Toshkent moliya instituti n. X. Jumayev, J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonov xalqaro valyuta munosabatlari
Download 410.89 Kb.
|
ХВМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk Britaniya funt sterlingi
- Valyutalar turi Oldi-sotdi bo‘yicha operatsiyalar Muddatli operatsiyalar
- Netto-valyuta mavqelarining jami summasi
- Valyuta mavqelarining jami summasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan elon qilingan valyuta kurslari:
Ochiq valyuta mavqelarining jami summasi (uzun/qisqa valyuta mavqelarning jami summasi) 3538,5 ga teng bo‘lgan. Jami ochiq valyuta mavqei limiti hisob-kitobi:
Alohida bir valyuta bo‘yicha ochiq valyuta mavqei limiti hisob-kitobi: a) AQSh dollari
a) Yevro
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan xulosa qilib, quyidagalarni qayd etish mumkin: valyutadagi uzun pozitsiya bu – shunday vaziyatki, bunda bank odatda valyutani keyinchalik qimmatroq (foyda olib) sotish maqsadida shu valyutadagi joriy majburiyatlaridan ko‘ra ko‘proq sotib oladi (ya’ni, valyutaning xaridi majburiyatlardan ortiq bo‘ladi); valyutadagi qisqa pozitsiya bu — shunday vaziyatki, bunda bank odatda valyutani keyinroq, zarur bo‘lib qolganda sotib olish uchun o‘zida mavjud bo‘lmagan valyutani sotadi (ya’ni, valyutaning sotilishi xariddan ortiq bo‘ladi). Agar bank olibsotarlik (chayqovchilik) uchun qisqa pozitsiyani egallab tursa, bu uning shu valyuta kursi tushishinn kutayotganini anglatadi; bankning uzun pozitsiyasi ham, qisqa pozitsiyasi ham bo‘lmasa (ya’ni valyutani sotib olish xaridga teng) pozitsiya yopiq hisoblanadi. Banklarning milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan qiymati o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan valyuta tavakkalchiligini cheklash maqsadida Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan banklar uchun ochiq valyuta pozitsiyasining quyidagilar bo‘yicha limitlari belgilanadi: har bir turdagi chet el valyutasi; ochiq valyuta pozitsiyalarining jami miqdori; qisqa valyuta pozitsiyalari jami miqdori; uzun valyuta pozitsiyalari jami miqdori. Belgilangan limitlardan oshgan ochiq valyuta pozitsiyalarining keyingi operatsiya kuniga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ochiq valyuta pozitsiyalari belgilangan limitlardan oshgan taqdirda, bank tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalarini o‘rnatilgan limitlargacha qisqartirish maqsadida joriy operatsiya kuni yakuniga qadar tegishli balanslashtiruvchi operatsiyalarni amalga oshirishi lozim. Banklar tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etilishi nazorati har bir operatsiya kuni yakuni bo‘yicha konsolidatsiyalashgan tartibda amalga oshiriladi. Banklar o‘z filiallari uchun ochiq valyuta pozitsiyalari limitlarini mazkur Qoidalarga muvofiq mustaqil tarzda belgilaydi va bu haqda ularni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi. Limitlarni filiallar o‘rtasida operatsiya kuni davomida qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yiladi. Banklarning ochiq valyuta pozitsiyalari ustidan nazorat Markaziy bank tomonidan quyidagilar asosida amalga oshiriladi: har bir bank ish kuni uchun taqdim etiladigan ochiq valyuta pozitsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan inspeksiya (tekshirish) natijasida olingan ma’lumotlar; banklar hisobvaraqlarining kunlik monitoringi. Bank ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etmagan taqdirda, Markaziy bankka uning sabablari hamda ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan bank tomonidan ko‘rilgan choralarga oid izohni taqdim etishi shart. Ochiq valyuta pozitsiyasi holati to‘g‘risidagi hisobot bank tomonidan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladi. Hisobotda quyidagilar aks ettirilishi lozim: har bir turdagi chet el valyutasi bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha chet el valyutasining milliy valyutadagi ekvivalenti asosida shakllantirilgan ochiq valyuta pozitsiyalari (uzun yoki qisqa) va mazkur pozitsiyalarning bank regulyativ kapitaliga foiz nisbati; tegishli balanslashtiruvchi operatsiyalarni amalga oshirish natijasida balanslashgan valyuta pozitsiyasi (milliy valyutada); barcha ochiq valyuta pozitsiyalari yig‘indisi va uning bank regulyativ kapitaliga foiz nisbati. Nazorat savollari Valyuta pozitsiyasi nima? Ochiq valyuta pozitsiyasining mohiyatini izohlang. Uzun va qisqa valyuta pozitsiyalarining mohiyatini izohlang. Bankning chet el valyutasidagi talablari va majburiyatlari nimalardan iborat? Ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga izoh bering. Ochiq valyuta pozitsiyasi o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi operatsiyalar nimalardan iborat? ADABIYOTLAR RO‘YXATI Bobaqulov T.I., Abdullaev O‘.A. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari. Darslik. Iqtisod-moliya. 2019. – 324 b. Krasavina L.N. Mejdunarodnie valyutnie, kreditnie i finansovie otnosheniya. Uchebnik M.: Yurayt. 2016. — 543 s. Moiseev S.R. Tsentralniy bank i politika valyutnogo kursa. Uchebnoe posobie. – M.: Delo, 2017. – 624 s. Eskindarov M., Zvonova E. Mejdunarodnie valyutnie otnosheniya. Uchebnik. – M.: KnoRus, 2020. – 542 s. Eskindarov M., Zvonova E. Mejdunarodniy kredit. Uchebnik. – M.: KnoRus, 2019. – 430 s. Eskindarov M., Zvonova E. Mirovie finansi. Uchebnik. – M.: KnoRus, 2019. – 424 s. Frederic S. Mishkin., Stanley G. Eakins. Financial markets and institutions. Pearson. – 9th ed. 2018. – 808 p. Paul R. Krugman. Maurice Obstfeld, Marc Melitz. International economics:theory & policy/Paul R. Krugman, Maurice Obstfeld, Marc J. Melitz. – 9th ed. Textbook. 2018. – 782 p. Lavrushin O.I., Dengi, kredit i banki -M.: Knorus , 2016-448 s. Xasbulatov R.I. Mejdunarodnie finansi. Uchebnik. / R.I. Xasbulatov. – M.: Izdatelstvo Yurayt, 2014. – 567 s. Download 410.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling