Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

u qaerda turibdi va nimalarga sarf qilinishini bilishni istaydi. Xuddi shuning 
uchun ham Xitoy kriptovalyuta birjalarini yopayapti. Kriptovalyutalar qanchalik 
ko’p bo’lsa, davlat shunchalik faolroq uni nazorat qilishni xoxlaydi. Xozircha 
kriptovalyutalar yangilik bo’lgani uchun davlat undan foydalanishga chidab 
turibdi, ammo undan biror kimsa yoki tashkilot zarar ko’rgani aniqlansa yoki 
kimdir undan noqonuniy amallar uchun foydalansa, davlat shu zahoti uni yopib 
qo’yadi”. Masalan, 2015 yilda Rossiya moliya vazirligi “pul surrogati” 
chiqarganlar va uni sotishga uringanlarni yetti yilgacha qamoq jazosi bilan 
jazolashni taklif qildi. Pul surrogati termini kriptovalyutalarga ham tegishlidir. 
Quyida mamlakatlar miqyosida bitkoin tizimi elementlari (tarmoq 
ishtirokchilari) soni keltirilgan (2017 yil sentyabr xolati) 
1. AQSH 
2567 
(27,58%) 
2. Germaniya 
1688 
(18,13%) 
3. Frantsiya 
657 (7,06%) 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
4. Xitoy 
558 (5,99%) 
5. Niderlandiya 
445 (4,78%) 
6. Kanada 
378 (4,06%) 
7. Noma’lum mamlakatlarda 
332 (3,57%) 
8. Angliya 
322 (3,46%) 
9. Rossiya 
305 (3,28%) 
10. Singapur 
210 (2,26%) 
Bular bitnodesning 14 sentyabr 2017 yilgi ma’lumotlari edi. 
 
Rossiya davlat banki kriptovalyutalarni raqamli mahsulot deb tan olgan 
xolda uni ham soliqqa tortish kerakligini bildirdi. Ammo kriptovalyutalar oltin 
zahiralari bilan ta’minlanmaganligi tufayli, ularni ko’plab miqyosda chiqarish 
valyuta bozoriga parokandalik olib kelishi mumkin. Insonlar pul o’rniga 
kriptovalyutyalarni ommaviy ishlata boshlashsa, u asta-sekin pulnini o’rnini 
egallab olishi mumkin. Rossiyadagi va dunyoning bir qancha mamlakatlaridagi 
huquq-tartibot organlari ko’pchilik kriptovalyuta birjalariga internet orqali kirishni 
yopib qo’yayaptilar – ularning fikrlaricha, raqamli valyutalarning anonimlilik 
xususiyati tufayli “kriptovalyutalar narkotik moddalar, qurol-yaroq, qalbaki 
xujjatlar savdosida va boshqa turdagi noqonuniy jinoyat ishlarida qo’llanilishi 
mumkin”. Ya’ni, nazorat qilib bo’lmaydigan trahschegaraviy kriptooperatsiyalar 
terrorizmni moliyalashtirish uchun hizmat qiladi. Ammo, kriptovalyutalar to’liq 
anonym emasligi g’arb davlatlaridagi politsiya hizmatlari va maxsus hizmatlar 
amaliyotidan allaqachon ma’lum bo’lgan, chuni ular bitkoin-hamyonlar egalarini 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
mahsus dasturiy ta’minot yordamida bemalol aniqlay oladilar. Masalan, 2017 yil 
boshida Daniya politsiyasi internet orqali narkotik moddalar zakaz qilgan va unga 
bitkoinlar yordamida pul to’lagan shaxsni aniqladi. Uning qancha pulga narkotik 
moddalar zakaz qilganini aniqlagan xolda bu shaxsni sakkiz yilga qamoq jazosiga 
xukm qilindi (Berlingske nashriyotidan). Bu operatsiyani amalga oshirish uchun 
Chainanalysis deb nomlangan amerika kompaniyasining shu nomdagi analitik 
dasturidan foydalanildi. Ushbu dasturni Daniyalik Yan Moller ishlab chiqqanligi 
aniqlandi. Lekin bu huquq-tartibot organlari tomonidan bitkoin-hamyonning egasi 
aniqlangan (deanonimizatsiya) birinchi xodisa emas. Shuni ham ta’kidlash kerakki, 
bitkoin yaratuvchining kimligi xaligacha ma’lum emas, bu esa bundan eng avval 
kim foyda olgan va uning (yoki ularning) maqsadlari nima bo’lganini aniqlashga 
imkon bermaydi. Xuddi shuning uchun ham Chronopay kompaniyasining R&D-
bo’limi boshlig’i Dmitriy Artimovich quyidagi fikrni bildiradi: “Bitkoin uni dollar 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling