Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Ochiq valyuta pozitsiyasini hisoblash tartibi va unga qo’yilgan limitlar
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
2. Ochiq valyuta pozitsiyasini hisoblash tartibi va unga qo’yilgan limitlar
Quyidagilar ochiq valyuta pozitsiyasi o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi operatsiyalar hisoblanadi: chet el valyutasini sotib olish va sotish; chet el valyutasidagi daromadlarni hisoblash; chet el valyutasidagi xarajatlarni hisoblash; hisob-kitoblarni amalga oshirish usuli va shaklidan qat’iy nazar chet el valyutasidagi hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalari (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish natijasida chet el valyutasida yuzaga keluvchi talab va majburiyatlar; chet el valyutasida amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalar (chet el valyutasida xarid qilingan aktivlar hamda valyuta qimmatliklari bilan bog‘liq boshqa bitimlar, basharti ushbu bitimlar shartlariga muvofiq u yoki bu ko‘rinishda chet el valyutasi ayirboshlanishi (konversiyasi) ko‘zda tutilgan bo‘lsa). Ochiq valyuta pozitsiyasi hisob-kitobi har bir chet el valyutasi uchun har bir operatsiya kuni yakuni bo‘yicha hisobot sanasidagi Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasi kursining milliy valyutadagi ekvivalentida amalga oshiriladi. Ochiq valyuta pozitsiyasini hisoblashda bankning chet el valyutasidagi majburiyatlari miqdori uning chet el valyutasidagi talablari miqdori bilan taqqoslanadi. Bunda qisqa valyuta pozitsiyasi “-” belgisi bilan, uzun valyuta pozitsiyasi “+” belgisi bilan ko‘rsatiladi. Ochiq valyuta pozitsiyasining haqiqatdagi jami miqdori barcha qisqa va uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdorlarini alohida hisoblashda hamda barcha ochiq valyuta pozitsiyalarini hisoblashda aniqlanadi. Milliy valyutadagi balanslashtiruvchi pozitsiyani hisoblash uchun jami uzun valyuta pozitsiyalarining milliy valyutadagi haqiqatdagi qiymati va jami qisqa valyuta pozitsiyalarining milliy valyutadagi haqiqatdagi qiymati o‘rtasidagi farq olinadi. Jami uzun pozitsiya yig‘indisi (shu jumladan, milliy valyutadagi balanslashtiruvchi pozitsiya, agar u uzun pozitsiya bo‘lsa) va jami qisqa pozitsiya yig‘indisi (shu jumladan, milliy valyutadagi balanslashtiruvchi pozitsiya, agar u qisqa pozitsiya bo‘lsa) o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Ochiq valyuta pozitsiyasi hisob-kitobida bankning chet el valyutasidagi talab va majburiyatlari miqdori “Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari” hamda “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvaraqlaridagi qoldiq asosida aniqlanadi. Ushbu hisobvaraqlarda valyuta oldi-sotdisi va boshqa valyuta qimmatliklari bilan bog‘liq operatsiyalarga oid bitimlarda, shu jumladan bitim shartlariga ko‘ra, u yoki bu shaklda chet el valyutasini ayirboshlash (konversiya) nazarda tutilgan operatsiyalardagi miqdor hisobi yuritiladi. Ochiq valyuta pozitsiyasi chet el valyutasini sotib olish yoki sotishga doir bitimlar tuzilgan sanada, shuningdek chet el valyutasidagi foiz daromadlari (xarajatlar) hisoblangan va chet el valyutasidagi boshqa daromadlar (xarajatlar) hisobvaraqqa kiritilgan (hisobdan chiqarilgan) sanada yuzaga keladi. Masalan, bank tomonidan 1.6540 kursi bo‘yicha shveytsariya franklariga 1 mln. dollar sotib olinsa 1 mln. USD summaga uzun pozitsiya va 1.654000 CHF summaga qisqa pozitsiya hosil bo‘ladi. Bu pozitsiyalar quyidagi qaydlar ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. + 1,000,000 USD - 1,654,000 CHF Shu tarzda bir valyutaga nisbatan boshqasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha bitim tuzilganda bir vaqtning o‘zida shu ikki valyuta bo‘yicha pozitsiyalar o‘zgaradi. Pozitsiyani yopish uchun uzun pozitsiyada sotish va qisqa pozitsiyada sotib olish zarur. Ochiq valyuta mavqeini hisob-kitobi bo’yicha namunaviy misol. 1. Bankning bankning regulyativ kapitali: 30 000 000 (ming so’mda) 2. Xorijiy valyutalar bo’yicha valyuta mavqei (nominal bo’yicha ming birlikda):
Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling