Odamlar oʻrtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida gʻayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish, oʻzini oʻzi mukammallashtirish, oʻzini oʻzi roʻyobga chiqarish, oʻzinioʻzi boshqarish, oʻzini oʻzi baholash, oʻziga oʻzi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun, ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish boʻlgʻusi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu oʻzini oʻzi ortiqcha yoki past baholash tufayli oʻziga va uni qurshab turgan odamlarga notoʻgʻri munosabatdir. Biroq, buning oldini olish imkoniyatlari mavjud boʻlib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi: - hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari oʻrtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
- muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
- insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari toʻgʻrisidagi axborotni egallashga oid maxsus mashgʻulotlarni uyushtirish.
- shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga moʻljallangan ishbilarmonlik oʻyinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
Muloqot
funksiyalari
ko`rsatma
integrallashuv
ma`lumot berish
baholash
o`qitish
ta`sir ko`rsatish
imidj yaratish
ishchilarni xabardor qilish
boshqalar
Muloqot va uning turlari Muloqot va uning turlari - Har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda boʻladi. Agar, rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa (masalan, rahbarning oʻz qoʻl ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo,) norasmiy muloqot – bu odamning Shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni oʻsha suhbatdoshlarning fikr-oʻylari, niyat-maqsadlari hamda emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, doʻstlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yoʻlovchilar suhbati, tanaffus vaqti talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos boʻlgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida koʻproq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq koʻngilligi, suhbatlashish yoʻllarini bilishi, til topishish qobiliyati, oʻzgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir koʻrsatadi.
- Faktlar, gʻoyalar, fikrlar, hissiyot va aloqalarning almashinuv jarayonidir. Kommunikatsiya yakka shaxslar va tashkilotlarning mohiyat va tushunchalarini bir-birlari bilan boʻlishish vositasidir. Insoniyatning toʻsiqlar va chegaralar osha aloqa qilish qobiliyati insoniyat rivojiga hissa qoʻshgan. Dunyo bo‘ylab tez va samarali aloqa qilish qobiliyati dunyoni toraytirdi va «globalizatsiya»ni haqiqatga aylantirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |