Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-BOB. OPTSION SHAKLIDAGI VALYUTA OPERATSIYALARI
- Optsion valyuta operatsiyasining mohiyati va turlari.
Nazorat savollari
Fyuchers bitimlarining mohiyati va ahamiyati. Marja tizimi nima va qanday tartibda amal qiladi? Moliyaviy fyucherslarning mohiyatini izohlang Fyuchers bozorining mohiyatini va uning iqtisodiyotdagi rolini ayting? Fyuchers shartnomalarining afzallik va kamchiliklari nimalarda namoyon bo‘ladi? 12-BOB. OPTSION SHAKLIDAGI VALYUTA OPERATSIYALARI Optsion valyuta operatsiyasining mohiyati va turlari. Optsion bahosini aniqlash. Optsionning afzallik va kamchiliklari. Optsion valyuta operatsiyasining mohiyati va turlari. Valyuta optsioni uning xaridoriga ma’lum bir huquqni beradi, ayni paytda, uning zimmasiga kelajakdagi ma’lum muddatda belgilangan narx bo‘yicha xorijiy valyutaning muayyan miqdorini xarid qilish yoki sotish majburiyatini yuklamaydi. Optsion – lotincha “optio” so‘zidan olingan bo‘lib, tanlov ma’nosini beradi. Optsion – bu, ma’lum bir aktivni shartnomada qayd etilgan bahoda, oldindan kelishilgan sanada yoki kelishilgan ma’lum bir davr ichida sotib olish yoxud sotish huquqini (sotib oluvchi optsioni uchun) boshqa shaxsga berilishi haqidagi ikki taraflama shartnomadir. Optsion shartnomasi bo‘yicha hamkorlar bo‘lib turli huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan uning sotib oluvchisi va sotuvchisi hisoblanadi. Optsion sotib oluvchisi optsion sotuvchisidan valyutaning ma’lum bir miqdorini o‘zaro kelishilgan kurs (ijro bahosi) asosida, belgilangan kunda yoki ma’lum bir davr ichida sotib olish yoki unga sotish huquqiga egadir. Optsion sotuvchisi sotib oluvchiga talab qilinayotgan valyutani o‘zaro kelishilgan shartlar asosida etkazib berishi yoki ularni undan qabul qilib olishi lozim. Ushbu majburiyatlarni o‘z zimmasiga olganligi uchun sotuvchi bitim tuzilganidan keyin 2 bank ishi kunidan so‘ng optsion sotib oluvchisidan mukofotni oladi. Optsionni sotuvchi xaridor oldida kelajakdagi muayyan muddatda qat’iy belgilangan narx bo‘yicha muayyan miqdordagi xorijiy valyutalarini xarid qilish va sotish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. Optsion xaridori (shuningdek, optsion egasi deb nomlanadi) ushbu operatsiyani amalga oshirish huquqini olish evaziga belgilangan miqdordagi pulni - vositachilik haqini to‘laydi. Optsion oldindan belgilangan muddatgacha kuchga ega bo‘ladi. Ushbu muddat ekspiratsiya sanasi deb ataladi.22 Valyuta optsioni sotib oluvchiga valyutani oldindan kelishilgan kurs asosida sotib olish yoki sotish huquqini (majburiyatini emas) taqdim etganligi uchun u, ushbu orqali quyidagi ikki masalani hal qiladi: -optsion, valyuta ayirboshlanishi paytidagi ehtimolli zararlardan kelishilgan eng kichik kurs orqali sotib oluvchini himoya qiladi; -optsion sotib oluvchisi valyuta kursining o‘ziga manfaatli bo‘lgan paytida o‘z huquqidan foydalanmaslik hamda to‘lov muddati kelganda valyutani erkin bozorda sotib olish yoki sotish imkoniga egadir. Shu sababli optsionni ko‘p holatlarda sug‘urta polisi bilan tenglashtirishadi. Sotib oluvchi tomonidan optsion valyuta bozoridagi vaziyat uning uchun faqat nomuvofiq holatda bo‘lgandagina ishlatiladi. Valyuta optsioni birinchi marta 1982 yili Filadelfiya birjasida amalga oshirilgan edi. Optsiondan investitsiya portfelining muhim elementi va sug‘urtalashning samarali usuli sifatida foydalanish uchun uning qanday ishlashini bilish lozim. Optsionlarning quyidagi ikkita asosiy turi mavjud23: “koll-optsion” yoki xarid qilish uchun optsion; “put-optsion” yoki sotish uchun optsion. Masalan, koll-optsionning xaridori 1 AQSh dollariga 10500 so‘m nisbatdagi kurs bo‘yicha 100 AQSh dollarini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Put-optsionning xaridori esa, xuddi o‘sha shartlarda oldindan belgilangan muddatda, masalan, joriy oyning 30 sanasiga qadar ushbu narxlar bo‘yicha AQSh dollarini sotish huquqiga ega. Optsionning sotuvchisi koll-optsion holatida optsionni bajarishi, ya’ni sotishi lozim. Put-optsion holatida esa, optsion xaridori buni talab qilsa, muayyan tovarni sotib olishi shart, “hisob-kitob” optsioni bajarilgan holda foyda (zararlar) pul shaklida hisoblanadi. Valyuta optsionlari valyuta riskini kamaytirish va oldini olish maqsadida foydalaniladi. Agar ayirboshlanish kursining yaxshi tomonga o‘zgarishi yuz bersa, optsion import qiluvchi (eksport qiluvchi) undan daromad olish imkoniyatini tug‘diradi (bunda u forvard valyuta bitimlaridan import qiluvchi(eksport qiluvchi)ning qat’iy belgilangan kursga bog‘lanib qolishining oldini oladi). Shuningdek, optsionlarning amerika va yevropa turlari mavjud. Amerika optsioni deb, odatda, optsionni harakat muddatini hohlagan vaqtida bajarilishiga aytiladi. Shuning uchun, optsionni harakat muddati uning birinchi va oxirgi hisob-kitob sanasi orasida o‘rnatiladi. Yevropa optsioni deb, odatda optsionning faqat hisob-kitobning ma’lum bir oxirgi aniq davrida bajarilishiga aytiladi. Optsion bitimi bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshirish uchun ikki ish kuni olinadi. Valyuta optsionlari turli moliya institutlarida rasmiylashtirilishi mumkin, xususan bankning mijozlari uchun yoziladigan – birjadan tashqari optsionlar va optsion birjalaridan sotib olish mumkin bo‘lgan – birja optsionlari. Birjadan tashqari optsionlar odatda bank tomonidan ishbilarmon mijozga yozilib, ularning eng asosiy kamchiligi - muomalasining yo‘qligi hisoblanadi. Mijoz optsionni bajarilish sanasigacha ushlab turishi yoki uni bajarishi, yoki uning muddatini o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yishi kerak. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling