Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stratis
- Boston Globe
- Morgan Stanley banki analitigi Djeyms Fasett Business Insider
- Tether Ltd
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva yangi raqamli valuta turiga mansubligidir. Ko’pchilik uning nimaligini juda yaxshi tushunmaganligi sababli informatsion o’yinlar vositasida kriptovalyutalar kursini ko’tarish yoki tushirib yuborish mumkin. Bunda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar katta ahamiyatga ega. Internetdagi qandaydir yangilik uning kursini tushirsa, boshqasi kursni ko’tarib yuboradi. Bu boradagi ko’pchilik ma’lumotlarni tekshirishning o’zi ham katta muammodir. Uchichi sabab sifatida kriptovalyuta dastur kodining yangilanishini (hardfork) keltirish mumkin. Kurs ma’lum maksimal darajaga yetgandan so’ng, oldi-sotti vaqtincha to’xtatilishi mumkin, ammo bu umumiy xolatga katta ta’sir ko’rsatadi. Bitkoinning kursi juda ham o’zgaruvchan (volatil)bo’lgani uchun yirik investorlarning savdoga aralashuvi kursni anchagina o’zgarishiga olib keladi. Bu esa bitkoin puffagi xali bir necha bor kattalashishi va kichiklashishi mumkinligini anglatadi. Bitkoin kursi qachon stabillashishini xozircha hech kim bashorat qila olmaydi, shuning uchun bitkoin egalariga sabr qilish tavsiy etiladi. Qaysi kriptovalyutani sotib olish kerak va qaysisini sotish kerak degan savolga javob berish ham juda murakkab masala. Ammo hozirgi sharoitlarni hisobga olgan xolda bitkoindan voz kechish ham unchalik to’g’ri bo’lmas. Negaki xozirgi paytda investorlar unga juda qattiq ishonadilar. Bitkoinga bo’lgan ishonch bitcoin cash va bitkoin gold ga bo’lgan ishonchga nisbatan ancha katta miqdorda. Undan tashqari, bitkoinning boshqa koinlarga nisbatan ishonch zahirasi anchagina kattaligini payqash mumkin. Agarda eng ommabop raqamli valyuta – bitkoinga al’ternatuva qidirilsa, u xolda bir qancha variantlarni taklif etish mumkin. Masalan, bitkoin daromad darajasi bo’yicha bir qancha kriptotokenlardan quyiroqda yuradi. Misol uchun, Stratis (STRAT) ning narxi 2016 yil iyulidan buyon ICO tashkil qilingandan keyin 600 barobarga o’sgan bo’lsa, xuddi o’sha davrda bitkoin bor- yo’g’i 30 barobarga o’sgan. SpectroCoin (kriptovalyutalar birjasi) narxi esa 2017 yil yanvaridan buyon 400 barobarga o’sgan. Rossiyadagi Wirex kriptobankining asoschilaridan biri Pavel Matveevning fikriga ko’ra esa, 2017 yil oxiridagi tendentsiyalar bitkoin narxi yaqin kelajakda 6000 dollargacha tushadi. 2018 yilda bitkoin (BTC) ning narxiga Yaponiya, Xitoy, Belorusiya, Venesuela, Rossiya va Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva dunyoning boshqa yetakchi kriptoiqtisodiyotli davlatlarida tegishli qonunlarning qabul qilinishi katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sidechain (biror-bir kanalning yoki qurilmaning qandaydir ko’rsatgichlarini boshqa bir qurilma yoki signal vositasida boshqarish usuli) texnologiyasining ommaviy ravishda tadbiq etilgan xolda institutsional investorlar xuddi entuziastlar kabi bitkoinga butkul ishonib qolishlari mumkin bo’ladi va natijada ular bitkoinning kursi oshishiga ishqiboz bo’lib qoladilar va xuddi shu yo’sinda o’ynaydilar. Bitkoinning kelajagi to’g’risida al’ternativ pessimistic bashoratlar ham mavjud. Masalan, amerikalik iqtisodchi Djefri Sakks ning Boston Globe da yozishicha, bitkoin o’ziga xos moliyaviy puffak bo’lib, uning kursi insonlar ishonchiga va tezda boyib ketishga bo’lgan ishtiyoqiga bog’liqdir. Uning fikriga ko’ra, davlat hech qachon pul emissiyasiga bo’lgan nazoratni qo’ldan chiqarishga rozi bo’lmaydi va kriptovalyutalar bozorini boshqarish bo’yicha faol tadbirlarni amalga oshira boshlaydi. Morgan Stanley banki analitigi Djeyms Fasett Business Insider nashriyotiga bergan intervyusida “… agar kriptovalyutadan to’lov vositasi sifatida foydalanishning imkoni bo’lmasa, uning hech kimga keragi bo’lmay qoladi va narxi ham keskin tushib ketadi. Davlat organlari ham xuddi shuni amalga oshirish istagidalar” degan fikr bildirgan.Xozirgi paytda kriptovalyutalar yordamida mablag’ ishlab olishning bir qancha usullari bo’lib, ular ichida ommaviyrog’i – bitkoinlarni naqd pulga sotishdir. Rossiyada bir guruh insonlar ushbu operatsiya orqali 500 million rublni naqdlashtirganlar. 2017 yilda ba’zi bir Rossiylik fuqarolar bitkoin sotib olish uchun kvartiralarini ham sotganlar. Xatto lo’lilar ham bitkoinga o’xshash tangalarni naqd pulga sotayotganlari kuzatilgan. Dindorlarning fikrlaricha, kriptovalyuta iqtisodiyotda foyiz mexanizmining amal qilishi tufayli, pul massasining real material resurslardan ajralib qolishining yana bir turidir. Ammo yahudiylar o’zlarining kriptovalyutalarini chiqarishga ulgurdilar. 2017 yil iyun oyida Bitcoen deb nomlangan yahudiy kriptovalyutasi amalga kirdi. Yahudiylar jamoasining fikrisha, bu kriptovalyuta spekulyativ operatsiyalar uchun emas, balki butun jahon yahudiylarining hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish uchun Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva yaratilgan. Ushbu yangi kriptovalyuta faqatgina yahudiy jamoasi tomonidan boshqariladi, ammo uni istalgan inson sotib olishi mumkin. 2017 yilda jahonda ilk bitkoin milliarderlari ham paydo bo’lishdi. Ular egizak aka-ukalar Tayler va Kameron Uinklvosslardir. Ular 2013 yilda har biri 120 dollardan bo’lgan bitkoinlardan 11 million dollarlik sotib olishdi va shundan so’ng kriptovalyutaning narxi 100 barobarga o’sdi. Natijada aka-ukalar bir yumalab milliarderga aylanishdi. 2018 yil boshida bitkoinning kapitalizatsiyasi 306,5 millard dollarga yetdi.Bunday katta miqdordagi o’sishga bir qancha sabablar mavjud. Masalan, CME va CBOE Chikago birjalarida kriptovalyuta bo’yicha f’yucherslar va optsionlar ishga tushirilmoqda, boshqa bir qancha mamlakatlarda esa kriptovalyutalar tan olinib, ular to’lov vositasi sifatida ishlatilmoqda, boshqa bir davlatlarda esa qonuniy baza ishlab chiqilmoqda. Yana bir sabab, dollarning raqamli analogini chiqarayotgan Tether Ltd kompaniyasi yirik kriptovalyuta birjasi Bitfinex bilan kelishgan xolda ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari bitkoinlarga investitsiya qilmoqda. Undan tashqari, yirik jahon bank sektorlari o’yinchilari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va riteyl-gigant Amazon ham asta- sekin kriptobozorga kirib kelmoqda. 2017 yilning noyabrida Shveytsariyaning Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling