Toshkent moliya instituti pul va banklar fanidan mustaqil ish


Download 76.17 Kb.
bet8/8
Sana27.10.2023
Hajmi76.17 Kb.
#1727982
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul nazariyalariga klassik va zamonaviy yondashuv (1)

Ochiq inflyatsiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi 
bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e’tirof etiladi va 
uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora – tadbirlar amalga 
oshiriladi. 
Yopiq inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy ravishda 
pasaytirib ko‘rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq 
inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyatsiya darajasi haqida aniq 
ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi.
Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga 
nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosi 
ortib ketadi.
Taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan 
samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar 
va xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan 
tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi. 
Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab 
chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini 
pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini ta’minlaydi. Natijada, ishlab 
chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar 
hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida, 
ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi. 
Download 76.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling