Valyuta bozorlari – bu talab va taklif asosida turli xil valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalar – tashqi savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va kreditlarning davlatlararo harakati va chet el valyutasini oldi-sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari hisoblanadi.
Valyuta interventsiyasi – Markaziy bank tomonidan milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida chet el valyutani sotish va sotib olish operatsiyalaridir.
Valyuta kursi – mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan bahosi.
Valyuta munosabatlari – valyutaning jahon oborotidagi harakati natijasida vujudga keladigan pul munosabatidir.
Valyuta operatsiyalari – chet el valyutalari va valyutaviy qimmatliklarga mulk huquqining almashinishi bilan bog‘liq operatsiyalarga aytiladi.
Valyuta rezervlarini diversifikatsiya qilish – bir vaqtning o‘zida bir necha etakchi erkin almashinadigan valyutalarda chet el valyuta zahiralarini tashkil qilish.
Valyuta riski – valyuta kurslarining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan zarar ko‘rish xavfi tushuniladi.
Valyuta siyosati – bu xalqaro valyuta munosabatlari sohasida amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir.
Valyuta tizimi – valyuta munosabatini tashkil qilishning davlat huquqi shakli.
Valyutaning kurs rejimi – birinchidan, agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida aniqlansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimi deb ataladi.
Valyutaviy inqiroz – xalqaro valyuta munosabatlarida yuzaga keladigan keskin ziddiyatlarga aytiladi.
Vekselli kredit – eksportyor tovarni sotish haqida bitim tuzib, o‘tkazma veksel (tratta)ni importyorga jo‘natadi, importyor tijorat hujjatlarini olib aktseptlaydi, ya’ni unda ko‘rsatilgan muddatda to‘lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |