Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari


Download 410.89 Kb.
bet52/100
Sana23.04.2023
Hajmi410.89 Kb.
#1383139
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100
Bog'liq
ХВМ

Nazorat savollari



  1. Xalqaro valyuta munosabatlariga ta’rif bering?

  2. Xalqaro valyuta munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar nimalardan iborat?

  3. Xalqaro valyuta munosabatlari shakllanishi manbalarini ayting?

  4. Valyuta munosabatlarini tartibga solish deganda nimani tushunasiz?

  5. Xalqaro valyuta munosabatlarining funktsiyalari nimalardan iborat?

  6. Valyuta operatsiyalariga ta’rif bering?

  7. Joriy valyuta operatsiyalarining mohiyatini izohlang?

  8. Rezidentlar o‘rtasidagi hisob-kitoblarda chet el valyutasidan foydalanishga qanday holatlarda ruxsat beriladi?

  9. Joriy xalqaro operatsiyalarga nimalar kiradi?

  10. Spot (“Spot”) operatsiyasi va spot kursga ta’rif bering?

  11. Valyuta pozitsiyasi va uning turlariga ta’rif bering?

  12. Kross-kursning mohiyatini izohlang?


9-BOB: KAPITAL HARAKATI BILAN BOG‘LIQ VALYUTA OPERATSIYALARI



  • 1. Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi umumiy qoidalar.

  • 2. Kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari amalga oshirish.




  • 1. Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi umumiy qoidalar

2019 yil 22 oktyabrda O‘RQ-573-son bilan yangi tahrirda tasdiqlangan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” qonunining 16 moddasida “Kapital harakati operatsiyalari” keltirilgan. Xususan, Kapital harakati operatsiyalari jumlasiga joriy xalqaro operatsiyalar bo‘lmagan barcha xalqaro (transchegaraviy) valyuta operatsiyalari, shu jumladan quyidagilar kiradi:

  1. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish, jumladan rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish;

  2. Kreditlar (qarzlar) olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;

  3. Ko‘chmas mol-mulkni sotib olish va sotish;

  4. Chet davlatlardan mablag‘larni jalb etish hamda ularni chet davlatlardagi hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish;

  5. Intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan mutlaq huquqni to‘liq olish yoki sotish.

O‘zbekiston Respublikasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi diplomatik va boshqa vakolatxonalarining ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ko‘chmas mulk ob’ektlarini olish va qurish bo‘yicha kapital harakati operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarni norezidentlar tomonidan sotib olish tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 23 noyabr, 22/2-son qarori bilan “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 17 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2536) mamlakatimizda kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalari (keyingi o‘rinlarda valyuta operatsiyalari)ni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur tartibda, xorijdan mablag‘ jalb qilish deganda O‘zbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezidentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga ko‘ra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, jumladan, aktivlardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan holda jalb etilishi tushiniladi.
Tijorat banklari valyuta operatsiyalari hisobini yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomalar tashqi qarz hisobini yuritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatga olish tijorat banklari tomonidan mazkur shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabardor qilish tartibida Markaziy bankka taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank xabardor qilingandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomalar ro‘yxatga olingan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya va boshqa vakolatxonalari ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ko‘chmas mulk ob’ektlarini olish va ularni qurish bo‘yicha valyuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan ko‘chmas mulkni olish va sotish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qog‘ozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Quyidagi operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:

  • 10 000 AQSh dollari ekvivalentidan yuqori bo‘lgan summada chet elda investitsiya faoliyatini amalga oshirish - rezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisobvaraqlaridan chet eldagi korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish (yoki ulushli ishtirok etish), chet eldagi o‘z filiallarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish uchun chet elga mablag‘lar o‘tkazish;

  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan norezidentlarga kreditlar va pul, tovarlar (xizmatlar) ko‘rinishidagi qarzlar hamda lizing ob’ektlarini berish;

  • O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvaraqlardan mablag‘larni chet eldagi hisobvaraqlarga (omonatlarga) joylashtirish hamda ko‘chmas mulkni sotib olish uchun o‘tkazish.



1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling