Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
Spot kurs – oldindan kelishuv yoki kontrakt sifatida rasmiylashtirilmagan, valyuta operatsiyalarida qo‘llaniladigan (ishlatiladigan) oldi-sotdi valyuta almashuvi kursidir.16
“Spot” kursining kotirovkasi hozirgi daqiqaga beriladi, valyutaning o‘zi esa kechi bilan 2 bank ish kunidan so‘ng etkazilib beriladi. Bir qator holatlarda vaqt (soat) mintaqalaridagi vaqtning farqlanishi joriy konvertatsiyalash operatsiyalari «spotgacha», ya’ni butun (today yoki tod) yohud ertaga (tomorov yoki tom) sanasi bilan amalga oshirishga imkon beradi. Bunday bitimlar, misol uchun, rossiya rubliga nisbatan dollar bilan amalga oshiriladi. Ish kunlari shanba va yakshanbalarni, shuningdek valyutasida bitim amalga oshirilayotgan har qanday mamlakatning banki dam olish kunlarini o‘z ichiga olmaydi. Banklararo spot-kurslar bu — spot bitimlari uchun sotib olish va sotishning joriy narxlaridir. Butun dunyoda standartlashtirilgan uslubga ko‘ra har bir juft valyuta kotirovkalanadi. Shu bilan birga almashtirish kursi kotirovkalari ichki bozorda xalqaro foreks bozoridagidan farqlanishi mumkin. Xalqaro standartlar tashkiloti (International Standart Organization) har bir valyutani uchta harfdan tarkib topgan kod bilan belgilaydi. Dastlabki ikki xarf odatda mamlakat nomini, uchinchi harf esa valyutani ifodalaydi, shunday bo‘lsa-da, ayrim istisnolar ham mavjud. Bu kodlar SWIFT tizimi orqali o‘tuvchi banklararo xabarlarda, xalqaro banklar tomonidan qo‘llanadi va Xalqaro standartga aylangan. Misol:
Almashtirish kurslari asosan sotib olish kursi Bid va sotish kursi — Offer yoki Ask sifatida beriladi. Bid tomoni ko‘rsatgan kurs bo‘yicha narxni kotirovkalovchi (beruvchi) bank, ya’ni market – meyker mijozdan bazaviy valyutani sotib oladi, Offer tomoni esa market – meyker mijozga bazaviy valyutani sotadigan kursni ko‘rsatadi. Muammolarga duch kelmaslik uchun yodda tutish lozimki, agar market-meyker bazaviy valyutani sotib olsa (ya’ni, kotirovkalash valyutasini sotsa), bu holda mijoz shu kurs bo‘yicha bazaviy valyutani sotishi (ya’ni, bitim amalga oshirilishidagi kotirovka valyutasini sotib olishi) mumkin. Offer tomonida ham aynan shunday bo‘ladi. Nazarimizda, tushunish oson bo‘lish uchun bazaviy valyutani biron bir tovar sifatida ko‘rish maqsadga muvofiq: market-meyker doim tovarni imkon qadar arzon narxda sotib olishni, sotishda iloji boricha qimmatroq narxda sotishni mo‘ljallaydi. Qabul qilingan qoidaga binoan kotirovkalashda xarid kursi chapdan kotirovka qilinadi, sotish kursi esa o‘ngdan. Spred — sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi farq. U market-meykerning marjasini ifodalaydi. Kursning kuchli tebranishlari yuz bermaganligi sharti bilan spred market-meykerga daromad olish imkonini beradi. Spot (“spot”) operatsiyalarini amalga oshiradigan dilerlar valyuta mavqeini yuritadilar. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling