Vositalashgan kafolatlar – kafolat beruvchi o‘ziga xos tarzda vositachilik vazifasini o‘taydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi.
Valyuta kurslari mexanizmi – milliy valyutaning yevroga nisbatan asosiy paritetini tartibga solish mexanizmi bo‘lib, valyutalar kursi paritetdan 15%gacha farqlanishi mumkin.
Devalvatsiya – bu milliy valyuta kursining chet el valyuta kursiga nisbatan rasman qonuniy asosda pasaytirilishi.
Deviz siyosati – bu davlat organlarining chet el valyutalarini sotish yoki sotib olish orqali milliy valyuta kursiga ta’sir etish siyosatiga aytiladi.
Devizlar – banklarning xorijda joylashtirilgan xorijiy valyutadagi aktivlari, shuningdek chet elda to‘lanishi lozim bo‘lgan xorijiy valyutadagi cheklar va veksellar.
Demping – savdo siyosatining moliyaviy metodi bo‘lib, tovarni tashqi bozorga mamlakatda mavjud normal bahoga qaraganda past baholarda eksportga chiqarish.
Derivativlar – biron-bir moliyaviy dastakning hosilaviy shakli hisoblanadi.
Deflyatsiya – iqtisodiyotda baholar umumiy darajasining pasayishi.
Diskont stavkasi – uchyot stavkasi, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga ularning ixtiyoridagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
Diskont siyosati – Markaziy bankning uchyot stavkasini o‘zgartirish yo‘li bilan milliy valyuta kursiga va to‘lov balansining holatiga ta’sir etish siyosatidir.
Yevrobozor – savdo-sotiqlar o‘tkazilgan mamlakat valyutasidan boshqa valyutalarda aks etgan depozitlar va kreditlar bilan savdo qilinadigan xalqaro pul bozorlari va kapitallar bozorlari uchun umumiy tushuncha.
Yevropa valyuta kelishuvi – 1958 yilda imzolangan kelishuv bo‘lib, ishtirokchi mamlakatlar valyutalari bir-biriga va dollarga ayirboshlangan. Kurs tebranishlari chegarasi + 0,75% darajasida o‘rnatildi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) – 1991 yilda tashkil etilgan. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o‘tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |