Rasmiy muloqotning salbiy jihatlari: Muloqot menejerlar orqali olib borilganligi tufayli turli xil menejerlar ish yuklamasi oshiriladi. Quyiroq darajada ijrochilar va ishchilar oʻrtasidagi muloqot bo‘shligini kyengaytiradi. Bu vaqtni behuda sarflaydi, chunki, ma’muriyatning skalyar zanjiriga rioya qiladi. Muloqot bir ma’muriyat darajasidan boshqasiga ko‘chishi tufayli juda koʻp vaqtni oladi.
Norasmiy muloqot rasmiy uslub bilan teng ravishda har bir tashkilotning muloqot uslubi mavjud boʻlib, u ingliz tilida «grapevine», greypvayn (tok novdasi) deb ataladi, chunki, u barcha yo‘nalishlarda harakat qiladi – gorizontal, vertikal, diagonal. Norasmiy muomalaga shaxslar oʻrtasidagi oʽzaro munosabatlarga asoslangan muomalani koʻrsatish mumkin.
Norasmiy muomalaning oliy formasi sevgi va doʻstlikdir. Muomalada norasmiylikka intilish insonlarga xos boʻlgan xislatdir. Kishilar bilan norasmiy muomala qilish qobiliyati quyidagilarga bogʻliq: — shaxsiy xislatlarga (muomalaga intilish, ishonch, tortinmaslik va boshqalar); — muomalaga ustalik (aloqa oʻrnata bilish,quloq solish, suhbatdoshni tinglash,suhbatni boshlash, davom ettirish va yakunlash, suhbatdoshni tushuna bilish, uning xislatlarini, oʽziga xos xususiyatlarini koʻra bilish, vaziyatni yumshata bilish va boshqalar); — muomala odobini, nazokatini saqlay bilish. Muloqot toʻsiqlari Muloqot toʻsiqlari 1. Vositaning noto‘gʻri tanlanishi. Har bir muloqot mos vosita orqali yetkazilishi shart. Mos boʻlmagan vosita muloqotning eng katta toʻsiqlaridan biridir. Misollar: muloqot katta tashkilotda sodir boʻlganda va boʻlim va boʻlinmalar bir-biridan uzoq joylashganda. Agar, boshqaruvchi boshqalar bilan maxfiy masala boʻyicha muloqot qilishni xohlasa, boshqa muloqot vositasidan koʻra ular yozma muloqotni tanlashadi. Shunday kilib, vositachi puxta tanlangan boʻlishi kerak. Noto‘gʻri va mos boʻlmagan vositachi muloqot to‘siqlariga sabab boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |