Toshkent moliya instituti pul va banklar fanidan mustaqil ish
Download 76.17 Kb.
|
Pul nazariyalariga klassik va zamonaviy yondashuv (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37.3. Pulning funksiyalari. “Pul, kredit va banklar” fanining predmeti va vazifalari.
- Tayanch iboralar : qiymat, maxsulot, tovar, ekvivalent, munosabat, xususiyatlar . 37.1.Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari.
3-Моdul. Kreditning
37- MAVZU. PULNING PAYDO BO‘LISHI, ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI 37.1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari. 37.2. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari. 37.3. Pulning funksiyalari. “Pul, kredit va banklar” fanining predmeti va vazifalari. 37.4. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli. 37.5. Pulning o‘ziga hos xususiyatlari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari. 37.6. Kredit pullari va ularning turlari. Tayanch iboralar: qiymat, maxsulot, tovar, ekvivalent, munosabat, xususiyatlar. 37.1.Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari. Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyusiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari, funksiyalari, Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi. SHuningdek, pul to‘g‘risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga kelish shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g‘oyalari, kamchiliklari haqida o‘rganadi. Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. SHuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan. Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan. Inflyasiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimiy va iqtisodiy oqibatlari, inflyasiya to‘g‘risida nazariyalar hamda pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari yoritilgan. SHuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari, tamoyillari, xarakterli belgilari, xususiyatli tomonlari yoritilgan. Kreditning iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni ochib berilgan. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, shakllari va turkumlanishi, kreditning bahosi va unga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berilgan. SHuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy bank va uning funksiyalari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, ularni mustaqilligi keng yoritib berilgan. Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni tashkil etish va iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan.SHuning bilan birga nobank kredit tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari,vazifalar ularni tartibga solish masalalari hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar ochib berilgan. SHuningdek, halqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy valyuta tizimi va turlari, vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. SHuning bilan birga, halqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari bajaradigan operatsiyalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini o‘z ichiga olgan. Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: 1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi. 2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi; 3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi;
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Download 76.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling