1. Koʻrsatma uchun: koʻrsatma berish funksiyasi oʻzgarmas boʻladi va muhimi buyurish xususiyati bilan shugʻullanadi. Ozmi-koʻpmi buyurish xususiyatidadir. Bu bilan aloqa qiluvchi keyingi darajadagi shaxsga muayyan vazifalarni bajarishiga imkoniyat yaratish uchun kerakli koʻrsatmalarni va yoʻriqlarni berishi tushuniladi. Bunda koʻrsatmalar, asosan, yuqori darajadan quyi darajaga beriladi. - 1. Koʻrsatma uchun: koʻrsatma berish funksiyasi oʻzgarmas boʻladi va muhimi buyurish xususiyati bilan shugʻullanadi. Ozmi-koʻpmi buyurish xususiyatidadir. Bu bilan aloqa qiluvchi keyingi darajadagi shaxsga muayyan vazifalarni bajarishiga imkoniyat yaratish uchun kerakli koʻrsatmalarni va yoʻriqlarni berishi tushuniladi. Bunda koʻrsatmalar, asosan, yuqori darajadan quyi darajaga beriladi.
- 2. Integrallashish uchun: bu jamlovchi funksiya boʻlib, unda integrallashuv faoliyatlari sinaladi. Integrallashuv funksiyasi, asosan, biznes tashkilotlarining turli xil funksiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishdir. U turli boshqaruv funksiyalarining birlashuviga yordam beradi.
- 3. Ma’lumot berish uchun: tashkilotdagi muloqot funksiyalari yoki shaxs va guruhning muayyan vazifasi yoki kompaniya siyosati(tartib –qoidalari), yo boʻlmasa, jarayonlari haqida ma’lumot berishdir. Yuqori darajadagi boshqaruv a’zolari quyi darajaga oʻrta daraja vakillari orqali siyosat (tartib-qoidalari) yetkazadilar. Oʻz navbatida, quyi daraja munosabatlarini oʻrta daraja vakillari orqali yetkazadilar. Ma’lumot tashkilotda vertikal, gorizontal va diagonal tarzda yoyilishi mumkin. Muloqotning asosiy maqsadi ma’lumotga ega boʻlish yoki boshqalarga xabar berishdir.
- 4. Baholash uchun: faoliyatlarning tekshiruvida vazifalarning bajarilish qiymatini belgilash fikrni shakllantirish muloqot orqali erishiladi. Muloqot shaxs yoki jamoaning tashkilotga qoʻshgan hissasini baholash vositasidir. Oʻzining qoʻshgan hissasini, boshqa birovning ishlab chiqarish unumdorligini yo boʻlmasa, ba’zi gʻoyaviy rejasini baholash samarali muloqot jarayonini talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |