Toshkent moliya instituti pul va banklar fanidan mustaqil ish
-Моdul. Kreditning umumiy asoslari
Download 76.17 Kb.
|
Pul nazariyalariga klassik va zamonaviy yondashuv (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 37.3. Pulning funksiyalari. “Pul, kredit va banklar” fanining predmeti va vazifalari.
- Tayanch iboralar : qiymat, maxsulot, tovar, ekvivalent, munosabat, xususiyatlar . 37.1.Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari.
3-Моdul. Kreditning umumiy asoslari
37- MAVZU. PULNING PAYDO BO‘LISHI, ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI 37.1. Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari. 37.2. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari. 37.3. Pulning funksiyalari. “Pul, kredit va banklar” fanining predmeti va vazifalari. 37.4. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli. 37.5. Pulning o‘ziga hos xususiyatlari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari. 37.6. Kredit pullari va ularning turlari. Tayanch iboralar: qiymat, maxsulot, tovar, ekvivalent, munosabat, xususiyatlar. 37.1.Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari. Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va turlarining evolyusiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari, funksiyalari, Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi. SHuningdek, pul to‘g‘risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga kelish shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g‘oyalari, kamchiliklari haqida o‘rganadi. Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. SHuning bilan birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan. Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng yoritilgan. Inflyasiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimiy va iqtisodiy oqibatlari, inflyasiya to‘g‘risida nazariyalar hamda pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari yoritilgan. SHuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari, tamoyillari, xarakterli belgilari, xususiyatli tomonlari yoritilgan. Kreditning iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni ochib berilgan. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga kelish sabablari. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, shakllari va turkumlanishi, kreditning bahosi va unga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berilgan. SHuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy bank va uning funksiyalari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, ularni mustaqilligi keng yoritib berilgan. Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni tashkil etish va iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan.SHuning bilan birga nobank kredit tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari,vazifalar ularni tartibga solish masalalari hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar ochib berilgan. SHuningdek, halqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy valyuta tizimi va turlari, vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. SHuning bilan birga, halqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari bajaradigan operatsiyalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini o‘z ichiga olgan. Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: 1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi. 2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi; 3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi;
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. SHuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. 4. Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi frantsuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836), shuningdek frantsuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi. D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi. Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi funktsiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi. Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan bo‘lib: – birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaktsion variant” ta’limoti; – ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” kontseptsiyasi ta’limoti hisoblanadi. Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini asoslab berdi. M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – o‘rtacha tortilgan baho; Q – tovarlar hajmi; M1 – bank depozitlari summasi; V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi. Tovarlar uchun to‘lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi. MV=PQ Fisher chap va o‘ng tomoni bir – biriga to‘g‘ri proportsional bo‘lgan funktsional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi R muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri proportsional va tovarlar miqdori Q teskari proportsionaldir degan fikrga keldi. Fisherning funktsional bog‘liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o‘zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda pul muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o‘zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqiega egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko‘rsatadi. Miqdoriy pul nazariyasining “tranzaktsion varianti” ta’limoti asoschilari, monetaristlar M.Fridman, K.Brunner, A.Melttserlar hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglik “nisbiy” baholarning o‘zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. Monetaristlar ushbu tenglikning o‘zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan bog‘laydilar, shuningdek M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklarning tranzaktsion hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar va muddatli depozitlar) qoldiq mablag‘larni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi. Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni kiritishdi. Xususan: – birinchidan, ular pul massasi va bahoning o‘zaro bir – biriga to‘g‘ri proportsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta’siri haqidagi ta’limotni yoqladilar; – ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e’tirof etadilar, biroq bunga jiddiy e’tibor qaratishmaydi; – uchinchidan, ular I.Fisherning tovarlar hajmining o‘zgarmas sharoitida muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini inkor etadilar; to‘rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlarni aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul – kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi. Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher ta’limotidan farqli o‘laroq, odamlarning qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos bo‘luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi. Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Sub’ektlar bitimlarni amalga oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisherning pulga bo‘lgan talab bitimlar hajmiga bog‘liq va pulning bitimlarni amalga oshirishi uchun talabi nominal YaIMga proportsional ekanligi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shiladilar. Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bo‘lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog‘liq degan fikrni ilgari suradi. Boyliklarning oshishi bilan sub’ektlarda ularni har xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug‘iladi. Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo‘lgan talab nominal YaIMga proportsional degan xulosaga kelishdi va pulga bo‘lgan talab funktsiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda etishdi. M d =K*RY Ularning modeliga ko‘ra iste’molchilar qo‘llarida qancha pul bo‘lishi kerakligini o‘zlari hal qiladi. Bu esa K – (proportsionallik koeffitsienti)ning qisqa muddatlar ichida tebranishlarda bo‘lishini ko‘zda tutadi. Vaholanki, pullardan boyliklarni saqlash usuli sifatida foydalanish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish, boshqa aktivlardan kutiladigan daromadlarga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, boshqa aktivlardagi xususiyatlarning o‘zgarishi K ning ham o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan farq I. Fisherning Kembrij maktabi vakillari fikrlaridan farqni anglatadi. Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so‘nggi vakillaridan bo‘lib, ularning fikrlarini rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi asosan XX asrning 30 – yillarida yaxlit g‘oyaviy oqim sifatida to‘liq shakllandi. Uning asoschisi XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk Britaniyalik olim J. M. Keyns edi. M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan kontseptsiya formulasi I.Fishernikidan ko‘rinishi nuqtai nazardan farq qilib, mohiyatan pul massasi va baho o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslab berishga qaratilgan: M=KRU bu yerda M – pul miqdori; K–pul zaxirasining daromadga nisbati; R–baho indeksi; U–o‘zgarmas baholardagi milliy daromad. Monetaristlarning miqdoriy pul nazariyasini aks ettiruvchi zamonaviy tengligidan shunday xulosa qilish mumkinki, pul massasining o‘zgarishi tenglikning o‘ng tomonida uchta holatning biriga ta’sir qiladi, ya’ni baholarning oshishiga (R), real milliy daromadning ortishiga (U), pul zaxirasini daromadga nisbatan koeffitsientini o‘zgarishiga olib keladi. Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, uning vakillari sifatida A.Marshal, D.Robertson va D.Patinkinlarni keltirish mumkin. I.Fisherning miqdoriy pul nazariyasi haqida shakllantirgan “tranzaktsion varianti”da pul asosan muomala vositasi va to‘lov vositasi funktsiyalarini bajarishini e’tirof etgan bo‘lsa, A.Pigu miqdoriy pul nazariyasida pulni jamg‘arma vositasi funktsiyasi vazifasini ham bajarishini ta’kidlab, unga alohida ahamiyat qaratadi. Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy pul nazariyasi borasidagi ta’limotlarida I.Fisherning pul nazariyasi xususidagi ta’limotidan farqli yana bir kontseptsiyani ilgari suradilar. Agar, I.Fisher iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini uning taklifini tahlil qilish asosida aniqlagan bo‘lsa, Kembrij maktabi vakillari iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan kelib chiqib unga bo‘lgan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi ta’limotni ilgari suradi. Shuningdek, agar I.Fisher pulning hajmini muomalada bo‘lgan miqdoriga qarab va ular doimiy ravishda muomalada ishtirok etishini e’tirof etgan bo‘lsa, Kembrij maktabi vakillari muomalaga chiqarilgan pullarning barchasi doimiy ravishda muomalada ishtirok etmasligi, ular “kassa qoldig‘i” sifatida aholining qo‘lida, bank va korxona hisobvaraqlarida ma’lum muddatga saqlanib qolishi mumkinligi xususidagi ta’limotni asoslab berishadi. I.Fisher jami ijtimoiy kapitalni va bahoning darajasini umumiy yaxlitlikda tahlil qilish asosida tegishli xulosalarni shakllantirgan bo‘lsa, A.Pigu asosiy e’tiborni kapitalning individual harakati va ularning sohiblariga qaratadi. A.Pigu miqdoriy pul nazariyasining “kassa qoldig‘i” haqidagi ta’limotni ilgari surganda uning tarkibiga muomaladagi naqd pulsiz va joriy hisobvaraqlardagi qoldiq summalarni, ya’ni pul miqdorini aniqlashda aholining qo‘lidagi naqd pul qoldiqlari va korxona –tashkilotlarning banklardagi hisobvaraqlarini qoldiqlarini ham inobatga oladi. E’tirof etish lozimki, A.Piguning pul nazariyasi haqidagi yondoshuvlari I.Fishernikidan farq qilsada, mohiyatan miqdoriy pul nazariyasi doirasidan chiqib ketolmagan edi, pul va baho o‘rtasidagi to‘g‘ridan – to‘g‘ri aloqa saqlanib qolgan edi. Buni A.Pigu tomonidan yaratilgan M =RPQ yoki P=M/Q tengligida ham kuzatish mumkin, chunki bu I.Fisherning “ayirboshlashni tenglashtirish” kontseptsiyasiga yaqin bo‘lib, unda: M – pul massasi; P – baho darajasi; Q – tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi); V – jismoniy va yuridik shaxslarning pul ko‘rinishida saqlashi mumkin bo‘lgan daromadlar. I.Fisher va A.Piguning tengliklari o‘rtasidagi farq, Fisherda pul birligining aylanish tezligi V foydalaniladi, ikkinchi koeffitsient K, Vga teskari ko‘rsatkich bo‘lib, agar Piguning tengligidagi K almashtirilsa Fisherning formulasi kelib chiqadi. 5. Pul islohotlari - milliy valyutani mustahkamlash, pul birligini barqarorlashtirish va pul muomalasini tartibga solish maqsadida davlat tomonidan mamlakat pul tizimini toʻliq yoki qisman qayta tashkil etish. Pul islohotlari qogʻoz pul belgilarining hammasi yoki bir qismi qadrsizlanganda va ularning hajmi koʻpayib, yangisi (qogʻoz yoki metall) bilan almashtirish lozim boʻlganda, pulning oltin qiymati yoki valyuta kursi oʻzgarganda, pul tizimiga oʻzgartish kiritish zarur boʻlganda oʻtkaziladi. Pul islohotlari mamlakatdagi iqtisodiy holatga, pulning qadr-sizlanish darajasiga va davlatning siyosatiga bogʻliq holda turli usullar-da: ortiqcha qogʻoz pullarni yoʻq qilish yoʻli bilan pul hajmini kamaytirish (deflyasiya); eski pul belgilarini yoʻq qilib, yangi qogʻoz pul belgilarini zarur miqdorda chikarish (nullifikatsiya); eski pul belgilarini yirikroq yangi pul belgilariga almashtirish (denominatsiya); pul birligi yoki qogʻoz pul birligi kursining metall qiymati va chet el valyutasiga nisbatan kursini pasaytirish (devalvatsiya); pul birligidagi metall qiymati yoki qogʻoz pul kursini tashki davlatlar valyutasiga nisbatan oshirish (revalvatsiya) va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Sobiq Ittifoq (Rossiya)da 1922—23 yillarda eski 1 mln. rubl yangi 1 rublga, Germaniyada Birinchi jahon urushi va undan soʻnggi davrlarda pulning haddan tashqari qadrsizlanishi natijasida 1924-yilgi Pul islohotlari davrida yangi 1 marka eski 1 trln. markaga, Gretsiyada 1944-yil noyabr da 50 mlrd. draxma yangi 1 draxmaga almashtirilgan edi. Ikkinchi jahon urushi yakunlanishi arafasida va undan keyin bir qator xorijiy davlatlarda Pul islohotlari (Belgiya — 1944-yil, Fransiya, Daniya, Gollandiya va Norvegiya — 1945-yil, Yaponiya — 1946-yil, Avstriya — 1947-yil) amalga oshirildi. Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim Pul islohotlari Amir Temur hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan oʻsha davrgacha muomalada boʻlgan mayda mis tangalar oʻrniga sifat va hajm jihatdan bir necha marta ortiq boʻlgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila boshlagan. Amir Temur tasarrufida bir necha zarbxonalar boʻlganligi va ularda zarb etilgan tangalar Yevropada ham mashhur boʻlganligi haqida koʻp maʼlumotlar bor. Birgina Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Amir Temurning nomi bitilgan 120 turdan ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulugʻbek tomonidan 1428-yil amalga oshirilgan Pul islohotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning muomalada boʻlishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Ter-mizda yangi tangalar zarb etila boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan keyin, fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib, qolganlari yopilgan. Shayboniylar davrida ham tangalar zarb kilishda yangilik kiritilgan. Ol-dingi xukmdorlar tomonidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar ustiga yangi tamgʻalar zarb qilinib, muomalaga chiqarilgan. Bu davrda, asosan, dinor nomi bilan yuritilgan juda koʻp miqdordagi mis tangalar va vazni 3 g boʻlgan kumush tangalar muomalada boʻlgan. 19-asrning boshlaridan Buxoro amirligida vazni 4,5 g lik "tillo" nomi (oltin) bilan tangalar zarb etilgan. Kumushdan ishlangan tanga deb ataluvchi pul birliklari 1920-yilga qadar muomalada yurgan. Buxoro amirligida 1918-yildan boshlab muomalaga nominali 20, 60, 100, 200, 300, 500, 1000, 2000, 3000, 5000 va 10000 tangalik qogʻoz pullar chiqarilgan. 1921-yilda Buxoro Xalq banki muomalaga yangi, nominali rublda koʻrsatilgan qogʻoz pullarni chiqara boshladi. Bu pullar 3000, 10000 va 20000 rubl nominaliga ega boʻlgan. 1922-yilda Buxoro Xalq banki tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pulning nominali yuzlab marta kamay-tirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarildi. Ammo koʻp oʻtmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul belgilari bozor ehtiyojlarini qondira olmadi va 1000, 2500, 5000 rubllik pullar bosib chiqarildi. 1920—21 yillarda Xorazm Sovet Xalq Respubli-kasi (XSXR) tomonidan muomalaga 250, 500, 750, 1000, 2000, 5000 va 10000 rubl nominalida ipakdan qoʻlda toʻqilgan maxsus pul belgilari chikarilgan. Ushbu pullar XSXR tugatilganga qadar, yaʼni 1924-yilgacha muomalada boʻlgan. Yuqori inflyasiya natijasida 1922 — 23 yillarda XSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, eski pullarning ustiga ularning yangi no-minalini koʻrsatuvchi tamgalar bosilgan. 1921—22 va undan keyingi yillarda Pul islohotlarini oʻtkazishga qaratilgan qator tadbirlar Turkiston ASSRda amalga oshirildi. 1923—24 yillarda Buxoro va Xorazm Xalq Respublikalarining pul belgilari RSFSR pul belgilari (rubl chervon) bilan almashtiriddi. Fuqarolar urushi davrida Turkiston frontlar halqasi ichida qolganda Toshkentda Turkiston ASSRning puli — turkbonlar chiqarilgan. Keyinchalik 1921-yil 1-yanvar dan boshlab Turkistonda 3 oy davomida Pul islohotlari oʻtkazilib, turkbon RSFSR pul birligiga 10:1 nisbatda almashtirildi. 1947-yilda sobiqSSSRda Pul islohotlari oʻtkazildi, mahsulotlarni taqsimlashda kartochka tizimi tugatildi va davlat kooperativ chakana savdosi nar-xida yagona tartib oʻrnatildi. Muomaladagi hamma pul belgilari 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirildi. 1950-yilga kelib oltin tovar za-xirasining koʻpayishi, chet el valyutasiga nisbatan pul kursining oshishi, narxlar masshtabi oʻzgarishi 1961-yilda muomaladagi pul belgilarini 10:1 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishiga olib keldi. Oʻzbekiston Davlat mustaqilligiga erishgach, Rossiya oʻz milliy valyutasini chiqargunga qadar boshqa sobiq It-tifoq respublikalari singari vaqtincha rubl zonasida qoldi va mamlakatda amalda boʻlgan iqtisodiy shart-sharoitlarni hisobga olib, oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishni ikki bosqichda amalga oshirdi. Bi-rinchi bosqich: 1993-yilning 15-noyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va aholi daromadlarining oʻz vaqtida toʻlanishini, respublika ichki isteʼmol bozorini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov vositasi sifatida 1961—92 yillardagi rubl banknotlari va Rossiya bankining 1993-yildagi rubli bilan parallel ravishda 1:1 nisbatda oraliq valyuta sifatida "soʻmkupon" muomalaga kiritildi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 soʻmkupon qogʻoz pullarni chiqardi. Ikkinchi bosqich: 1994-yil 1-iyulidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi soʻm 1 soʻm = 1000 soʻmkupon nisbati bilan muomalaga kiritildi. Markaziy bank muomalaga qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 soʻm boʻlgan bank qogʻoz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin boʻlgan metall tangalar chiqardi. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy valyutasini muomalaga kiritishi, ikki bosqichli bank tizimi va musta-qil pul tizimi tashkil etilishi pul-kredit siyosatinp erkin yuritish im-konini berdi. Hisobkitoblarni yengillashtirish maqsadida 1997-yildan boshlab muomalaga 200 soʻmlik, 1999-yildan 500 soʻmlik va 2001-yildan 1000 soʻmlik bank qogʻoz pullari (banknotlar) muomalaga chiqarildi. Pul nazariyalari - pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo’lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pul-tovar munosabatlari xo’jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi. Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosobat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo’lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Ilk tarihiy pul nazariyalari sifatida nominallik va metallik nazariyalarini keltirishi mumkin. Kapitalizm taraqqiyoti bilan birga bu nazariyalar ham o’zgarib yangi, miqdoriy nazariyaning paydo bo’lishiga asos bo’ldi. Yoozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosobatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari ham mavjud. Ammo eng asosiy pul nazariyalari sifatida metall, nominal va miqdoriy pul nazariyalari tadqiqot qilib kelinmoqda. Pul nazariyalarining kelib chiqishiga asosiy sabab ishlab chiqarishning taraqqiy etishi va pul muomalasining taraqqiyotdan ma’lum darajada oqsashini oldini olish va uni rivojlantirish masalasi hisoblanadi. Qo’l mehnatidan manifakturaga, manifakturadan sanoat ishlab chiqarishiga o’tilishi bilan xalq xo’jaligida mehnatning integratsiyalashuvi ham kuchaya bordi. Buning natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar orasidagi pullik munosabatlar ham murakkablasha boradi. Feodalizmgacha bo’lgan naqd pullik munosobatlar bu davr talablariga javob bera olmay qoldi. Buni biz Evropadagi XV asrdagi «pul ocharchiligidan» dan ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu davrdan boshlab pul nazariyalari to’g’risidagi ilk fikrlar yuzaga keldi. Bu nazariyalarning o’sha davrdagi muammolarini echishdagi roli beqiyos bo’ldi. Ilk bor vujudga kelgan pul nazariyalari 71 bu metallik va nominallik pul nazariyalari hisoblanadi. Quyida biz pul nazariyalarning ba’zi birlariga qisqacha ta’rif berib o’tamiz Pulning metallik nazariyasi kapitalning dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o’ynadi. Bu nazariyalar o’sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullari tarfdori bo’lib chiqdilar. Bu nazariya o’sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U.Stefford (1554-1612y.) edi. U o’z qarashlarini o’zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T.Men (1571-1641y.), D.Nors (1641-1691y.), Frantsiyada bu ta’limotni A.Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F.Tamani (1728- 1787y.) va boshqalar rivojlantirdi. Ularning fikricha barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a’zolarining jamg’arishga bo’lgan intilishi iqtisodchilarning boylikning manbaini o’rganishlariga sabab bo’ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e’tirof etishlaricha aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta’milaydi. Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari qo’yidagilardan iborat edi: ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar; 7. Miqdoriy pul nazariyasida pulning sotib olish qobiliyati va baho darajasi muomaladagi pul miqdori bilan belgilanadi. Miqdoriy pul nazariyasining asoschisi frantsuz iqtisodchisi J.Boden (1530 – 1596) hisoblanadi. Keyinchalik ushbu nazariyani ingliz iqtisodchilari D.Yum (1711 – 1776) va Dj.Mil (1773 – 1836), shuningdek frantsuz Sh.Monteske (1689 – 1755) rivojlantirdi. D.Yum Angliyaga XVI – XVII asrlarda Amerikadan katta hajmda nodir metallarning kiritilishi natijasida baholarni ortib ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini ilgari suradi. Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash jarayonida uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir. Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi kabi funktsiyalarini e’tibordan chetda qoldirishadi. Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel, B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan. Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan bo‘lib: – birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaktsion variant” ta’limoti; – ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” kontseptsiyasi ta’limoti hisoblanadi. Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi I.Fisher (1867 – 1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog‘liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat bo‘lishini asoslab berdi. M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – o‘rtacha tortilgan baho; Q – tovarlar hajmi; M1 – bank depozitlari summasi; V1 – depozit – cheklarning aylanish tezligi. Tovarlar uchun to‘lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi. MV=PQ Fisher chap va o‘ng tomoni bir – biriga to‘g‘ri proportsional bo‘lgan funktsional tenglikka asoslangan holda, tovarlarning bahosi R muomaladagi pul miqdoriga to‘g‘ridan – to‘g‘ri proportsional va tovarlar miqdori Q teskari proportsionaldir degan fikrga keldi. Fisherning funktsional bog‘liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning o‘zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o‘zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga ta’sir ko‘rsatadi hamda pul muomalasi va bahoning shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o‘zgarib turadi. Masalan, ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqiega egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko‘rsatadi. Download 76.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling