Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Zappos kompaniyasi 2019 yilda Amazon.com


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/356
Sana04.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1691922
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   356
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 copy

Zappos kompaniyasi 2019 yilda Amazon.com ni ham sotib oldi. Shunday qilib
gipotezalarni testlashtirish jarayonida qandaydir qiymatga ega bo’lgan va ishlay 
oladigan biznes taklifi hosil bo‘ladi. Agarda interv’yu o’tkazilgan 100 nafar 
shaxsdan 60-70 tasi muammo mavjudligini ko‘rsatsa, buni yaxshi natija deb 
hisoblash mumkin bo‘ladi.
Kompaniyaning bozorda o’z joyini (pozitsyyasini) egallab olish maqsadidagi 
marketing bilan bog’liq hatti-xarakatlariga bozorda o’zining o’rnini topishni, 
raqobatbardishlilikni oshirishi va aqlga muvofiq ravishda marketing chora-
tadbirlarini rejalashtirishni kiritish mumkin. U yoki bu magsulot yoki hizmatning 
bozordagi o’rni uning bozorda egallagan joyi, qismi, narx siyosati, 
iste’molchilarning 
bundan 
qoniqqanliklari 
darajasi, 
haridorlarning 
bu 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
mahsulotlarga befarq emasligi kabi korsatgichlar bilan aniqlanadi. Marketing 
bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis Philip Kotlerning fikriga ko’ra, bozorda o’z 
joyini (pozitsyyasini) egallab olish kompaniya obrusi va uning imidjini 
tashkillashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmuasi bo’lib, bu orqali 
maqsadli iste’molchilar guruhi tassavvurida kompaniya to’g’risida ijobiy fikr hosil 
qilishdir. Mahsulot yoki hizmatning bozorda o’z joyini (pozitsyyasini) egallab 
olishi pirovard natijada maqsadli auditoriya ongiga nima uchun bozordan huddi 
shu kompaniyaning tovari yoki hizmatini sotib olish maqsadga muvofiqligini 
tushuntirishni o’z ichiga qamrab oladi. Demak, mahsulot yoki hizmatning 
bozordagi o’rni – ayni zamon va makonda bozorbop taklifni ishlab chiqish va 
uning iste’molchilar ongida ijobiy obrazini yaratishdir. Bozordagi o’rinni egallash 
- bozorni o’rganish va undagi mavjud talablarga muvofiq ravishda mahsulot yoki 
hizmat haqidagi fikrlni iste’molchilar ongiga singdirishdir. Bunda kompaniya 
bozorda yo’q bo’lgan mahsulot yaratishi yoki mavjud mahsulotni 
mukammalashtirgan holda taqdim etishi yoki mavjud mahsulotlarga o’xshash 
mahsulotlar ishlab chiqarishi mumkin. Sotuvning eng asosiy elementi kompaniya 
mahsulotining raqobatchilar mahsulotlaridan ijobiy farqidir.
Startap uchun bozorda o’z joyini egallashida bozor holatini to’g’ri baholashdir. 
Investorlar uchun o’sayotgan bozorlarda ishlash afzal hisoblanadi. Kompaniya 
mahsulotlariga hozircha bozor bo’lmagan holatlar ham uchrab turadi. Startap 
uchun tavakkalchilkni baholashning bir nahca usuli mavjud: 
Tavakkalchilkni „yuqoridan“ baholash usuli – bunda tahlil uchun bozor 
bo’yicha umumiy ma’lumotlar olinadi. Masalan, Rossiyada 30 mingdan 
ortiq internet-magazinlar bo’lib, ularning 26% qismi startap ishladigan 
dasturiy ta’minotdan foydalanadi va demak, ular kompaniyaning mijozlari 
bo‘lishlari mumkin.
Tavakkalchilkni „pastdan“ baholash usuli – bunda tahlilda kichik 
raqamlardan kattalariga o’tiladi. Masalan bitta foydalanuvchini jalb qilish $5 
ga tushsa, byudjet $10 000 dollar bo’lganida 2000 ta foydalanuvchini jalb 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
qilish mumkin bo’ladi. 2000 ta foydalanuvchi esa $28 000 kirim keltiradi, 
bu esa bozorning 3% ini tashkil qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, investorlar „pastdan“ hisoblash natijalariga ko’proq 
ishonadilar. Agarda „yuqoridan“ va „pastdan“ deb nomlangan usullar bir hildagi 
natija bersalar, bu bozorni baholash to’g’ri bo’lganini anglatadi. Bozor va maqsadli 
auditoriya to’g’risida ma’lumotlar analitik hisobotlardan, raqobatchi saytlarga 
kirganlar sonini aniqlash vositasida, maqsadli auditoriyani interyu qilish orqali 
yoki qidiruv natijalari statistikasi vositasida yohud bu soha bo’yicha 
mutaxassislashga kompaniyalar (Gartner, Emarketer, Nielsen, ComScore va 
boshqalar) yordamida yig’lishi mumkin. Qidiruv talablarining statistikasi Internet 
tarmoq’i rivojlanishi tufayli vujudga kelgan usul hisoblanadi. Bu usul kalit so’zlar 
va so’z bo’laklarining so’rovlardagi chastotasi qanchalidi vositasida u yoki bu 
hodisani baholashdir. Qidiruv talablari har qanday saytni ishga tushirishdagi asosiy 
tarkibiy qismlardan biri hisoblanadi. Odatda bacha qidiruv talablarini yuqori 
chastotali, o’rtacha chastotali va past chastotali talablarga hamda yuqori raqobatli, 
o’rta raqobatli va past raqobatli qidiruv talablariga bo’lish mumkin. Chastotasi 
nolga yaqin bo’lgan talablarga ortiqcha ahamiyat berish tavsiya etilmaydi. 
Yandexda Yandex.Wordstat deb nomlangan mahsus servis bo’lib, u ko’rsatilgan 
so’zlar yoki so’z bo’laklarining chastotasini aniqlash imkonini beradi. Ko’pchilik 
hollarda shu ma’lumotlarning o’zigina u yoki bu talabning qanchalik ommabop 
ekanini aniqlash uchun kifoya qiladi. Google tizimi ham u yoki bu talabning 
chastotasi qanchalik o’zgarish tarixini aniqlash uchun Google Adwords hizmatini 
taklif qiladi. Shuni ham aytish kerakki, ba‘zi bir turdagi talablar mavsumiy 
harakterga ega bo’lishi ham mumkin – ya’ni bunda „qiziqishlarning parvozi“ 
kuzatiladi.
Endi Unit-ekonomika (unit-iqtisodiyot, unit-ecomomics) bilan bog’liq 
masalalarni ko’rib chiqamiz. Unit-iqtisodiyot – innovatsion kompaniya moliyaviy 
ko‘rsatgichlarining bir mijoz hisobiga aniqlangan kattaliklaridir. Unit-iqtisodiyot 
quyidagi savolga javob topish uchun hizmat qiladi: biznesni tashkil qilish va uni 
masshtablashtirish moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqmi yoki yo’qmi? Unit-


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
iqtisodiyot Eliyahu Goldrattning tizimlar chagaralanishi nazariyasiga asoslangan. 
Ushbu nazariyaning asosiy g’oyasi istalgan tizimda kompaniya potentsialini 
amalga oshirishga halaqit beradigan va uning o’sishini sekinlashtiradigan 
chegaralanish bor degan fikrdir.
Endi startap tomonidan tanlangan biznes-modelning hayotiyligini aniqlashga 
imkon beradigan asosiy metrikalarni ko’rib chiqamiz: 
1. UAcq(Unit Acquisition) – jalb qilingan mijojlar soni; 
2. CAC (Customer Acquisition Cost) – yoki CPA (Cost per Acquisition) bir 
mijozni jalb qilish narxi. CAC ni hisoblash uchun barcha mijozlarni jalb qilish 
uchun ketgan harajatlarni mijozlar soni UAcq ga bo‘lish kerak. Masalan, 
mijozlarni jalb qilish uchun amalga oshirilgan tadbirlarga 200 ming so’m sarf 
qilingan bo’lsa va natijada 400 ta yangi mijoz topilgan bo’lsa, CAC ning 
qiymati 500 so’m bo’ladi. Lekin kompaniyaning jalb qilish kanallari bir nechta 
bo’lgani tufayli, har bir kanal uchun CAC ning qiymati ham turlicha bo’ladi; 
3. CAC Payback – mijoz tufayli olingan foydamiqdori uni jalb qilish uchun 
ketgan mablag’ni qoplashi uchun ketgan vaqt; 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   356




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling