Toshkent moliya instituti pul va banklar fanidan mustaqil ish
Pul tizimining uchinchi bosqichi
Download 76.17 Kb.
|
Pul nazariyalariga klassik va zamonaviy yondashuv (1)
Pul tizimining uchinchi bosqichi1994 iyuldan to hozirgi kungacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122 – moddasi va «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi qonunning 11 – moddasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952 – XI – sonli qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan milliy valyuta «So‘m» muomalaga kiritildi. Bank muassasalari tomonidan 1994 yil 1 iyul holatiga ko‘ra mulkchilik shaklidan qat’i nazar, respublika hududida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslarning hisob – kitob va joriy hisobvaraqlaridagi barcha pul mablag‘larini, shuningdek, inventarlash va buxgalterlik hisobi ma’lumotlari asosida 1000 so‘m – kupon – 1 so‘m nisbatida barcha asosiy va aylanma fondlarning balans qiymati, boshqa moddiy boyliklar, debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari, byudjetga qarzdorlik hamda bank balansi aktiv va passivlarining barcha qolgan moddalari, respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari qoldiqlari, shuningdek, tashkil topish 21
manbalaridan qat’i nazar, byudjetdan tashqari fondlarning mablag‘lari to‘lig‘icha qayta hisoblandi. Aholiga pulli to‘lovlar sifatida banklardan yangi pul belgilarini berish hamda hamda so‘m – kuponlarni bir oy mobaynida chakana savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi orqali va omonatlarga jalb etib muomaladan chiqarildi. Shu bois, 1994 yil iyul oyi davomida respublika hududida milliy valyuta «so‘m» va “so‘m – kupon”lar parallel ravishda muomalada bo‘ldi. Shu tarzda mamlakatimiz pul tizimining asosi bo‘lib hisoblanadigan milliy valyuta barcha hisob – kitoblar va to‘lovlar bo‘yicha yagona to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi. Bu o‘z navbatida, Markaziy bank va tijorat banklariga pul tizimini nafaqat siyosiy jihatdan, balki iqtisodiy jihatdan ham to‘liq mustaqil boshqarish imkoniyatini vujudga keltirdi. Bozor qitisodiyoti sharoitida mamlakat pul tizimi elementlari muhim ahamiyat kasb etadi, pul tizimi elementlarining to‘liq amal qilishi va barqarorligi milliy iqtisodiyotining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston pul tizimining elementlari mamlakatimiz 1991 yilda mustaqillikka erishgandan boshlab tashkil topa boshladi. U o‘z ichiga quyidagilarni oladi. – pul birligi «so‘m» bo‘lib, 1 so‘m 100 tiyindan iborat; – baho masshtabi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif asosida belgilanadi; – muomalada qog‘oz va tanga pullar to‘lov vositasini bajaradi. Qog‘oz pullar 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000 so‘m qiymatdagi banknotlardan, tanga pullar 1, 3, 10, 50 tiyin, 10, 25, 50 va 100 so‘mdan iborat; – banknot va tangalarni emissiya qilish va muomaladan qaytarib olish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan bo‘lib, muomaladagi barcha pullar uning majburiyati hisoblanadi; – Markaziy bank pul – kredit siyosati instrumentlari asosida mamlakatda pul muomalasini tartibga soladi; – mamlakatda pul aylanmasi va naqd pulsiz hisob – kitob shaklidan iborat bo‘lib, pul aylanishi tarkibida asosiy ulush naqd pulsiz hisob – kitoblar hissasiga to‘g‘ri keladi. Markaziy bank pul muomalasi aylanmasini tashkil etadi va hisob – kitoblarningshakllarini belgilaydi. Download 76.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling