Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

yoki boshqa turdagi valyutaga almashtirish mumkin bo’lmagani qadar mavjud 
bo’ladi. Hech qanday mamlakat o’z moliyaviy tizimini qandaydir tushunarsiz 
valyuta ixtiyoriga berib qo’ymaydi. Chunki bitkoinning rivojlanishi bir qancha 
savollarni yuzaga keltiradi: Kim bu ishni moliyalasjtirgan? Kim birinchi marta 
kriptovalyuta almashtirish punktlarini tashkil qilgan? Kriptovalyutalar ko’proq 
kimning qiziqish va intilishlariga mos keladi? Kriptovalyutalar kimlarning 
maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qiladi? va xakazolar. Boshqa 
tomondan qaraganda, jahondagi ko’pchilik moliyaviy oqimlarni mahsus hizmatlar 
nazorat qilishga intiladilar. Shuning uchun ham kriptovalyutalar tizimi o’z-o’zidan 
paydo bo’lgan degan fikrga ishonish biroz qiyin. Balki uni g’arb mahsus 
hizmatlari tashkil qilib, uni qandaydir usulda nazorat qilish va boshqarish 
mexanizmini ham ishlab chiqqan bo’lsalar ajab emas”. Lekin CyberFund 
blokcheyn platformasini ishlab chiqqan dasturchi Valeriy Litvin bu borada 
boshqacha fikrni bildiradi: “Binkoinni mahsus hizmatlar ishlab chiqqan va uni 
bekdoor (tizimni izdan chiqarish imkoniyati) bilan ta’minlaganlar degan fikr 
dunyo miqyosidagi fitna nazariyasi kabi asosga ega emas, chunki blokcheyn 
loyihalarning bacha kodlari ochiq va ularni istalgan inson (yoki tashkilot) istalgan 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
paytda tekshirib audit qilishi mumkin. Undan tashqari, xuddi bitkoin singari 
boshqa turdagi kriptovalyutalar ham paydo bo’layapti va ular ham blokcheyn 
texnologiyasi asosida yaratilgan. Ular bitkoinga nibatan ancha katta bo’lgan 
anonimlilik darajasiga ega bo’lishlari mumkin”. Ammo dunyodagi yirik va ko’zga 
ko’ringan moliyachilarning kriptovalyutalar bo’yicha turli-tuman munozaralariga 
qaramay, raqamli kriptovalyutalar borgan sari ko’proq jahon iqtisodiyotiga ta’sir 
qilayaptilar va ularga bo’lgan investitsiyalar miqdori kun sayin ortmoqda. Nima 
uchun kriptovalyutalar kursi juda tez o’zgaradi va unga egalik qilishda 
tavakkalchilik miqdori juda ham katta miqdorda degan savolga quyidagicha javob 
berish mumkin. Moliyaviy ekspertlarning fikricha, kriptovalyutalarning ortida real 
iqtisodiyot, tovar va hizmatlar harakati, kapital harakati, to’lov qobiliyati pariteti 
kabilar turmaydi, xuddi shu tufayli ham kriptovalyutalar ularni boshqarish 
bo’yicha yangiliklar va shu kabi boshqacha stress faktorlarga juda ham 
sezgirdirlar. Shu tufayli turli mamlakatlarda kriptovalyutalarga turlicha yondoshuv 
mavjud: Ba’zi mamlakatlarda ular umuman nazorat qilinmaydilar, boshqalarida esa 
kriptovalyutalar allaqachon to’lov vositasi sifatida ishlatiladilar. Bu yo’nalishda 
umumjahon qonunlari paydo bo’lishi ham ehtimoldan holi emas. Kriptovalyutalar 
bozorining kelajakdagi xolatiga nazar solsak, bu bozorda tavakkalchilik xali-hanuz 
ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham uzoq va qisqa muddatli perspektivalarda 
ko’tarilish va pasayishga tayyor bo’lgan investorlargagina bu bozorda o’ynash 
tavsiya etiladi. Quyida nima sababli, kriptovalyutalar kursi tez-tez va shiddatli 
tarzda o’zgarishining yana boshqa bir qancha sabablari keltiriladi:Bularning 
birinchisiga xuddi oddiy pullar va qimmatli qog’ozlar bozorida bo’lgani kabi
ruhiy” faktorlarni kiritishimiz mumkin. Masalan, investorlarni kutish, talabning 
vaqtinchalik ko’payib ketishi, talab o’sishining sekinlashuvi, juda tez o’sishdan 
so’ng charchoqlik xolati kabilar. Kriptovalyutalar bozorining boshqa turdagi 
aktivlar bozoridan asosiy farqi - uning iqtisodiyot bilan uzviy bog’liq emasligidir. 
Mamlakatlar iqtisodiy hayotiga bitkoinlar kursining o’sishi yoki kamayishi 
xozircha ta’sir qilmaydi. Aksincha, dollar kursi tebranishi yoki neft narxi 
o’zgarishi iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchi sabab, kriptovalyutalarning 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling