Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sall option Rut option
Optsion bahosini aniqlash.
Optsion sotuvchisi valyutani sotishga (yoki sotib olishga) majbur, optsionni sotib oluvchi shaxs esa buni qilishi shart emas. Ya’ni, u valyutani sotib olishi yoki sotib olmasligi (sotishi yoki sotmasligi) mumkin. Demak, optsion sotib oluvchini almashuv kursini kelishilgan “strayk” bahodan yuqori yoqimsiz o‘zgarishidan himoya qiluvchi, valyuta xatarlarini sug‘urta qilish shaklidir. Agarda optsionning almashuv kursi “strayk” bahodan ortib unga yoqimli tarafga o‘zgarsa daromad olish imkonini beradi. Optsionning “strayk” bahoga nisbatan almashuv (joriy) kursining o‘sishi “apsayd” (inglizcha “upside” – yuqori tomoni) deb ataladi. Uning “strayk” bahoga nisbatan pasayishi esa “daunsayd” (inglizcha “downside” – pastki tomoni) deb ataladi. Optsionning 3 turi mavjud, ya’ni: 1. Sotib olishga optsion (“call option”) – bu optsionni sotib oluvchi shaxsni, valyuta kursining o‘sish xavfidan (yoki ma’lum bir sanaga hisob-kitob qilishdan) o‘zini himoya qilish maqsadida, mazkur valyutani sotib olish (yoki hisob-kitobni amalga oshirish) huquqidir (majburiyati emas). 2. Sotishga optsion (“put option”) – bu optsionni sotib olgan shaxsni, valyuta qadrsizlanishidan o‘zini himoya qilish maqsadida, shu optsionni sotishga (yoki ma’lum bir sanaga hisob-kitob qilish) xuquqini (majburiyatini emas) bildiradi.
Optsion stellaj (nemischa “stellage”) yoki (“put-call option”) – bu optsion egasiga valyutani bazis bahosi bo‘yicha sotib olish yoki sotish huquqini beradi (bir vaqtning o‘zida sotib olish va sotishni emas). Optsionda uning muddati ko‘rsatiladi. Optsion bahosi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi: joriy valyuta kursi (spot); bozorning o‘zgaruvchanligi; ekspiratsiyagacha bo‘lgan muddatning uzunligi; o‘rtacha bank foiz stavkasi; talab va taklif munosabati. Optsion bahosi ikki tuzilmadan tashkil topgan: ichki (haqiqiy) qiymat; tashqi (vaqtinchalik) qiymat. Optsionning muddati - bu sana yoki ma’lum bir davr bo‘lib, sana yoki davr muhlati o‘tib ketsa, mazkur optsionni ishlatib bo‘lmaydi. Optsion o‘z kursiga ega. Optsion kursi – bu uning strayk bahosidir (inglizcha “strike price”). Bu valyutani sotib olish (“put”) yoki sotish (“call”) mumkin bo‘lgan, ya’ni optsion aktivi bahosidir. Optsionni sotib oluvchi shaxs optsionni sotuvchi yoki uni yozib bergan shaxsga mukofot deb atalmish vositachilik haqini to‘laydi. Mukofot bu, optsionning bahosidir. Optsionni sotib oluvchi shaxsning xatari shu mukofot miqdori bilan cheklanadi, o‘z navbatida optsionni sotuvchi shaxsning xatari esa olingan mukofot miqdoriga kamayadi. Mukofotni sotib oluvchi kotirovka valyutasida to‘laydi. Mukofotning hisob-kitobi uchun turli formulalardan foydalaniladi. Ulardan eng mashhuri Black-Scholes formulasidir, uni XX-asrning 70-yillarida AQShlik Black va Scholes taklif qilishgan. Valyuta optsionlari uchun Black-Scholes formulasining modifikatsiyasi bo‘lmish Garman & Kohlhangen modeli ataylab ishlab chiqilgan. Optsion mukofotining katta-kichikligi quyidagi ikki komponentdan tashkil topadi: ichki qiymat va davriy qiymatdan. Ichki qiymat (boshqacha nomi ichki qimmatligi) – bu, optsion egasini uni sotishdan olgan to‘liq daromadi. Optsion mukofotining pastki chegarasi ichki qiymatga tengdir. Chunki sotuvchi optsionning strayk bahosi va joriy bahosi (“spot” kurs) sifatidagi farqdan kichik bo‘lgan mukofotga rozi bo‘lmaydi. Misol. “Spot” kurs 1 AQSh dollari 10500 so‘mni tashkil etadi. Optsiondagi sotib olish “strayk” bahosi 10000 so‘m. Optsion egasi AQSh dollarlarini 1 AQSh dollari 10000 so‘m bahoda sotib olishi va 1 AQSh dollari 10500 so‘m bahoda sotishi mumkin. Bunda optsionning ichki qiymati 500 so‘mni tashkil etadi. “Ichki qiymat” tushunchasidan kelib chiqqan holda optsionlar quyidagilarga farqlanadi24: 1.“Puldagi optsionlar” (inglizcha “in the money option”). 2.“Pulni oldidagi optsionlar” (inglizcha “at the money option”). 3.“Pulsiz optsionlar” (inglizcha “out of the money option”). Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling