hamda tuzilmaviy inqirozlarining barqarorsizlikka olib keluvchi ta’siri. Rivojlanayotgan mamlakatlar milliy xo‘jaliklarining metropoliyaga orientatsiyasining uzoq davom etganligi munosabati bilan o‘zaro tarqoqligi, rivojlangan davlatlarning ularning iqtisodiyoti ustidan nazoratini saqlanib qolinganligi, milliy valyuta hamda moliya-kredit tizimlarini past darajada rivojlanganligi, xorijiy banklar va TMKlarga valyuta-kredit jihatidan qaramligi to‘siq bo‘lib hisoblanadi.



Download 410.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling