Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Vontobel banki ham bitkoinlar uchun mini-f’yucherslar chiqara boshladi. 
Yaponiyada esa bitkoin rasmiy to’lov instrumenti sifatida tan olindi. Xindistonda 
ham kriptovalyutalar boshqaruvi bo’yicha qonunlar ishlab chiqish jarayoni amalga 
oshmoqda. AQSH bitkoinni birja mahsuloti deb tan olgan va Evropa mamlakatlari 
ham kriptovalyutani boshqarish bo’yicha tartibotlarni amalga kiritdilar. Kanada va 
Lotin Amerikasida ham bu xolatlar kuzatilayapti. Bularning barchasi bitkoinning
jahon miqyosida tan olinayotganligini anglatadi. Bitkoinlarni ishlatish ruhsat 
etilmagan davlatlar junlasiga Bangladesh, Boliviya, Ekvador, V’etnam va 
Qirg’izistonni kiritish mumkin. Ammo Saxo Bank ning valyuta strategi Djon 
Xardining fikricha, Rossiya va Xitoyning ruxsat berilmagan kriptovalyutalarga 
ta’qiq qo’yishi natijasida 2018-19 yillarda bitkoinning narxi ancha tushib ketishi 
mumkin. Natijada uning narxi 2019 yillarga kelib 1000 dollar atrofida 
stabillashadi. Xozirgi davrda nafaqat investorlar, balki boshqa soha mutaxassislari 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
ham kriptovalyutalar bozoriga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Masalan, 
TechCrunch ning habar berishicha, xakerlar NiceHash kriptobirjasini buzib, 
undan 60 milliondan ko’proq dollar mablag’ni o’girlashga erishdilar. Natijada 5 
mingdan ortiq bitkoin yo’qolishi kuzatildi. Belorussiya davlati “Raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish” deb nomlangan dekret kuchga kirgandan so’ng, milliy 
darajada smart-kontraktlarni legallashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’ldi. 
Bu haqda Belorussiya Yuqori texnologiyalar parki saytida habar berilgan. Ushbu 
texnopark tokenlar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha loyihalarni 
hayotga tadbiq qilish uchun mo’ljallangan tajriba maydoni hisoblanadi. Mamlakat 
prezidentining bildirishicha, dekret respublikada information texnologiyalari, 
kriptovalyutalarni 
va 
blokcheyn 
texnologiyasini 
rivojlantirishga 
hamda 
mamlakatga transmilliy IT-kompaniyalar kelishiga qulay imkoniyatlar yaratadi. 
Uning aytishicha “Yangi dekret ICO larni, kriptovalyutalarni va smart-
kontraktlarni (blokcheyn texnologiyasi asosida kontraktlar tuzish va uni bardavom 
etishga mo’ljallangan komp’yuter dasturi) qonuniylashtiradi”. Dekret tokenlar 
yaratish, ularni almashtirish, saqlash, joylashtirish, sotib olish hamda kriptobirjalar 
va kriptovalyutalar platformalari faoliyatiga doir hech qanday chegaralashlar va 
mahsus talablarni nazarda tutmaydi. Yuqori texnologiyalar parkining bildirishicha 
Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mayning faoliyati, tokenlarni 
sotish, almashtirish hamda joylashtirish tadbirkorlik faoliyati deb hisoblanmaydi 
va tokenlar deklaratsiya qilinmaydi. Mayning faoliyati, tokenlarni yaratish, sotish 
va sotib olish esa 2023 yilgacha soliqqa tortilmaydi”. Ammo bu ish Belorussiyada 
elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi, chunki mayning juda ham 
katta elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatda nisbatan 
arzon elektr energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom elektr stantsiyalari 
qurilmoqda va yana yangilarini qurish rejalashtirilmoqda (Buni Rossiyaning 
“Atomstroyeksport” tashkiloti amalga oshirmoqda. Natijada 2019-2020 yillarga 
kelib atigi ikkita energoblok mamlakatga 2Gvt arzon atom elektr energiyasi ishlab 
chiqarib beradi). Rossiya prezidenti ham 2019 yil 1 iyuligacha kriptovalyutalar 
aylanmasi va ICO haqidagi qonunlani ishlab chiqishga topshiriq bergan. Chunki 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling