Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Almaz Capital, Runa Capital, Kite Venchures, Runet Venchures
Google Ventures va Mikrosoft firmasining investitsiyalar fondini ko’rsatib
o’tishimiz mumkin. Innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tashkilotlar sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: texnologik markazlar Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva (klasterlar), innovatsion-texnologik markazlar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar va biznes-akseleratorlar. Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Ish yuritish uchun qulay va foydali bo’lgan ofislar hamda ishlab chiqarish maydonlarini olishga yordam berish; Informatsion qo’llab-quvvatlash; Investitsiyon loyihalarni amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va xamkorlarni topishda yordam berish; Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish; Soha bo’yicha mutahassislarni topishda ko’mak berish; Innovatsion joyihalarning boshlang’ich bosqichlarida moliyaviy ko’mak ko’rsatish. Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar topishning eng yaxshi usullariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o’z mablag’laringiz, do’stlar va olilaviy mablag’lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish. Biznes-farishtalar deb, biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo’ljallagan hususiy investorlarga tushuniladi. AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga New York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank, sug’urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi. Ular aniq bir yoki bir necha yo’nalishlarga mablag’lar jalb qilishlari mumkin. Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og’ir sanoatga investitsiya qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida ham tibbiyotga, ham og’ir sanoatga, ham aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga, blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo’lib bormoqda. Bu sohalarga bo’lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 55% ga tegishli bo’lgan (Internet servislar va kontentlar bozori 2014-2015 yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58). Startaplarga investitsyalar qilishning asosiy shartlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Loyihaning tijoriy jihatdan maqsadga muvofiqligi; Kuchli boshqaruv komandasining mavjudligi; Yangi turdagi mahsulot yoki hizmatning yaratilishi yoki uning texnik darajasining oshirilishi; Fondning kompaniya boshqaruv organlarida ishtirok etishi; Kompaniyaga bo’lgan investitsiyalarning aniq vaqt gorizonti va undan chiqish shartlari; Mamlakat ilm-fani, texnik va texnologik rivojlanishining pioritetli rivojlanish yo’nalishlariga mos kelishlik. Ozbekistonda venchur investitsiyalar bir qancha muammolarga duch keladi. Ulardan birinchisi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq, ikkinchisi esa vencher fondlarni boshqarish bo’yicha malakali mutaxassislarni yo’qligidir. Uchinchi muammo venchu fondlar tashkil qilish va uni yuritish o’yicha soliq imtiyozlari mavjud emasligi. Dunyo miqyosida venchur kompaniyaarning muvaffaqiyati ularning kapitalizatsiyasi va daromadliligi bilan aniqlanadi. Sobiq sovet ittifoqi xududidagi aktiv venchur fondlar safiga quyidagilarni kiritshimiz mumkin: Almaz Capital, Runa Capital, Kite Venchures, Runet Venchures, Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling